$
12355.14 UZS
-84.27
148.48 UZS
-3.39
14539.53 UZS
-44.43
31° Kechasi 18°

Burun tomchilari narkotiklarga tengmi? Unga o‘rganib qolmaslik uchun nima qilish kerak? Mutaxassis javob beradi.

15:53 / 19.02.2020

Burun bitib, nafas olishning qiyinlashishi, albatta, yoqimsiz holat. Hozirda ko‘pchilik bitgan burinni tezgina ochish uchun burun tomchi dorilaridan surunkali foydalanishga o‘tib olgan. Ular dorixonalardan mutaxassis tavsiyasisiz ham bunday vositalarni sotib olishga odatlanib bo‘lishdi. Xo‘sh, bilib-bilmay ulardan foydalanish zararli emasmi? Bu vositalarga o‘rganib qolganlar endi undan qanday xalos bo‘lishadi? Aslida, muammo qayerda? Xabardor.uz bu safar LOR-shifokori, mutaxassis Botir Mirzakarimovga murojaat qildi.  

Burun nega bitadi?

Burun bitishining bir nechta sabablari bor. Ular ichidan eng ko‘p uchraydigani bu oddiy tumovdir. Tumov bo‘lganda, burun shilliq qavati shishadi va buning ta’sirida havo o‘tuvchi yo‘l torayadi. Burunning surunkali va o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, burun to‘sig‘ining anotomik qiyshiqligi, allergik rinit kabilar ham burunda nafas olishning qiyinlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Ko‘pchilik burni bitdi deguncha, darrov burun ochadigan tomchi dorilaridan foydalanishga tushadi. Aytingchi, bu kabi vositalarni bilib-bilmay, me’yoridan ortiq foydalanish zararli emasmi?

Burun ochuvchi tomchi vositalar aslida tomirlarni toraytiradigan dori vositalari bo‘lib, ularni yallig‘lanish paytida ma’lum bir muddat qo‘llash mumkin. Lekin asosiy kasallikni davolamasdan turib, faqatgina vaqtinchalik chora sifatida bu vositalardan foydalanish organizmda o‘rganish, tobelikni paydo qiladi. Bu tabiiyki, zararli asoratlarga olib keladi.

Nima uchun odam bu doriga o‘rganib qolishini esa dorining ta’siri bilan izohlash mumkin. Nafas olish qiyinlashgan vaqtda undan foydalanish burun tomirlarini tez toraytirib, nafas olishni osonlashtiradi. Har qanday burun tomirlarini toraytiruvchi dorilar arzonidan tortib qimmatigacha – barchasi ko‘nikish, o‘rganib qolishni chaqiradi. Unga hatto narkotiklarga bo‘lgani kabi bog‘lanib qolish mumkin.  
Unutmang, bu kabi vositalardan belgilangan vaqtda – uch, besh yoki yetti kun foydalanish mumkin. 

Asoratlari bilan xavfli

Ulardan uzoq vaqt foydalanish oqibatida burun shilliq qavati quriydi, hid sezish pasayadi. Shuning uchun bu kabi dorilardan faqatgina zarur vaqtdagina foydalaning (iloji bo‘lsa 3-5 kundan ortiq foydalanmang). Burun hadeb bitib qolib, insonni qiynab qo‘yayotgan bo‘lsa, burun bitishining asosiy sababini aniqlash kerak bo‘ladi. 

Xalq tabobati yordamida burun bitishini davolash mumkinmi?
Xalq tabobatidan foydalanishda ham ehtiyotkor bo‘lish kerak. Masalan, ayrimlar burnaki o‘simligidan burunni ochish uchun foydalanishadi. Ammo, shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu o‘simlik turi kuchli allergen hisoblanadi. U organizmda kuchli allergiya chaqirishi hisobiga burun shilliq qavati shishib, undan ko‘p shilliq ajraladi. Odamlar ko‘p shilliq ajralishini sinusit (burun yondash bo‘shliqlarining yallig‘lanishi), gaymorit davolandi, deb o‘ylab yanglishadi. Aslida, unday emas! U tanani battar zaharlab uni qiynab qo‘yishi mumkin.

Xalqona vositalardan eng bezarari bu kuchsiz tuzli eritmadir. Bu eritmalar dorixonalarda ham sotiladi (izotonik eritma, fiziologik eritma). U bilan burunni chayib turish mumkin. Hozirgi kunda dengiz suvidan tayyorlangan yoki kam miqdordagi kuchsiz eritmali vositalar ham mavjud bo‘lib, ular bilan burunni yuvish zarar keltirmaydi.

Davolash usullari
Burun bitishini davolash uchun eng avvalo, uning sababini aniqlash, mutaxassisga murojaat qilib, endoskopik yoki tomografiya tekshiruv usullari bilan kasallikning sababini aniqlash kerak. Agar bemorda aniqlangan sabab yengil bo‘lsa, uni konservativ (dori-darmon) davolash orqali bartaraf etish mumkin. Agar burunda anotomik o‘zgarishlar bor bo‘lsa, uni instrumental tekshiruv yo‘li orqali aniqlab, to‘g‘ri davo turini tanlab olish kerak.

Tomchi dorilarga allaqachon o‘rganib qolganlar uchun

Burun tomchilariga o‘rganib qolgan insonlarga tavsiyalar:
1. Doridan foydalanish miqdorini sekin-asta kamaytirib borish kerak;
2. Kuchli dorilar o‘rniga yengilroq dozadagi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir;
3. Burunni yuqorida aytib o‘tilgan tuzli eritmalarda chayib, sekin-asta dori qamrovidan chiqib ketish zarur; 
4. Burun tomchilaridan qutulishda insonning irodasi ham muhim ahamiyatga ega. Irodani qo‘lga olish orqali bu tobelikdan batamom xalos bo‘lish mumkin.

Nargiza Utepova, Ahror Hayrullayev tayyorladi

Tasvirchi: Davletyar Mambetniyazov


Bu ham qiziq

O‘zbekiston maktablari 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi

O‘zbekiston maktablari 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi

Kecha, 8-sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
15:02 / 09.09.2025
Fridrix Mers: “Putinning imperiyaviy rejalari Ukrainadan ko‘ra ancha kengroq”

Fridrix Mers: “Putinning imperiyaviy rejalari Ukrainadan ko‘ra ancha kengroq”

Kansler Yevropa ittifoqdoshlarini ustuvor yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish va AQSh bilan munosabatlar o‘zgarayotgan sharo…
10:44 / 09.09.2025
Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi xodimlari ko‘magida Boku shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimizning …
16:45 / 09.09.2025
Muhandislik maktablarida 240 nafar o‘quvchi byudjet hisobidan ta’lim oladi

Muhandislik maktablarida 240 nafar o‘quvchi byudjet hisobidan ta’lim oladi

Muhandislik maktablari STEAM modeli asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlaydi
21:40 / 08.09.2025
Toshkentda Gentra yonib ketdi

Toshkentda Gentra yonib ketdi

Bugun, 9-sentyabr kuni soat 16:30 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Toshkent katta halqa avtomobil yo‘lida avtomobil yona…
17:42 / 09.09.2025
Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyaga safar qi…
20:21 / 08.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

O‘zbekiston Prezidenti FIFA bilan sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi
20:57 / 08.09.2025
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining mas’ul xodimi begona ayolga intim xizmat evaziga direktorlikni va’da qildi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining mas’ul xodimi begona ayolga intim xizmat evaziga direktorlikni va’da qildi

Vazirlik bu holat bo‘yicha rasmiy bayonot berib, erkak ishdan olinganini aytdi
18:54 / 09.09.2025
Maktabgacha ta’limda tadbirkorlarga 7-yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiymatida yer uchastkalari beriladi

Maktabgacha ta’limda tadbirkorlarga 7-yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiymatida yer uchastkalari beriladi

38 ta “qizil” hududga 1 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i, 41 ta “sariq” hududga 5 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i belgilana…
21:35 / 08.09.2025
Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Suriyaning markaziy qismidagi Xoms viloyatiga havo hujumlarini amalga oshirg…
10:39 / 09.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!