$
12948.10 UZS
-9.04
156.93 UZS
0.37
14696.09 UZS
-6.38
31° Kechasi 14°

Toshkentdagi ikki qavatli “avtobus-tur” poytaxt bo‘ylab o‘z sayohatini boshladi

09:01 / 18.01.2015

18 yanvar yakshanba kundan poytaxtimiz Toshkentda ilk ekskursion ikki qavatli avtobuslar doimiy ravishda harakatlanishni boshlaydi. Toshkentga bu avtobuslar yordamida boshqacha nazar bilan qarashni taklif etayotgan Aznur Travel kompaniyasi yakshanba kundan shahar bo‘ylab sayohat turlarini amalga oshirishni boshladi. 

Poytaxtimiz bo‘ylab ikki nafar dabldekerda uyushtirilgan ilk tanishuv safari shanba kuni amalga oshirildi. O‘zbekistonning sayyohlik sohasi, xorijiy elchixonalar va turli tashkilotlar hamda OAVlar vakillari uning ilk yo‘lovchilariga aylanishdi. 

Safardan oldin Aznur Travel vakillari, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va Xitoy elchixonasi vakillari ishtirokida tanishuv taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari poytaxda ekskursion dabldekerlarning ishga tushirilishi Toshkentni boshqa dunyo davlatlari poytaxtlari bilan bir qatorga qo‘yishini va sayyohlarga xizmat ko‘rsatishning yangi bosqichiga ko‘tarilishini bildirishini ta'kidlab o‘tdilar. 

Dabldekerlarda ekskursiya vaqti, poytaxtimizning xushmanzara joylarida amalga oshiriladigan bir necha to‘xtashlarni hisobga olgan holda, 2 yarim soatni tashkil etadi. 34 km masofaga ega bo‘lgan yo‘nalish “O‘zbekiston” mehmonxonasi yonidan boshlanib, shu yerning o‘zida tugaydi. Ekskursiya yo‘nalishi “Shahidlar xotirasi” maydoni, “Minor” masjidi, 1966 yildagi zilzila qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan “Jasorat” monumenti, Xazrati Imom majmuasi, Eski shahar, “Chorsu” bozori, “Istiqlol” san'at saroyi, O‘zbekiston Milliy bog‘i va Mustaqillik maydonlari orqali o‘tadi. 

Safar chog‘ida poytaxtimiz tarixi haqida 8 tilda axborot berib boriladi. Ulardan nafaqat safar chog‘ida tashrif buriladigan diqqatga sazovor joylar haqida, balki poytaxtimiz va yurtimiz tarixidan ko‘plab qiziqarli ma'lumotlarni bilib olish mumkin bo‘ladi. Tanaffus paytida yoqimli milliy kuylardan namunalar yangrab turadi. 

 

Avtobuslar dunyodagi eng yirik avtobus ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan hisoblangan Xitoyning Higer kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston uchun maxsus ishlab chiqilgan. Bahorda shunday avtobuslardan yana ikkitasi keltirilishi kutilmoqda, ularning umumiy sonini esa 15 taga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu avtobuslar qatnovi orasidagi intervalni qisqartirish va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha safarlar tashkil etish imkoni beradi. Kelgusida bunday avtobuslarning Samarqand va Buxoro shaharlarida ishga tushirilishi ehtimoli mavjud. 

Avtobuslar har kuni soat 9:00, 10:00, 12:00, 13:00, 15:00 va 16:00 larda harakatlanishni boshlaydi. Biletlar narxi quyidagicha: yetti yoshgacha – bepul, 7 yoshdan 16 yoshgacha – 15 ming so‘m, kattalar uchun 25 ming so‘m, xorijlik fuqarolar Markaziy bank kursi bo‘yicha 20 dollar haq to‘laydilar. Bilet kunning oxirigacha amalda bo‘ladi: yo‘lovchilar bekatlardan birida tushib, yo‘llarini keyingi reysdagi avtobusda davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Biletlarni “O‘zbekiston” mehmonxonasi binosida joylashgan Aznur Travel kompaniyasi ofisida, yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan bekatlarda (hozirda ular ishlab chiqilmoqda) hamda haydovchilarning o‘zlaridan bevosita xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Manba: Gazeta.uz


Bu ham qiziq

Kanadada avtomobil festival ishtirokchilarini bosib ketdi

Kanadada avtomobil festival ishtirokchilarini bosib ketdi

Kanadaning Vankuver shahridagi Filippin festivalida mashina olomonni bosib ketdi. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, h…
19:12 / 27.04.2025
Isroil Livan poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi

Isroil Livan poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi

Livan prezidenti idorasi mazkur hujumni qoraladi va sulh imzolanishida vositachilik qilgan AQSh va Fransiyani Isroilga bosim…
11:20 / 28.04.2025
O‘zbekiston dzyudo Federatsiyasi rahbari Osiyo dzyudo Ittifoqi vitse-prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston dzyudo Federatsiyasi rahbari Osiyo dzyudo Ittifoqi vitse-prezidenti bo‘ldi

26-aprel kuni Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yetti vakili 73 kg va 81 kg vazn toifasidagi erkaklar, shuni…
18:57 / 27.04.2025
Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Shuningdek, Migratsiya agentligi fuqarolardan legalizatsiyaga doir savollar bilan @huquqiy_yordam_uzbot’ga murojaat qilishla…
10:07 / 29.04.2025
Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolingan.
14:48 / 28.04.2025
Poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi

Yakkasaroy, Chilonzor, Shayxontohur, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod va Sergeli tumanlarining ayrim qismlari aholisi ogohlanti…
09:46 / 28.04.2025
Turkiyada “avtomoyka” qulab tushdi

Turkiyada “avtomoyka” qulab tushdi

Oqibatda bir oila halok bo‘lgan.
10:38 / 28.04.2025
Toshkentda Cobalt sababli 50 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoldi

Toshkentda Cobalt sababli 50 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoldi

Toshkentning Bektemir tumanida Cobalt avtomobili o‘rta bosimli gaz quvuriga urilib, gaz sizib chiqishiga sabab bo‘ldi.
18:34 / 28.04.2025
Bugun “Manchester Siti” Angliya kubogi yarim finalida ishtirok etadi

Bugun “Manchester Siti” Angliya kubogi yarim finalida ishtirok etadi

Bir necha o‘yindan beri maydonga tushmayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov aynan bugun o‘yin amaliyotiga ega b…
14:12 / 27.04.2025
Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

AGTKShda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlat standart…
12:12 / 28.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!