$
12603.52 UZS
25.31
160.94 UZS
0.63
14676.80 UZS
43.31
42° Kechasi 26°

Kun tarixi: Pokiston bilan ziddiyatlar boshlanishi. Kashmir rasman Hindiston tarkibiga kirgan kun. 

12:23 / 25.01.2020

Ma’lumki Kashmir viloyati azaldan Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi mojarolarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib kelgan. Bu haqida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Biroq bosh sabab aynan nima ekanligi, ikki xalqning qanday qilib bir-biriga dushman bo‘lib qolgani asl sabablari ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Bugun ana shu sabablar ildiziga chuqurroq nazar tashlaymiz. 

1947-yilda Buyuk Britaniya bosh vaziri K.Ettli Hindiston haqida yangi deklaratsiya bilan chiqdi. Shu yilning 15-avgustida ana shu deklaratsiya asosida Hindiston mustaqilligi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukmron doiralari o‘zlarining azaliy “bo‘lib tashla, hukmronlik qil!” shioriga amal qilgan holda Hindistonni ikkiga – Hindiston va Pokistonga bo‘lib yubordi. Bu bo‘linishning diniy belgiga asoslanganligi esa hozirgacha davom etib kelayotgan qonli ziddiyatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. 

Bilamizki Hindiston ingilizlarning eng boy mustamlakalaridan biri bo‘lgan. Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng hindlarning milliy-ozodlik uchun bo‘lgan kurashi avj olib ketadi. Bunga hattoki, Buyuk Britaniya armiyasida xizmat qilayotgan hindlar ham qo‘shiladi. 1946-yilning fevralida Bombey harbiy dengiz bazasi matroslarining bosh ko‘tarishini deyarli butun Hindiston qo‘llab quvvatlaydi. Shu vaqtda Buyuk Britaniya Hindistonga mustaqillik berishga majbur bo‘lib qoladi. 
Hindiston Ittifoqi hududida aholining katta qismi (musulmonlar ham kam emas edi) hinduiylik diniga e’tiqod qilishgan bo‘lsa, Pokiston aholisining katta qismi (hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar ham kam emasdi) islom diniga e’tiqod qilardi. 

Bo‘linishdan so‘ng 5 hafta ichida chegara hududlari belgilab chiqiladi.
Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashi qarorini bajarmay, 1954-yilning may oyida Kashmirni Hindistonga qo‘shib oldi. Bu vaqtda Kashmir viloyati eng muammoli hudud bo‘lib qoladi. Mazkur hudud aholisining asosiy qismi islom diniga etiqod qilgani uchun Kashmir doimiy urush o‘chog‘iga aylanadi. Natijada ko‘plab insonlar halok bo‘lishadi. 

Bugungacha Hindiston va Pokiston o‘rtasida uchta yirik harbiy to‘qnashuv yuz bergan:
1. 1947-1949-yillardagi birinchi Hindiston-Pokiston urushi. 
2. 1965-yildagi ikkinchi Hindiston-Pokiston urushi.
3. 1971-yildagi uchinchi Hindiston-Pokiston urushi.

Hindlar o‘zlari uchun ota deb biladigan inson Maxatma Gandi diniy to‘qnashuvlarga qarshi chiqadi. Hindistonda musulmonlarning hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratilishini talab qiladi. Bunga shovinist hind burjuaziyasi qarshi chiqib 1948-yil 30-yanvarida 70 yoshli Maxatma Gandi o‘ldirildi.

Bir qator davlatlar Hind-Pokiston urushlarini to‘xtatishga harakat qilishgan. Xususan, 1966-yilda sobiq Ittifoq Vazirlar Kengashining raisi Aleksey Nikolayevich Kosigin Pokiston Prezidenti Muhammad Ayyubxon va Hindiston Bosh vaziri La’l Bahodir Shastrini ikki davlat o‘rtasida tinchlik bitimini imzolash uchun Toshkentga chaqirishga erishadi. Va nihoyat, uchrashuv so‘nggida “Toshkent deklaratsiyasi” imzolanadi. Biroq Shastri Toshkentda vafot etadi. Bu haqida oldingi maqolalarimizda to‘liqroq ma’lumot berilgan.

Shastrining o‘limidan so‘ng Indira Gandi mamalakat bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritadi. U Hindistonni rivojlantirish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. 

Indira Gandi bosh vazirlik qilayotgan bir paytda oppozitsiyachilar Janata parti (Xalq partiyasi)ni tuzadilar va 1977-yilning martida parlamentga o‘tkazilgan saylovlarda Morarji Desai boshliq hukumat tuziladi. Bu partiya Hindistonni faqat hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar davlatiga aylantirish maqsadini ilgari surdi. Ayni paytda musulmonlarni siyosat va iqtisoddan chetlatishni targ‘ib etadi. Aholisining 11 foizi musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatda bunday g‘oyaning ilgari surilishi mamlakat siyosiy birligini katta xavf ostiga qo‘yardi.

Pokiston
Pokiston 1947-yildan 1958yilgacha inglizlarning Hindistonni boshqarish haqidagi 1935-yildagi Qonuni, 1947-yildagi Mustaqillik deklaratsiyasi bo‘yicha parlament tizimi asosida boshqarib kelindi. Lekin Oliy qonun chiqaruvchi organga saylov o‘tkazilmas edi.

Pokiston davlati dastlabki kunlardanoq katta muammolarga duch keldi. Bo‘linishdan keyingi dastlabki yillarda Hindiston hududidan 7 mln. kishi Pokistonga qochib o‘tadi. Ularni yashash joyi va ish bilan ta’minlash muammosi buningsiz ham ahvoli og‘ir bo‘lgan yosh davlatning ahvolini yanada qiyinlashtirib yubordi. 
Ayni paytda turli siyosiy guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayadi. Mamlakatda korrupsiya avj oladi. Bu hol hukumat beqarorligini keltirib chiqaradi. Mamlakatni chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglik qamrab oladi. Shunday sharoitda Pokiston armiyasi qo‘mondonligi hokimiyatni qo‘lga olishga qaror qiladi. Ular 1958-yil 27-oktabrda davlat to‘ntarishini amalga oshiradilar. Natijada butun hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni general (1959-yildan — feldmarshal) M.Ayyubxon qo‘liga o‘tadi. Mamlakatda harbiy holat o‘rnatildi. 1960-yil fevralda saylovlar o‘tkazilib, Ayyubxon g‘alaba qiladi.

O‘tgan yillar davomida Pokistonning ham ichki vaziyati Hindistondagi ahvoldan qolishmaydi. Hukumatda harbiy holat o‘rnatilishini istagan kuchlar siyosiy barqaror jamiyat tuzishni istaganlar bilan mutassil kurashib keldi. Bu ikki davlat o‘z ichki holatini yaxshilay olmagani uchun ham bir-biri bilan hech kelisha olmaydi. Ularda yashovchi aholi esa hukumat tepasidagilarning ishidan aziyat chekib yashashga majbur. Chunki endi tinchidi, deganda yana urush boshlanib ketaveradi. 

Uzoqqa bormaylik, o‘tgan yilning 26-fevralida Hindiston harbiy-havo kuchlari Kashmirning Pokiston qismidagi “Jaysh-a-Muhammad” guruhining yirik mashg‘ulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida ko‘plab jangarilar, ularga tegishli transport, qurol-yaroqlar yo‘q qilingan. Hindiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Vijay Gokxale bu zarba zarur bo‘lgani, chunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkushlar ishtirokida hujumlar tayyorlayotganini aytgan. Bundan tashqari, Pokiston o‘z hududida terrorchilar infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan hech qanday amaliy choralar ko‘rmagan.

Kashmir hududidagi to‘qnashuvlar tufayli, tahlika ostida qolgan tinch aholi xavfsiz boshpanalarga joylashtirilgan.
Kashmirdagi chegara nazorat hududining Pokiston tomonida joylashgan Ozod Kashmir aholi punktida 200ga yaqin oila evakuatsiya qilingan. Ular hukumat tomonidan qurilgan boshpanalarga joylashtirilgan. Pokiston hukumati vakili Muazzam Zafar ma’lum qilishicha, chegaradagi havo hujumlariga qarshi aholini himoya qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar olib borilgan. Tinch aholi vakillari atom bombaga qarshi maxsus himoyalangan boshpanalarga to‘plangan. Ularga davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon va toza ichimlik suvi tarqatilgan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Pokistonni mamlakatni notinchlikka yetaklaganlikda aybladi. Uning ma'lum qilishicha, mamlakat dushmanlari vaziyatni beqarorlashtirish uchun teraktlar va fitnalardan uyushtirishmoqda. 
Turkiya, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya va Rossiya tomonlarni ularni vazmin bo‘lishga chaqirgan.

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentda mashina yonib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Toshkentda mashina yonib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
09:11 / 21.07.2025
Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar natijalarni bir necha usulda bilishlari mumkin
21:52 / 20.07.2025
“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” – Feruza Muhamedjonova

“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” – Feruza Muhamedjonova

Milliy tiklanish partiyasi raisi o‘rinbosari pivo festivaliga o‘zining keskin munosabatini bildirdi.
14:37 / 21.07.2025
Ekstremistik kanallarga obuna bo‘lganlar Rossiyaga kiritilmayapti

Ekstremistik kanallarga obuna bo‘lganlar Rossiyaga kiritilmayapti

Mamlakat hududiga kirishda migrantlar uchun cheklovlar kuzatilmoqda
22:10 / 21.07.2025
Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Loyiha Tibet avtonom tumanida qurilmoqda
22:41 / 20.07.2025
Netanyaxu zaharlandi

Netanyaxu zaharlandi

Ma’lum qilinishicha, 20-iyulga o‘tar kechasi Netanyaxu o‘zini yomon his qila boshlagan.
10:18 / 21.07.2025
22-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
22:39 / 21.07.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi

Bugun soat 10:38 da O‘shda 3,7 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
11:05 / 21.07.2025
Rossiya yana Kiyevni raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi

Rossiya yana Kiyevni raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi

Rossiya qurolli kuchlari 21-iyulga o‘tar kechasi raketa va dronlar qo‘llagan holda Kiyev bo‘ylab navbatdagi yopirilma hujumn…
14:17 / 21.07.2025
Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Prezidentlikka nomzodlikdan chetlatilgan Kalin Georgesku tarafdorlari bir nechta shaharlarda tartibsizliklar uyushtirishda d…
22:56 / 20.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!