So‘nggi kunlarda omma e’tiborida bo‘lib turgan “Ilhom” teatri bilan bog‘liq vaziyatga Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham o‘z munosabatini bildirdi.
“Ilhom” teatri bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermoqchiman. Men o‘zim teatr san’ati muxlisiman. Ushbu masala atrofida aytilayotgan tashvishli gap-so‘zlarni eshitib, sizni ishontirib aytamanki, biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz! “Ilhom” - madaniy hayotimizning faxri!” deb yozdi Mirziyoyeva o‘zining telegaramdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Shodlik Palace mehmonxonasini xususiylashtirib olgan “Ofelos Plaza” kompaniyasi “Ilhom” teatri jamoasidan aprel oxirigacha binoni bo‘shatib qo‘yishni so‘ragan edi.
Ma’lumot uchun, Mark Vayl nomidagi “Ilhom” teatri notijoriy bo‘lib, davlat tomonidan moliyalashtirilmaydi. Teatr yangi bino sotib olishi imkonsiz. Teatrning yopilishi esa spektakllar repertuarining yo‘qolishini anglatadi.
Teatr ma’muriyati xabarida aytilishicha, bino jamoatchilik pullari evaziga 1976-yilda qad rostlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!