$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” – Feruza Muhamedjonova

14:37 / 21.07.2025

Milliy tiklanish demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Firuza Muhamedjonova o‘z sahifasida 27—29-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan pivo festivaliga keskin munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, pivo festivali birinchi marta o‘tayotgani yo‘q. Bu tadbirni o‘tkazish an’anaga aylanib bormoqda.

“Maydon odamlar bilan gavjum bo‘ldi. Ishtirokchilarning aksariyati yoshlar, rusiyzabon OAVda bu mavzu zo‘r yoritildi. O‘zbekzabon OAV, ziyolilar bilan birga jim. Toshkentning narigi tomonida esa Islom sivilizatsiya markazi qad rostlayapti. Pivo festivali birinchi marta o‘tayotgani yo‘q. Bu tadbirni o‘tkazish an’anaga aylanib bormoqda”, – deydi u.

Uning fikricha, spirtli ichimliklar ommaviy tarzda targ‘ib qilinayotgan bunday festivallarning oqibati haqida jiddiy o‘ylab ko‘rilishi kerak.

“Ba’zi doiralar bu kabi festivallarni turistlar uchun, shaharni ochiq va zamonaviy ko‘rsatish uchun, deb asoslashadi. Lekin savol tug‘iladi: oqibatini hisob-kitob qilmagan ochiqlik rivojlanishmi yoki o‘zlikdan voz kechishmi?

Hech bir zamonaviy shahar o‘zligini toptab rivojlanmaydi. 1886-yilda Toshkentning yangi shahar tomonida xalqning tub aholisini izdan chiqarish uchun ataylab Piyon bozori mayxonalar ochilganidan xabarimiz bor. Chorizmni tushunsa bo‘ladi. Bugun-chi? Bugun bu tadbirni kim va nimaga qo‘llab-quvvatlamoqda?!

O‘zbekiston Germaniya emaski, har yili shugina tadbirdan 1 milliard yevrodan ortiq daromad olsa. Yoshlarimizga atigi 5 ming so‘m evaziga spirtli ichimlikni taklif etishni esa oqlab bo‘lmaydi”.

Feruza Muhamedjonova Toshkentda bunday tadbirlarning o‘tkazilishi nafaqat poytaxt, balki butun mamlakat uchun zararga ishlashini ta’kidlagan.

“Toshkent — mamlakatning yuragi. Madaniyat, siyosat, turizm, media — hammasi mana shu yerda boshlanadi. Demak, bu yerda o‘tkazilgan har qanday tadbir butun mamlakat uchun namuna bo‘lmog‘i darkor.

Biroq bu ketishda bu kabi tadbirlar Buxoro, Samarqand va hatto Qo‘qongacha yetib borishi hech gapmas. Balki yetib borgandir ham. Pivo festivalini aynan Toshkentda o‘tkazish — bu shunchaki faollar yoki biznes tashabbusi emas, balki xalqning milliy an’analari va o‘zligiga tupurishdir.

Bugun pivo, ertaga vino, keyin spirtli barlar, hech qanday madaniy cheklovsiz tadbirlar — shunday ketma-ketlikda jamiyatni sezdirmasdan o‘zgartirish mumkin. Albatta, kimning nima ichishi — uning shaxsiy tanlovi. Lekin bu tanlov jamoat joyida, butun jamiyat ko‘z o‘ngida targ‘ib etilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, – degan u.

“Erkinlik tushunchasi madaniyatsizlik va hadsizlikka aralashib ketsa, bu jamiyatning o‘zligini yo‘qotishidan darak. Jamoatchilik bu kabi ommaviy targ‘ibotlarga qarshi fikr bildirishi kerak emasmidi?! Axir bugun ma’naviyat va yoshlar masalasida yetarli ishonish qiyin bo‘lgan muammolar bor.

Mutaxassislarning fikricha O‘zbekistonda ayni kunda eng yosh giyohvandning yoshi 12 da. Demak, bugun bahs ochilgan masala bu faqat daraxt masalasi emas. Bu — insonning o‘z hayoti, kelajagiga bog‘liq masala. Agar bir yog‘och uchun jamiyat shunday faol qo‘zg‘alsa, demak, bu jamiyatdan katta umid kutish mumkin. Negaki musulmon odamning qalbiga Qiyomat qoyim bo‘layotganini ko‘rsang ham, qo‘lingda bir daraxt niholi bo‘lsa, uni ekib ulgur, degan o‘git muhrlangan.

Biroq bu borada ham ikki xil standart borga o‘xshaydi: daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat!

Xulosam: Daraxtni qanday himoya qilsak, o‘zligimizga daxldor masalada ham shunday sobit bo‘laylik. Zero daraxtning bo‘shini baribir qurt yeydi. Alisher Qodirovning daraxtning himoyasiga birlashgandek suv, yer, energoresurslar, oziq-ovqat va vaqt, qolaversa, o‘zligimizning isrofiga qarshi ham birlasha olsak edi, degan fikrlariga qo‘shilaman”, – deya fikrlarini yakunlagan Muhamedjonova.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassas…
13:01 / 06.09.2026

														
														Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjudligi o‘rganilmoqda. Bu haqd…
12:51 / 06.09.2026

														
														16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026

														
														“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

Afg‘onistonning Zobul viloyati Qalat shahrida “Tolibon” bir hafta davomida 12 ta sartaroshxonani yopdi. Bunga sartaroshxonal…
09:39 / 06.09.2026

														
														O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026

														
														Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026

														
														Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026

														
														Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

														
														Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026

														
														Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

Bu ham qiziq

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026
AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026
Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026
Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan. Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
17:01 / 03.09.2026
Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Fransiya poytaxti Parijda o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev britaniyal…
09:33 / 06.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026
Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026
Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjudligi o‘rganilmoqda. Bu haqd…
12:51 / 06.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!