$
12920.16 UZS
-13
158.61 UZS
0.33
14681.18 UZS
-38.05
28° Kechasi 17°

Oyga yetib borish uchun ancha uchish kerakmi?  

13:34 / 12.02.2020

Ma’lumki, sayyoramizning sun’iy yo‘ldoshi tomon yo‘naltirilgan barcha parvozlar faqat kosmik kemalarda amalga oshiriladi va bu safar uchun taxminan 3 kun, 3 soat va 49 daqiqa kifoya qiladi. 380 000 kilometrlik masofa uchun bu yaxshi natija. Ammo, NASA olimlari bundan ham tez uchishlarni yo‘lga qo‘yishgan. Misol uchun, soatiga 58 000 kilometr tezlikda uchuvchi yo‘ldosh Oyga yetib borishi uchun 8 soatu 35 daqiqa sarflagan. Dvigatel va kosmik apparatlarining turli modifikatsiyalari kuchaytirilishi esa uchish vaqtini yanada qisqartirishga imkon yaratmoqda. Endi ozgina fantaziyaga berilaylik. Agar Yerdan Oyga tomon velosipedda yoki havo sharida yo‘lga chiqsak, nima bo‘ladi? Bir necha yuz ming kilometrni bosib o‘tish uchun qancha vaqtimiz ketishi mumkin? 
 
Oyga uchish 
Shu kunga qadar kosmonavtlar Oyni, uning orbitasini o‘rganish uchun bir necha martalab ekspeditsiyalar uyushtirishdi. Oyga kosmik kemada borish uchun o‘rtacha 3 kundan 5 kungacha vaqt kerak bo‘ladi. Bu hisobda kemaga start berilishi, o‘rtacha 380 ming kilometrni bosib o‘tish, ekspeditsiyadan ko‘zlangan aniq maqsadni bajarish nazarda tutilmoqda. Ammo, uchish vaqtida nazarda tutilgan va kutilmagan omillar ta’sir qiladi. Shuningdek, kemaning iqtisodiy jihatlari, tezligi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, 2003- yilda Oyga uyushtirilgan va 1 yil 1 oy-yu 2 kunga mo‘ljallangan ekspeditsiya hozirgi kungacha eng iqtisodiy parvoz hisoblanadi.
  
Science101.com sayti hozirgi mutaxassislar turli transport vositalarida Oyga sayohat uyushtirish mumkin bo‘lsa, qancha vaqt va xarajat ketishini hisoblab chiqishgani haqida ma’lumot bergan.
 
Tasavvur qiling, Oymomo tarafga avtomobilda yo‘l oldingiz deylik. Bu sayohatga qancha vaqtingiz ketadi? Astronomlar, Yer atmosferasidan chiqib olish 60 kilometr tezlikda yuruvchi avtomobilga taxminan 1 soat vaqt ketadi. Ko‘zlangan masofa ekvator uzunligidan 10 baravar  ortiq. Bu haydovchi ekvatorni 10 marta aylanib chiqishi kerak, deganidir.   

Tesla kompaniyasining ajabtovur aksiyasi tufayli koinot bo‘ylab avtomobilda sayohat haqida butun dunyo biladi. 
 
Agar shu sayohatga velosipedda chiqilsa-chi? Qancha vaqtda Oyga yetib borish mumkin? 

O‘zingiz ham yaxshi bilasiz, velosipedda yo‘l uchun Shattle yoki avtomobilga qaraganda ko‘proq vaqt sarflanadi. Agar velosipedchining o‘rtacha tezligi soatiga 16 kilometr bo‘lsa, Yerning atmosferasidan chiqish uchun to‘xtamasdan 6 soat pedalni aylantirishi kerak. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, avtomobil haydovchisinikiga qaraganda 6 baravar ko‘proq vaqt sarflaydi.

Agar ixtiyoringizda havo shari bo‘lsa-yu, u bilan Oyga uchishni istasangiz, bilib qo‘yishingiz kerakki, havo shariga o‘xshash moslamada kosmik sayohat allaqachonlar amalga oshirilmoqda. Shu sababdan yolg‘iz o‘zingiz safarga chiqishingiz ilmiy nuqtai- nazardan ham qiziq emas. 
 
Stratosferaga parvoz uchun stratostatlarning yangi turlari yaratilmoqda 
 
Agar havo shari sizni eson-omon Oyga yetkazib qo‘ya oladi, deb ishonadigan bo‘lsak, unda Siz ham xuddi velosipedchidek vaqt sarflaysiz. Soatiga 8 kilometr tezlikdan tashqari uchishga kuchli shamollar xalaqit berishini, Yerdan uzoqlashganingiz sayin kislorod yetishmasligini, albatta, hisobga olish lozim.


Bu ham qiziq

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Shuningdek, Migratsiya agentligi fuqarolardan legalizatsiyaga doir savollar bilan @huquqiy_yordam_uzbot’ga murojaat qilishla…
10:07 / 29.04.2025
Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

“Tailand bosh vaziri Pxetxongtxan Chinavat xorijliklar uchun vizasiz rejim muddatini qayta ko‘rib chiqish, uni 60 kundan 30 …
12:25 / 29.04.2025
Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston harbiylari bunga “tezkor va samarali” javob qaytargani, jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
10:35 / 29.04.2025
Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi xorijiy IT-kompaniyalardan soliq tushumlari qariyb 1,5 barobarga oshdi.
18:41 / 30.04.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 1-2 may kunlari kutilayotgan yomg‘ir…
20:59 / 30.04.2025
Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

2025-yil mart oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar hajmi 8,8 foizga kamayib, 20,4 mingni tashkil etdi. B…
21:14 / 29.04.2025
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
21:48 / 30.04.2025
Namanganda “dom” yonib ketdi

Namanganda “dom” yonib ketdi

2025-yil 29-aprel kuni soat 10:36 da Namangan shahar “Obihayot” MFY B.Mashrab ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘i…
16:12 / 29.04.2025
AQShdan 100 nafardan ortiq noqonuniy o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

AQShdan 100 nafardan ortiq noqonuniy o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

Ushbu operatsiya uchun Nyu York-Toshkent yo‘nalishida maxsus reys tashkil etiladi.
08:24 / 30.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!