$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Kinoishqibozlar orziqib kutayotgan sakkiz premera

04:12 / 02.09.2015

Dunyoning eng serdaromad studiyalarini o‘z qanoti ostiga olgan Disney kompaniyasi kinematografiya maydonida haqiqiy monopoliyachi bo‘lish uchun barcha imkoniyatga ega. Marvel, Lucasfilm va Pixarning eng yaxshi mutaxassislariga ega bo‘lgan kompaniya filmlari har doim kino ixlosmandlarining e'tirof va olqishlariga sazovor bo‘lib kelgan.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan D23 konvensiyasida Disney vakillari bo‘lajak filmlar anonsini e'lon qildilar. Yaqin ikki yil ichida biz quyidagi filmlarni tomosha qilishimiz mumkin bo‘ladi.

Samoviy urushlar: Kuchning uyg‘onishi

Jahon premerasi: 2015 yil 18 dekabr 

Yilning eng ko‘p muhokama qilingan filmi premerasiga juda ham oz muddat qoldi. Ishqibozlar orziqib kutishmoqda — kimdir Disney o‘z va'dasi ustidan chiqishiga va fantastik galaktikaga oid filmni qoyilmaqom qilib ishlashiga umid qilayotgan bo‘lsa, yana kimdir buning aksini kutmoqda. D23dagi qisqa namoyishga qaraganda esa, Disney mazkur premeraning misli ko‘rilmagan tarzda bo‘lishiga harakat qilmoqda.

Doktor Streynj

Jahon premerasi: 2016 yil 26 oktabr

Benedikt Kamberbetch Marvelning «Doktor Streynj» filmini tanishtirdi. Qudratli afsungarga aylangan iste'dodli jarroh haqida hikoya qiluvchi bu film sanoqsiz qasoskorlar, spaydermenlar va boshqa tanish superqahramonlardan zerikkan kino ishqibozlari uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

Samoviy urushlar: Quvg‘indi

Jahon premerasi: 2016 yil 16 dekabr 

Nihoyat mazkur serial ishqibozlari uzoq kutilgan «Samoviy urushlar»ning yakunlovchi qismidagi aktyorlar tarkibi bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldilar. Film voqealari «Yangi umid»dan bir necha yil oldin yuz beradi, bosh qahramonlar esa Ajal yulduzining rejalarini o‘g‘irlashga uringan bir guruh isyonchilar bo‘lishadi. Film rejissyori esa bizga so‘nggi «Godzilla»ni taqdim etgan Garet Edvardsdir.

Alisa Ko‘zguorti mamlakatida 

Jahon premerasi: 2016 yil 27 may 

Shunisi aniqki, kompaniya Bertonning muvaffaqiyatli «Alisa»sini e'tibordan chetda qoldira olmasdi. Sikvelda original filmdagi barcha yulduzlar qatnashishadi, bosh qahramon esa Telba shlyapachini qutqarish uchun vaqt bo‘ylab sayohatga chiqadi.  

Sohibjamol va Maxluq 

Jahon premerasi: 2017 yil mart  

Va albatta, o‘lmas klassikani yana bir bor namoyish etmaslikning ham iloji yo‘q. Bir yarim yildan so‘ng jahon kino ahli «Sohibjamol va Maxluq»ning navbatdagi talqinini tomosha qilishi mumkin. Bosh rollarda Emma Uotson va Yuen MakGregor ishtirok etishadi.

Galaktika qo‘riqchilari

Jahon premerasi: 2017 yil 5 may

Studiyadagilar «Galaktika qo‘riqchilari» borasidagi rejalarini ham e'lon qilishdi. Film haqida ma'lumot judayam kam — faqatgina uning ekranlarga 2017 yil mayda chiqishi va “Guardians of the Galaxy Vol. 2” deb nomlanishi ma'lum xolos.

O‘yinchoqlar tarixi 4

Jahon premerasi: 2017 yil 16 iyun

Bu yil Pixar studiyasi ilk «O‘yinchoqlar tarixi»ning ekran yuzini ko‘rganining 20 yilligini nishonlaydi. Kompaniya mazkur franshizaning navbatdagi qismi suratga olinishini e'lon qildi. Yangi qismda Vudi va Bo Pipning o‘zaro munosabatlari haqida hikoya qilinadi.

Karib dengizi qaroqchilari: murdalar ertak aytmaydilar

Jahon premerasi: 2017 yil 7 iyul 

Barcha sevib tomosha qiladigan qaroqchilar haqidagi filmning yangi qismi haqida shaxsan kapitan Jyek Chumchuqning o‘zi e'lon qildi. Mazkur sikvelda tomoshabinlar yana bir bosh qahramon Orlando Blumning qaytishiga ham guvoh bo‘lishadi.


Bu ham qiziq

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!