$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
39° Kechasi 23°

Yerning o‘rtasida nima bor?

15:39 / 29.04.2020

 Bizning sayyoramiz suyuq suv mavjudligi bilan ham juda noyob. Boshqa olamlarning ham yo‘ldoshlari, o‘ziga xos atmosferasi, muz va hatto okeanlari bor, biroq Yerimizda hayot shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan barcha “ingrediyentlar” yetarli.  O‘rtacha chuqurligi 4 kilometrdan iborat bo‘lgan okeanlar planetamizning 70 foizini egallab olgan. Ichimlik suvi suyuq holatda ko‘llarda, daryolarda, shuningdek, bug‘ ko‘rinishida atmosferada mavjud.   

Qiziq, sayyoramizning 12700 kilometrlik chuqurligida nima joylashgan ekan? Ma’lumki, yerning tarkibi turli qatlamlardan iborat, markazida esa yadro joylashgan. Yadrodan keyin mantiya, eng oxirida qobiq keladi. Nima uchun sayyoramiz shuncha ko‘p qatlamga ega va ulardan nimalar sodir bo‘ladi? 
Yer – bir necha qatlamdan iborat toshloq sayyora.
Yer, Venera va Mars – toshloq sayyoralardir 
Qobiq – Yerning tashqi qatlami   

Yer bir necha qatlamga ega 

Похожее изображение

Okean havzalari va kontinentlar – bu qobiq bo‘lib, bizning koinotdagi uyimizning eng yuqori qatlamidir. Yer qobig‘ining qalinligi 5 kilometrdan 75 kilometrgacha. Eng qalin qismlari kontinentlar, eng yupqa qismlari okeanlar ostida joylashgan. Geologiyaga asoslangan holda yer qobig‘i bir necha elementlardan iborat, deb aytish mumkin: kislorod – 46,6 foiz; kremniy – 27,7 foiz; alyuminiy – 8,1 foiz; temira – 5 foiz; kalsiy – 3,6 foiz; natriy – 2,8 foiz, kaliy – 2,6 foiz va magniy – 2,1 foiz. Qobiq mantiya tomon doimiy harakat qiluvchi bir necha ulkan plitalardan iborat. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, ularning harakat tezligini inson tirnoqlari o‘sishi tezligiga qiyoslash mumkin. Bu ulkan bo‘laklar bir-biriga juda ham zich yaqinlashganda zilzilalar yuzaga keladi. Tektonik plitalar to‘qnashuvidan tog‘lar, chuqur yoriqlar hosil bo‘ladi.

Похожее изображение

Mantiya – Yerning o‘rta qatlami
Yer qobig‘i ostidagi Mantiyaning chuqurligi o‘rtacha 2890 kilometr. U asosan magniy va temirga boy silikat jinslardan iborat. Baland harorat toshlarni ko‘tarilishga majbur qiladi. Sovuganidan keyin asl holiga qaytadi. Aynan mana shu jarayon taktonik plitalar harakatiga sabab bo‘ladi, deb hisoblanadi. Mantiya qobiqni yorib chiqqanida esa vulqonlar otila boshlaydi. Darvoqe, yaqinda Italiyada ana shunday vulqonlardan biri uyg‘ondi.

Yadro – Yerning yuragi
Yer shari markazida yadro mavjud va u ikki qismdan iborat. Qattiq, ichki temir yadro radiusi taxminan 1220 kilometr. Uning atrofini tarkibi nikel va temirdan iborat suyuq ikkinchi qatlam o‘rab olgan. Tashqi yadroning qalinligi 2180 kilometr, deb faraz qilinadi. Ahamiyat berish kerakki, ichki yadro sayyoraning boshqa qismlariga qaraganda butunlay boshqacha harakat qiladi. Bunga esa Yerning magnit maydoni ta’sir qiladi, deb hisoblanadi.    

Похожее изображение

Darvoqe, Quyosh shamolining zaryadlangan zarralari Yer magnit maydoni ustidagi havo molekulalari bilan to‘qnashganda chaqnash hosil bo‘ladi. Yanayam aniqrog‘i, zaryadlangan zarralar molekulalarni chaqnashga majbur qiladi va oqibatda Shimoliy va Janubiy qutblarda yog‘dular paydo bo‘ladi. Biz ularni Shimol yog‘dusi, deb ataymiz.

Geologlar Yerning tarkibi va tarixini yaxshiroq tushunish uchun, gohida uni Quyosh tizimidagi boshqa toshloq sayyoralar bilan taqqoslashga harakat qilishadi. Venera hajm jihatdan Yer hajmiga o‘xshaydi, lekin Quyoshga yaqinroq turadi. Mars hajmi esa – Yer hajmining yarmicha. Garchi, Venera va Marsga bir necha kosmik apparatlar uchirilgan bo‘lsa ham, hozircha uning ichki tuzilishi haqidagi bilimlarimiz juda oz. Eslatib o‘tamiz, NASAning  InSight loyihasiga asosan yaqinda Mars – siysmik faol sayyora ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ehtimol, o‘tmishda Mars va Venera ham Yer singari suv bilan qoplangan bo‘lgandir?

Gap Venera haqida ketganda, shuni aytish lozimki, maxsus asboblar yordamidagina ko‘rish mumkin bo‘lgan haddan tashqari zich va zaharli atmosferasi  bu qaynoq sayyorada juda katta vulqonlar faoliyat yuritayotganidan darak beradi. Yernikiga nisbatan qiyoslaganda Venerada ham ancha zaif qobiq, mantiya va yadro bo‘lishi kerak. Tadqiqotchilar yoki Venera yadrosi magnit maydonini quvvatlantirish uchun juda sekin harakatlanadi yoki unda yadroning o‘zi yo‘q.

Ta’kidlash joizki, bizning Quyosh tizimimiz juda ham o‘ziga xos, noyob. Avvalo, sayyoralar hajmi turlicha – misol uchun, Quyoshga yaqin turgan tomondagi sayyora va asteroidlarda nisbatan kam organik molekulalar bor. Boshqa tomondagilarda esa uglerodga boy materiallar ko‘p. Ammo eng qizig‘i va muhimi shundaki, Quyosh tizimining ulkan masalalaridan biri – unda Buyuk taqsimot mavjud.   

Navfalbek Boltayev tayyorladi


Bu ham qiziq

Dunyo miqyosida davlatlarning umumiy qarzi 100 trillion dollardan oshdi

Dunyo miqyosida davlatlarning umumiy qarzi 100 trillion dollardan oshdi

Shundan deyarli uchdan bir qismi – 31 trillion dollari rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelmoqda.
21:50 / 05.07.2025
Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
15:10 / 03.07.2025
Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

Damir Yadgarov mustaqillikning ilk yillarida viloyatga rahbarlik qilgandi
20:41 / 04.07.2025
Braziliya prezidenti: ‘‘BRIKS mamlakatlari rivojlanishning yangi yo‘lini boshlab berishi mumkin’’

Braziliya prezidenti: ‘‘BRIKS mamlakatlari rivojlanishning yangi yo‘lini boshlab berishi mumkin’’

Siyosatchi tashkilotga a'zo mamlakatlarni ham alohida ta'kidladi
20:50 / 05.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025
Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Haydovchilarga muqobil yo‘llardan yurish tavsiya qilingan
21:14 / 03.07.2025
Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi
19:21 / 03.07.2025
5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
18:06 / 04.07.2025
Putin va Tramp yana telefonlashdi

Putin va Tramp yana telefonlashdi

Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
09:48 / 04.07.2025
KJCh. “Chelsi” va “Fluminense” yarim finalga yo‘l oldi

KJCh. “Chelsi” va “Fluminense” yarim finalga yo‘l oldi

Endi final yo‘llanmasi uchun Angliyaning “Chelsi” klubi “Fluminense”ga qarshi maydonga chiqadi.
09:42 / 05.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!