$
12915.07 UZS
15.07
156.43 UZS
-0.89
14659.90 UZS
64.84
35° Kechasi 18°

MSK saylovda yutib chiqqan deputatlar ro‘yxatini e’lon qildi

16:16 / 25.12.2019

25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishni o‘tkazish masalalari o‘rin oldi.

Markaziy saylov komissiyasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, parlament quyi palatasiga saylov yakunlari ko‘rib chiqildi va 125 saylov okruglarida saylangan deputatlar ro‘yxatga olindi.

Jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – 42 nafar, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan – 34 nafar,  O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan – 20 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – 18 nafar, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan -11 nafar deputat ro‘yxatga olindi.

Qaror va deputatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Shuni bilan birga, Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o‘tkazuvchi saylov okruglari bo‘yicha saylov natijalarini aniqlashga doir barcha bayonnomalar o‘rganib va tahlil qilib chiqilganida,  ayrim saylov okruglari bo‘yicha ovozlarni hisoblash jarayonida okrug saylov komissiyalari tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.  

Kamchiliklar Saylov kodeksining 95-moddasida ko‘rsatilgan bandlar bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash va hisoblash bilan bog‘liq bo‘lib, saylovchilarning ovozlari soni o‘zgarmagan. Kamchiliklar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylov kodeksida belgilangan tartibda bartaraf etildi.

Shulardan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25ta saylov okruglarida takroriy ovoz berishni 2020-yil 5-yanvar – yakshanba kuni o‘tkazishga qaror qildi.

Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, ya’ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi.

Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.


Bu ham qiziq

Toshkentda ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

Toshkentda ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
20:04 / 04.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

2025-yilning I choragida 168 146 nafar iste’molchiga 19,7 milliard so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berilgan.
11:59 / 04.05.2025
Bugun Sergeli tumanining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun Sergeli tumanining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, – deb xabar bermoqda “Hududgaz poytaxt” GTF.
08:49 / 03.05.2025
Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani 21-maktab o‘quvchilari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘l…
21:27 / 03.05.2025
Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Nyu-Yorkdagi “Times Square” arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
12:28 / 03.05.2025
Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu yer silkinishi magnitudasi 6 ga teng edi. Bu haqda Yevropa o‘rta yer dengizi…
20:18 / 03.05.2025
Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Shuningdek, yana 4 nafar rossiyalik mansabdorlar ham “qora ro‘yxat”dan joy olgan.
11:50 / 03.05.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik charm qo‘lqop ustasi Naoya Inoue o‘rtasida super jang bo‘lib o‘ta…
19:20 / 04.05.2025
AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

“Vatanga qaytarilgan aksariyat fuqarolar AQSh chegarasini noqonuniy yo‘l bilan kesib o‘tishga uringani sababli uzoq vaqt dav…
10:22 / 04.05.2025
Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
15:11 / 03.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!