Har yili 17-noyabrda Xalqaro talabalar kuni (International Students' Day) nishonlanadi. U 1942-yili fashizmga qarshi kurashayotgan talabalarning Londondagi xalqaro uchrashuvida joriy etilgan, ammo 1946-yildan nishonlanishni boshlagan. Ushbu sana chex vatanparvar talabalar xotirasiga ta’sis etilgan.
To‘g‘ri, ushbu bayram yoshlik, romantika va quvonch bilan birga esga tushadi, ammo Ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslovakiyada boshlangan tarixiy fojiaviy voqealar bilan aloqador.
1939-yilning 28-oktabrida fashistlar tomonidan egallangan Chexoslovakiyada pragalik talabalar va ularning o‘qituvchilari Chexoslovakiya davlati tashkil topgan kun (1918-yilning 28-oktyabri)ni nishonlash uchun namoyishga chiqishdi. Fashistlar namoyishni tarqatishga urinishdi va tibbiyot fakulteti talabasi Yan Opletal (Jan Opletal) otib o‘ldirildi.
Yan Opletalning 1939-yil 15-noyabrdagi dafn marosimi yana norozilik aksiyasiga aylanib ketdi. O‘nlab namoyishchilar hibsga olindi. 17-noyabr kuni ertalab barvaqt gestapochilar va SSchilar talabalar yotoqxonalarini o‘rab olishdi. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olindi va Zaksenxauzen konslageriga tashlandi. Talabalar harakati faollari va talabalardan 9 tasi Pragadagi Ruzine tumani qamoqxonasida sudsiz qatl etildi. Gitlerning buyrug‘iga ko‘ra barcha chex oliy ta’lim muassasalari urush oxirigacha yopilgan.
Bu voqealar munosabati bilan ham Xalqaro talabalar kuni belgilangan.
Keling, talabalar va ularning hayoti bilan bog‘liq qiziqarli faktlar bilan tanishamiz:
1. Yaponiyalik talabalar imtihonga “Kit-kat” shokoladi bilan kirishadi va o‘qituvchiga javob berishda o‘zi bilan olib o‘tiradi. Bu shokolad muvaffaqiyat keltiradi, deb hisoblanadi.
2. Nant shahridagi universitetlardan birida uyqu uchun maxsus xona bor. “Uyqu xonasi”ni talabalar darsda uxlamasliklari uchun ochishgan. Hozir istalgan talaba xohlaganida u yerga borib uxlashi mumkin.
3. Biz universitetga kirmoqchi bo‘lganlarni abituriyent deb atashga o‘rganganmiz. Aslida, bu so‘zning ma’nosi “ketish”, shuningdek OTM bitiruvchisi degan ma’noni bildiradi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida bu so‘z o‘zining “to‘g‘ri” ma’nosini saqlab qolgan.
Jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarga nega stipendiya berilmayapti?
4. “Ibtidoiy baqiriq” nomli g‘alati an’ana ko‘plab xorijiy OTMlarda uchraydi. Talaba tashqariga chiqib, 5 daqiqadan 10 daqiqagacha davomiy baqirishi mumkin. Bunday mashq sessiya vaqtida zo‘riqishdan xalos bo‘lishga yordam beradi, deb hisoblanadi.
5. “Student” so‘zini ilk bor Rim shoiri Ovidiy ishlatgan edi. Lotin tilida "student” qattiq ishlaydigan va shug‘ullanadigan degan ma’noni bildiradi.
6. Dunyodagi eng uzun shpargalka – 600 m. Talabalar uni tayyorlashga 16 soat vaqt sarflashgan.
Talabalar qishki ta’tildan erta qaytishi mumkin
7. Universitet tomonidan eng qisqa tavsiya xati berilgan talaba “Aql o‘yinlari” filmining bosh qahramoni prototipi matematik Djon Nesh bo‘ladi. Xatda “Bu odam – daho!” deb yozilgandi.
8. Imtihon bilan bog‘liq eng mashhur irimlar: imtihondan oldin yuvinmaslik, sizni urushishlarini so‘rash, oyoq kiyimga tanga solib qo‘yish.
9. Joriy yilning dekabrida belgiyalik Loran Simon elektrotexnika bo‘yicha bakalavr diplomini oaldi va dunyoning eng yosh bitiruvchisga aylanadi.
Yoshlarning ta’lim olishi va yashashi uchun eng yaxshi shaharlar
10. Yaqinda O‘zbekistonda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Ona va bola xonasi” tashkil etilgan. Mazkur xona talabalar va yosh bolali professor-o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!