Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy telegram kanalida xabar berdi.
Mazkur Nizomga koʻra, magistraturaga quyidagi shaxslar tanlov asosida qabul qilinadi:
“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolar;
“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari;
boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlari.
Magistraturada oʻqish muddati bir yil.
Magistraturaga kirish imtihonlari yozma imtihon va suhbat shaklida har yili avgust oyida oʻtkaziladi.
Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va “Huquq magistri” darajasi beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!