CNN xabariga ko‘ra, Pentagon va AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Eronga qarshi amaliyotni rejalashtirish jarayonida Tehronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishga tayyorligini ancha past baholagan.
Telekanal bilan suhbatlashgan bir necha manbalarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati harbiy harakatlarning ehtimoliy iqtisodiy oqibatlarini ham to‘liq baholamagan. Natijada ayrim amaldorlar hozirgi vaziyatni AQSh uchun “eng yomon ssenariy” deb atamoqda.
Harbiy amaliyotning barcha bosqichlarini rejalashtirish jarayonida Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishi ehtimoli haqidagi bahslar ikkinchi darajaga tushib qolgan.
AQSh Eronning bunday qadamga borishiga tayyorligini past baholagan, chunki ular bunday harakat Tehronning o‘ziga ancha katta zarar yetkazadi, deb hisoblagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!