$
12933.16 UZS
-14.94
158.28 UZS
1.35
14719.23 UZS
23.14
27° Kechasi 16°

Noshirlik faoliyati bilan bog‘liq Prezident qarori qabul qilindi

14:48 / 17.03.2020

Joriy yilning 16-mart kuni “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot ximzati xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-oktabrdan boshlab darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etishda narxlar davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinadi.

Shuningdek, 2020-yilning 1-iyulidan boshlab noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartiblari bekor qilinadi, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganlik haqida vakolatli organni xabardor etish tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2021-yil 1-yanvardan boshlab bosma mahsulotlarni sotishdan, shuningdek bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushumdan “Ijod” fondiga ajratmalar bekor qilinadi.

Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O‘qituvchi” matbaa uyi” davlat korxonalari xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, “Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasi ushbu agentlikka samarali foydalanish uchun o‘tkaziladi.

“O‘qituvchi” ilmiy-metodik nashriyot markazi” davlat korxonasi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy bo‘linmalari tizimidagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari) nashriyotlar faoliyati tugatiladi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimida “O‘zbekiston nashriyoti” davlat korxonasi tashkil etiladi, unga “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti” davlat korxonalari qo‘shib olinadi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni qariyb 18 barobar ko‘paydi.
19:19 / 28.04.2025
29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:55 / 28.04.2025
Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatla…
20:39 / 28.04.2025
Buxoroda 20 yoshli yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

Buxoroda 20 yoshli yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

Marhumning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy akkauntida 2025-yil 27-28-aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish…
16:10 / 28.04.2025
Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Shuningdek, Migratsiya agentligi fuqarolardan legalizatsiyaga doir savollar bilan @huquqiy_yordam_uzbot’ga murojaat qilishla…
10:07 / 29.04.2025
Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolingan.
14:48 / 28.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

Qarorga ko‘ra, Universitetda texnika va tibbiyot sohalaridagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini grant asosida moliyalashtirishning…
11:51 / 29.04.2025
Kelajak tanlovga bog‘liq: Sun’iy intellekt yutuqmi yoki xavf?

Kelajak tanlovga bog‘liq: Sun’iy intellekt yutuqmi yoki xavf?

Zamonamiz texnologik taraqqiyoti insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirmoqda.
11:13 / 29.04.2025
YeChL.  “Arsenal” o‘z uyida PSJni qabul qiladi

YeChL. “Arsenal” o‘z uyida PSJni qabul qiladi

Bugun, 29-aprel kuni 2024/25-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining ilk bahsi Londonda start oladi.
15:27 / 29.04.2025
Namanganda “dom” yonib ketdi

Namanganda “dom” yonib ketdi

2025-yil 29-aprel kuni soat 10:36 da Namangan shahar “Obihayot” MFY B.Mashrab ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘i…
16:12 / 29.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!