Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tgani, unda AOKA direktori vazifasini bajaruvchi Komiljon Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva rahbarlikdan ketgani haqida xabar bergandik.
Saida Mirziyoyeva AOKAdagi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Agentlikdagi faoliyatim mening hayotimdagi eng baxtli davrlardan biri bo‘ldi. Oldimizga qo‘yilgan har bir masala va vazifaga astoydil harakat qilgan holda yondashdik. Kelajakda ham qaysi yo‘nalishda ishlashimdan qat’i nazar, faqat davlat va yurt farovonligi yo‘lida qo‘limdan kelganicha xizmat qilishga tayyorman”.
Ma’lumot uchun, Saida Mirziyoyeva 2019-yilning 12-aprel kuni AOKA prezidentining o‘rinbosari etib tayinlangandi. U agentlikda O‘zbekiston Respublikasining chet ellarda ijobiy imijini shakllantirish – PR-markaz vazifasi ijrosi, shuningdek, agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar uchun mas’ul edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!