$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
37° Kechasi 22°

Pandemiya: xonalarni viruslardan xoli qilish yo‘llari

09:56 / 02.04.2020

Koronavirus pandemiyasi yuz berayotgan hozirgi davrda uy va kvartiralarni muntazam tozalab turish lozim. Bu ish uy shinamligini ta’minlabgina qolmay, balki patogen mikroblarni samarali yo‘q qilishga ham yordam beradi. Bugun aynan viruslarni yo‘qotish uchun uyingizni qanday tozalash kerakligi haqida so‘z yuritamiz. Bu, uyingizga bakteriya va viruslar kirib kelish xavfini minimallashtirishga yordam beradi.

Qaysi xonadan boshlagan ma’qul?
Uyni tozalash eng ichki xonadan boshlanishi kerak. Birinchi bosqichda yotoqxona va mehmonxona, keyin esa ayvon hamda oshxonaga o‘tiladi. Oxirida hammom va yo‘lak bilan yakunlanadi. Xonalarning tashqi yuzasini maxsus aralashma bilan artib chiqing, shundan keyingina polga o‘tiladi. Avvalo, parda va choyshablarni olib tashlab, yaxshilab yuvishingiz kerak. Gilamlarni qoqish va uyni maxsus sovunli aralashma bilan tozalash yodingizdan chiqmasin.

Bolalar o‘yinchoqlari haqida ham unutmang
Viruslar birinchi navbatda yumshoq buyumlarga to‘planadi, shuning uchun ularni vaqti-vaqti bilan yuvib turish kerak. Qolgan qismini dezinfeksiyali eritma bilan artib olish yetarli. Eski, keraksiz yumshoq o‘yinchoqlarni asrab o‘tirmang. Ular bolalarga virus va bakteriyalarni yuqtirmasligi uchun butunlay yo‘q qilish lozim.

Chang artganda
Nafaqat mebel, balki ichki eshiklar, rasm ramkalarini ham artish kerak. Xona gullari ham yaxshilab tozalanishi lozim. Chang artayotganda eng ko‘p ishlatiladigan va shuning uchun tez ifloslanadigan rozetkalar, boshqaruv paneli, kompyuter klaviaturasi va sichqonchasi, eshik tutqichlari, shuningdek, planshet va mobil telefonlarga alohida e’tibor berish kerak.

Xonalarni dezinfeksiyalash ketma-ketligi
Dezinfeksiyalashni boshlashdan oldin, allaqachon tozalangan xonalarga qaytib kelmaslik uchun harakatlanish yo‘nalishini ishlab chiqish kerak. Hamma narsani to‘plang va ularni joylariga joylashtiring. Kiyimlarni shkafga osib qo‘ying, o‘yinchoqlarni qutiga soling. Yuvilgan sirtga tushmasligi uchun yuqori lampa, karniz, qandil, deraza tokchalari, stol changlarini sidirib tashlang. Ramka, haykalcha va boshqa bezak elementlarini alohida artib oling. Polni supurgi yoki changyutgich bilan tozalang. Bunday holda, mebelning barcha joylarini tozalashga e’tibor qarating. Ikki chelak suv yordamida pollarni yuving: biri tozalash vositasi qo‘shilgan, ikkinchisi toza suv bo‘lsin.

Antibakterial tozalashni rezina qo‘lqop bilan amalga oshirish tavsiya qilinadi. Dezinfeksiya tugagandan so‘ng qo‘lingizni kamida 20 soniya davomida issiq suv va sovun bilan yuving.

Qaysi dezinfeksiyalash vositasini tanlagan ma’qul?
Oddiy latta yoki gubkadan ko‘ra bir marta ishlatiladigan spirtli sochiq (salfetka)lar bilan tashqi yuzani changdan tozalash ancha xavfsizroq. Yorlig‘ida antibakterial ta’siri alohida qayd etilgan sochiqlarni tanlang.
Agar qog‘oz sochig‘ingiz bo‘lmasa, uyda dezinfeksiyalash spreyini tayyorlash ham mumkin. Buning uchun 1 choyqoshiq suvda 4 choyqoshiq konsentrlangan oqartiruvchi vosita eritiladi. Keyin uni maxsus idishga solib, uy bo‘ylab purkab chiqiladi.
Bundan tashqari, dezinfeksiyalash vositasi yana quyidagilardan iborat bo‘lishi ham mumkin:
• etil yoki izopropil spirti;
• to‘rtlamchi ammiak;
• vodorod peroksidi eritmasi;
• glikolik kislota;
• natriy gipoxlorid.

Oshxona mebellarini tozalash uchun siz nafaqat an’anaviy dezinfeksiyalash vositalarini, balki ammiakning suvdagi eritmasini ham ishlatishingiz mumkin (1 litr suvga 1 oshqoshiq ammiak qo‘shiladi). Vannaxona xloramin B yoki oqartiruvchi vositalar bilan yaxshi tozalanadi.

Parda, gilam va choyshablarni tozalash
Parda, gilam, choyshablar, divan yopqichlarni yuvish uchun oddiy kir yuvish kukuni ham mos keladi. Shu bilan birga, kir yuvish mashinasidagi harorat 60° daraja qilib belgilanishi kerak. Patogenlarni yo‘q qilishda issiqlik bilan ishlov berish ham yaxshi samara beradi. Bug‘ yordamida tozalash, ayniqsa, yumshoq mebellar uchun qulay. Bug‘ moslamalarini 70° C da 5 daqiqa yoki 100° C da 1 daqiqa ushlab turing.
Efir moyi dezinfeksiyalash vositalarining o‘tkir hidlarini yo‘qotishga yordam beradi. Bir chelak toza suvga bir necha tomchi qo‘shish kifoya, kvartira havosi bir zumda yoqimli hid bilan to‘ladi. Samarasini kuchaytirish uchun siz aromalampa yordamida efir moyini ishlatishingiz mumkin. Nisbatan moʻtadil iforlar – limon, archa va evkalipt hidini tanlang.

Qancha muddatda amalga oshirish lozim?
Oddiy sharoitda tozalash har 3-4 kunda bir marta amalga oshiriladi, ammo virusli pandemiya paytida uni har kuni bajarish kerak. Chunki ba’zi sirtlarda mikroblar bir necha kun yashashi mumkin.
Dezinfeksiyalash jarayoni ko‘p vaqt va kuch talab qilishi mumkin, ammo u virus yuqishidan himoya qiladigan zaruratdir.


Bu ham qiziq

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilga…
09:18 / 12.06.2025
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025
16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:58 / 15.06.2025
Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risi…
15:42 / 12.06.2025
AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

“Demokratik partiyaga yaqin bo‘lgan 100 dan ortiq tashkilotlar 14-iyun kuni, ya’ni Trampning tug‘ilgan kunida, butun AQSh bo…
17:22 / 11.06.2025
13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
17:49 / 12.06.2025
Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafas…
12:59 / 11.06.2025
Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
15:05 / 15.06.2025
Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!