Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi Senat axborot xizmati.
Senat a’zolari ushbu Qonunni qizg‘in muhokama qildi. Jumladan, senator Muhammadjon Maqsudov aksariyat soha vakillarining huquqlarini himoya qilish uchun ularning oylik ish haqlarini oshirish bo‘yicha Kasaba uyushmalari jon-jahdi bilan kurashishi, ana shu masalani hatto hukumat darajasiga olib chiqishi kerakligini bildirdi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva masalaga o‘z munosabatini bildirdi.
– Xodimlar qaysi tashkilotda ishlashidan qat’i nazar, u davlat idorasi bo‘ladimi, nodavlat tashkilotmi, xususiy mulkmi, uy mehnatida ishlayaptimi – qanaqa sektorda ishlashidan qat’iy nazar, ana shu qonun qabul qilinganidan keyin ularni himoya qilish mexanizmlarini aniq, ravshan ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi, – dedi Senati raisi. – Chunki agar buni amalga oshirmaydigan bo‘lsak, odamlarda haqli savol tug‘ilishi mumkin, ayniqsa, kasaba uyushmasi a’zolarida, men kasaba uyushmasi a’zosiman, a’zolik badallarimini to‘layapman-u, nima uchun to‘layotganligimni bilmayman ham, degan savol tug‘ilishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!