1. Qomatingizni oʻrganing
Qomatingizning geometriyasini, sizga yoqqan va yoqmagan qismlarini aniqlashga harakat qiling. Bu proporsiyalarga koʻra ishlash, sizga mos fasonlarni topish, urgʻularni toʻgʻri berish, kamchiliklarni yashirish imkonini beradi.
2. Ranglar bilan ishlashni oʻrganing
Sizga eng yarashadigan tuslarni, sevimli ranglaringizni aniqlang hamda ularni moslashga oʻrganing. Ranglarni qorishtirish formulalaringizni toping. Kerakli taassurot uygʻotishda ranglardan foydalaning.
3. Mudbord yarating
Mudbord – sizni ruhlantiruvchi suratlar yigʻindisidir. Sizga yoqadigan garderob detallari, fasonlar, naqshlar, aksessuarlar, uslublar, ranglar uygʻunligini aniqlang va ularning suratlarini yigʻing.
4. Oʻzgacha unsuringizni toping
Aynan sizni ifodalaydigan detal, fason, uygʻunlik, aksessuarlarni aniqlang. Bu sizning “tashrif qogʻozi”ngizga aylansin. Har bir obrazingizda uni takrorlang.
5. “Qora roʻyxat”ingizni tuzing
Sizga umuman mos kelmaydigan narsalarni aniqlang. Dunyodagi hamma stilistlar nimaningdir chiroyli ekani haqida hayqirsa ham, sizga umuman yoqmagan holatda – uni “qora roʻyxat”ingizga qoʻshing.
6. Uslubi sizga yoqadigan kishilar kimlar?
Uslubi borasida sizga yoqadigan ayollar yoki erkaklar roʻyxatini tuzing. Hamma maqtaydigan kishilarni emas, aynan sizga yoqqanini!
7. Hayot tarzingizni analiz qiling
Asosiy mashgʻulotlaringizni yozing. Qaysi vaziyatlarda qanday kiyimlar kerakligini bilib olasiz. Garderobingizni tashkillashtirishda maqsadlar va vazifalaringiz aniqlashadi. Uslubingiz kundalik hayotingizga mos boʻlishi kerak.
8. Oldindan rejalar tuzing
Biror joyga borishdan oldin nima kiyish borasida koʻp bosh qotirmaslik uchun kiyinishga oid formulalar yarating. Hosil boʻlgan toʻplamlarni suratga tushiring va kerak boʻlganida foydalaning.
9. Garderobingizni tekshiring
Nima yetmayapti, qaysi kiyimlarni almashtirish kerakligiga nazar soling. Shopping-list tuzing.
10. Oʻz brendlaringizni toping
Uslubi sizga yoqadigan brendlarni aniqlang. Koʻpincha brendlar muvaffaqiyatli bazaviy modellarni yildan-yilga takrorlashadi. Oʻlchami va qomatingizga mosligi borasida ishonch hosil qilsangiz, keyingi safar tanlashda qiynalmaysiz.
11. Uzoq muddatli trendlarga pul sarflang
Bir necha mavsum kiysangiz boʻladigan kiyimlarni tanlang. Ular garderobingiz hamda uslubingiz asosi boʻladi. Ular har doim bazaviy kiyimlar boʻlishi shart emas. Uslub – modaning ortidan quvishga majburlamaydi.
12. Koʻproq tajribalar qiling
Kiyimlarni koʻproq kiyib koʻring. Sizga yoqqan narsalarni qidiring. Sizning shaxsiy uslubingiz siz bilan birga oʻsishi va rivojlanishi mumkin!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!