$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Mashinangiz bormi? Unda uchta katta “boshog‘riq”qa tayyor turing!

14:22 / 23.04.2020

Vahima qilyapti, demang-u, zamonaviy avtomashinalar yaqin kelajakda uchta yirik muammoga duch kelishi mumkin. Ya’ni, avtomobil transporti aholining boy qatlami ega bo‘la oladigan hashamatli ustunlik darajasidan oddiy  maishiy texnika toifasiga tushib qoladi. Xuddi oddiy smartfonlar kabi. Va buning natijasida sizda turli “boshog‘riq”lar paydo bo‘lishni boshlaydi.

Eskisini tuzatguncha yangisini sotib olgan ma’qul

Hozirgi kunda insoniyat iste’mol, qayta ishlash va bir marta buyumlar olamida yashamoqda. Avtomobil qanchalik zamonaviylashgani sari bir marta foydalaniladigan buyumga o‘xshab boraveradi. Metall o‘rniga plastmassa, asl charm o‘rniga charm o‘rnini bosuvchi qoplama, po‘lat va quyma temir o‘rniga alyuminiy ehtiyot qismlar. Ularning ijobiy tomoni va iqtisodiy foydasi borligi aniq, biroq global miqyosda oladigan bo‘lsak, biz tobora smartfonlar darajasiga tushib bormoqdamiz.

Zamonaviy smartfonning biror joyi buzilsa, ta’mirlash uchun yangi telefonning deyarli teng yarmi miqdorida pul sarflashingiz kerak. Masalan, eski iPhone’ning yangi batareyasi o‘sha eski qurilmaning bozorda sotish mumkin bo‘lgan bahosiga teng. Xuddi shu narsa hozirda avtomobillar bilan sodir bo‘lmoqda. Mashina motori yoki korobkasini kapitalizatsiya qilish yangisini sotib olishdan juda qimmatga tushadi. “Almashtirgandan ko‘ra, tinchgina yangisini sotib olganim ma’qul”, deydiganlar ham topiladi.

Elektron qurilmalar ishidagi nosozlik

Hozirgi kunda avtomobillarni elektron qurilmalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularning o‘ta mo‘rt bo‘lishi barchaga ma’lum. Bittasini tuzatib ulgurmay, ikkinchisi ishdan chiqadi. Dasturiy ta’minot nosozliklarini-ku, aytmay qo‘yavering. Aksiga olib, mashinaning hozir hamma murvati elektron bo‘lib ketgan: dvigatelni boshqarishdan tortib, uskunalar paneliga qadar. Buning yorqin misoli Range Rover avtomobili – ABS sensori ishlamaydi, lyuk ochilmay qoladi, ayrim chiroqlari o‘chib qoladi va boshqa bir qator kamchiliklar. 

Muammo shundaki, elektron muammolarni oddiy asbob-uskunalar bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Vasya tog‘a qo‘lida bir olam gaykalari bilan kelib, mashinangizni tuzatib berishiga umid qilmang. Bu sizga mexanik muammoni bartaraf etish emas. Buning uchun maxsus mutaxassis va jihozlar kerak. Xizmat narxi ham shunga yarasha juda qimmat bo‘ladi.

Mashinaning tez eskirishi
Oxirgi global muammo – bu, mashinaning tez eskirishi. Eskirgan deganda texnologiyasi va mexanik holati nazarda tutilmaydi. Balki elektron tizimlari hisobga olinadi. Mexanik jihatdan mashinalar deyarli rivojlanmaydi. Muhandislar yangi motor, korobka yoki dizaynni ishlab chiqmaydi. Ya’ni avtomashinalarda avlod almashganda platformalari o‘zgarmaydi. Shunchaki eskisi yangilanib, takomillashtiriladi. Eskirish intellektual elektron tizimlar, kiberxavfsizlik bilan bog‘liq. 

Aytaylik, menda bir smartfon bor. U ikki yil ishlab qo‘ygan. Buning ustiga hozir ham to‘liq ishlamoqda, hatto batareyasi ham. Ammo u har yangilangandan keyin borgan sari ahmoqona ishlay boshladi. Ushbu muammo “tishlangan olma” texnologiyasining ko‘plab muxlislariga yaxshi tanish. Yangi iPhone chiqarilishidan oldin, tizim qotib ishlay boshlaydi. Telefon ishi borgan sari sekinlashadi, quvvati bir zumda tugab qoladi. Shundan keyin siz beixtiyor yangi modeldagi telefonni sotib olasiz.

Hozirgi kunda mashinalar bilan sodir bo‘layotgan voqea noutbuklar boshiga tushgan ishga o‘xshaydi. Yaqin kelajakda ularga texnik xizmat ko‘rsatish yoki modellarini yangilash tez orada tugab ketadi. Unda faqat matn tersam, nega endi yangisini sotib olishim kerak? Mazkur xabarning aks-sadosi o‘laroq noutbuk tizimida turli muammolar kelib chiqa boshladi. Windows’i o‘zi xohlagan vaqtda yangilanyapti. Ayrim funksiyalar ishida xatoliklar yuzaga kelyapti. Tasavvur qiling, mashinalarimiz bilan ham shunday hodisalar yuz bersa. Ular ham noutbuk yoki smartfon kabi ahvolga tushishini hech kim istamaydi. Chunki yangi mashina sotib olish unchalik arzonga tushmaydi.


Bu ham qiziq

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganis…
14:18 / 15.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!