$
12360.86 UZS
5.72
145.66 UZS
-2.82
14479.51 UZS
-60.02
31° Kechasi 18°

Soat millari nega chapdan o‘ngga harakatlanadi?

09:27 / 09.12.2019

Bu savolga “Nimaga bo‘lardi, chapdan o‘ngga yozganimizdam keyin soat strelkalari ham shunday harakatlanadi-da”,deb javob beruvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Kamina ham avvallari shunday o‘ylardim. Keyin o‘ylanib qoldim, agar soat millarining harakati yozuvga asoslangan bo‘lsa, dunyoda hamma ham shu tarzda yozmaydi-ku. Arablar o‘ngdan chapga, xitoyliklar esa tepadan pastga yozishadi, lekin hamma joyda soat bir xil harakatlanadi. 

Keling, dastlab soatning asosini tashkil etuvchi sifroblat (ko‘rsatkichli oʻlchov asboblarida raqamli boʻlinishlarga ega boʻlgan plastinka)ni kim yaratganiga e’tibor beraylik. Uni Misirliklar ixtiro qilishgan. Biroq, ular qanday sirtga (teriga, yog‘ochga) yozayotganliklariga qarab, matnni o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga hattoki, tepadan pastga qarab yozishlari mumkin edi. Chunki ular uchun yozuvdagi eng muhim omil bu iyerogliflarning chiroyli ko‘rinishi edi. Yozuv belgilarining chiroyli ko‘rinishi uchun ularga har qanday uslubda yozishga ruxsat berilgan. 

Xo‘sh, unda nega soat strelkasi chapdan o‘ngga harakatlanadi?

Sifroblat misrliklar ixtirosi ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi. Biroq, sifroblat soatlarga quyosh soatlari prototip qilib olingan. Ya’ni avvallari ochiq joyga yog‘och tiqib qo‘yilgan va yog‘ochning soyasiga qarab vaqt belgilangan. Tabiiyki, shimoliy yarimsharda yashaganimiz uchun bu soya chapdan o‘ngga tomon harakatlangan. Dunyodagi birinchi soat ham bizga yaqin bo‘lgan hududlarda ixtiro qilingan.  

Demak, shulardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, vaqtni o‘lchash asboblarining chapdan o‘ngga tomon harakatlanishiga quyosh soatlarining ishlashi asos bo‘lgan. Va odamlar ham sifroblatni aynan shu holatda ko‘rishga odatlanganlar. 

Agar soatlar, janubiy yarimsharda, aytaylik Avstaliyaning biron-bir yerida ixtiro qilinganda, ehtimol, ular boshqa yo‘nalishda harakatlangan bo‘lar edi. 


Bu ham qiziq

Tashqi ishlar vazirligi: “O‘zbekiston Isroilning Dohadagi turar-joy binolariga qilgan hujumini qoralaydi”

Tashqi ishlar vazirligi: “O‘zbekiston Isroilning Dohadagi turar-joy binolariga qilgan hujumini qoralaydi”

“Bunday tajovuzkor xatti-harakatlar BMT nizomlariga zid” - deyiladi xabarda
21:07 / 09.09.2025
Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi

Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi

Farmon 2025-yilning 1-dekabridan kuchga kirishi kutilmoqda
22:19 / 09.09.2025
Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
21:34 / 10.09.2025
Qatar Isroilga javob hujumini yo‘llash uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda

Qatar Isroilga javob hujumini yo‘llash uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mamlakat rasmiylari hozirda Isroil hujumini muhokama qilmoqda
09:46 / 10.09.2025
Tramp YeIni Xitoy va Hindiston mahsulotlariga 100 foizgacha boj qo‘yishga chaqirdi

Tramp YeIni Xitoy va Hindiston mahsulotlariga 100 foizgacha boj qo‘yishga chaqirdi

Donald Tramp bunday chora Rossiyani Ukraina bilan urushni to‘xtatishga majbur qilishini ta’kidlagan.
21:12 / 10.09.2025
Fransiyaning yangi bosh vaziri tasdiqlandi

Fransiyaning yangi bosh vaziri tasdiqlandi

Sebastyan Lekornyu Makronning prezidentlik davridagi 5-bosh vazir hisoblanadi
17:33 / 10.09.2025
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilmoqda

Bu islohot loyihasi pensiyaning minimal yoshini oshirishni nazarda tutadi
14:33 / 10.09.2025
Fransiyada hukumat almashinuvi fonida norozilik namoyishlari avj oldi

Fransiyada hukumat almashinuvi fonida norozilik namoyishlari avj oldi

10-sentyabr kuni tongda butun Fransiya bo‘ylab “Bloquons Tout” (“Hammani to‘samiz”) harakati tomonidan uyushtirilgan norozil…
22:19 / 10.09.2025
Finlandiya Prezidenti yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Finlandiya Prezidenti yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston va Finlyandiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar
20:10 / 09.09.2025
Ta’lim tizimida umumiy va yagona imtihonlar joriy etildimi?

Ta’lim tizimida umumiy va yagona imtihonlar joriy etildimi?

Bu borada huquqshunos va jurnalist Xushnud Xudoyberdiyev atroflicha tushuntirish berib o‘tdi
17:08 / 10.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!