O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Oripov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish hamda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida birgalikda mediatadbirlar o‘tkazish, jurnalistlar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlar e’lon qilish orqali ilg‘or tajribalarni ommalashtirish belgilandi.
Muloqot yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!