$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Kun tarixi: AQShning nozik nuqtasi – Guantanamo. 117 yil oldin ijaraga olingan hudud nega Kubaga qaytarib berilmayapti?

11:30 / 23.02.2020

Tarixdan ma’lumki, AQSh harbiy kemalari 1898-yilda Guantanamo ko‘rfaziga yaqinlashib, kubalik isyonchilar bilan birgalikda Ispaniya flotini mag‘lub etadi.
1903-yilning 23-fevralida Amerika Kubaga tanlov imkoniyatini qoldirmasdan, Ispaniyaning sobiq harbiy-dengiz bazasi va uning hududida joylashgan qo‘shni suv zonasini ijaraga oldi. Imzolangan shartnomaning shartlari boshidanoq Kuba uchun noqulay edi.

Shartnomada ijara muddati “talab qilinadigan davrgacha” deya belgilangan. Uning muddati “cheksiz” bo‘lib, “faqat tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan yoki ijara shartlari buzilgan holda” bekor qilinishi mumkin.

Biroq AQSh kubaliklarning ispan mustamlakachilariga qarshi ozodlik urushida faol ishtirok etdi. Shuning uchun Kuba hukumati shartli ittifoqchilarga o‘z qo‘shinlarini kiritishga va hududni ularning ixtiyoriga berishga majbur bo‘ldi. Baza strategik qulay joylashuvi sababli, undagi qo‘shinlar Karib dengizi va Markaziy Amerikada o‘tkazilgan barcha yirik harbiy operatsiyalarda qatnashgan.

Qariyb yuz yil davomida Guantanamo Qo‘shma Shtatlardan siyosiy boshpana olishni istaganlar uchun juda mashhur joy edi. Ushbu davr mobaynida harbiy-dengiz bazasiga 50 mingga yaqin qochoq tashrif buyurdi, ba’zilari esa hozirgacha Guantanamoda yashash va ishlashni davom ettirmoqda.
Masalan, XX asr o‘rtalarida hokimiyat tepasiga kelgan Fidel Kastro tomonidan qatag‘onga uchragan ko‘plab kubaliklar turli yo‘llar bilan bazagacha yetib borgan va o‘z hayotini saqlab qolgan.

Bazaning hozirgi maqomi 30-yillarning boshlarida Kubada yuz bergan bir qator davlat to‘ntarishlaridan so‘ng tuzilgan 1934-yilgi kelishuv bilan tartibga solinadi. Natijada bazadan foydalanish haqi 3400 dollarga ko‘tarildi. Ta’kidlash joizki, 1950-1970-yillarda Tayvan va Filippindagi shunga o‘xshash bazalar uchun AQSh har yili mos ravishda 120 va 140 million dollar to‘lagan.

1959-yilgi inqilob g‘alabasidan so‘ng Kuba 1961-yildan Qo‘shma Shtatlarning ijara haqi uchun to‘layotgan “choychaqa”larini qabul qilishdan bosh tortib, shartnoma tugatilishini yoki ijara haqining 50 baravar oshirilishini talab qildi. Ammo talab bajarilmadi.

1964-yilda Kastro suv va elektr energiyasini uzib qo‘ydi, bugungi kunda esa baza Kubaning qolgan qismidan butunlay ajratilgan. Tashrif buyuruvchilar uni kichik Amerika shaharchasiga o‘xshaydi, deyishadi. Orolning qolgan qismini minalar, tikanli simlar, tikanakli kaktuslar ajratilib turadi.

Kuba hukumati mavjud ijara holatiga qarshi chiqish uchun bir necha bor urinib ko‘rdi va hatto AQShdan ijara haqini qabul qilishni to‘xtatdi, ammo baza hech qachon qaytarib berilmadi. 2002-yilda Guantanamoga eng xavfli, shafqatsiz qotil hisoblangan dastlabki yigirma mahbus keltirilgach, harbiy-dengiz bazasining bir qismi qamoqxonaga aylantirildi.

Guantanamo qamoqxonasi haqida ko‘plab mish-mishlar yuradi. Terror tashkilotlari a’zolari, Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy harakatlarning bevosita ishtirokchilari bo‘lgan mahbuslarga nisbatan har qanday murakkab qiynoq turlari qo‘llanilgan, deb hisoblashadi. Ular uyqudan va suvdan mahrum etilgan, bir necha kun ketma-ket baland musiqa tinglashga majbur bo‘lgan, lazer bilan ko‘r qilingan, suvga g‘arq qilingan va hokazo.

Inson huquqlarining ochiq ravishda buzilishiga qaramay, mahbuslarning advokatlaridan hech biri Guantanamoda bo‘layotgan voqealarni to‘xtata olmadi. Hatto 2009-yilda AQSh prezidenti Barak Obama qamoqni tarqatib yuborish va u yerdagi barcha mahbuslarni Amerikadagi boshqa axloq tuzatish muassasalariga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganidan besh yil o‘tgach ham, Guantanamo qamoqxonasi devorlari ichida 100dan ortiq mahbus qolgan.

Hozirda Guantanamo harbiy-dengiz bazasi hududidagi kichik shaharda tinch hayotning barcha zarur belgilari: kinoteatrlar, klublar, tennis kortlari, basketbol va beysbol maydonlari kabilar mavjud. Guantanamoda 10 mingga yaqin amerikalik harbiy o‘z xizmati vazifasini davom ettirmoqda. Ijara shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Kubaning doimiy talablariga qaramay, AQSh bazani Kubaga qaytarishni rejalashtirmayapti.


Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!