$
12924.92 UZS
-13.09
159.94 UZS
1.21
14620.67 UZS
-52.33
36° Kechasi 22°

Kartoshkadan tayyorlanadigan hamyonbop taomlar

05:50 / 20.12.2014

Kartoshkaga nimani aralashtirishni bilsangiz, juda mazali bo‘ladi. Qo‘shimcha mahsulotlar, albatta, qimmat va tansiq bo‘lishi shart emas! Biz odatiy taomni juda mazali qilishning kamida oltita usulini bilamiz. 

Qishda kundalik taomnomamiz mazali va xushho‘r yozgi sabzavot va ko‘katlarsiz qoladi, issiqxonada pishganlarining ta'mi va foydali xususiyatlari esa quyoshda pishganlarnikiga yetmaydi, shuning uchun bunday vaziyatdan chiqishga to‘g‘ri keladi. Qishki taomnomaga rang-baranglik kiritish uchun oddiy “qishki” sabzavotlar va yormalar — kartoshka, selderey, petrushka ildizi, grechka, arpa yormasi va boshqalar bilan mazali taomlarni pishirish haqida suhbatlashamiz.

Ko‘k piyoz, sarimsoq va kartoshkali taom

Kerakli mahsulotlar: 

Yarim kilo kartoshka, 2-3 osh qoshiq o‘simlik moyi, 2 ta sarimsoq piyoz bo‘lagi, ta'bga ko‘ra tuz va murch, yarim piyola mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz. 

Tayyorlash usuli:

Bu eng oddiy va mazali taomlardan biri. Kartoshkani po‘sti qisirlaydigan bo‘lguncha toblab pishiring, mayda qilmasdan to‘g‘rang, tuz va murch seping, so‘ng yaxshilab aralashtiring. Alohida yalpoq idishda mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz, sarimsoq va o‘simlik moyini aralashtiring. So‘ngra kartoshka qo‘shib, yaxshilab aralashtirib, dasturxonga torting. 

Kartoshka va tuzlangan baliq

Kerakli mahsulotlar:

Yarim kilo kartoshka, yarim piyola mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz, 2-3 osh qoshiq o‘simlik moyi, 200 g tuzlangan mayda baliq (kilka, tyulka, xamsa va boshqalar), ta'bga ko‘ra tuz va murch. 

Tayyorlash usuli:

Kartoshkani toblab yoki qaynatib pishiring. U pishguncha tuzlangan baliqni tozalab, maydalab to‘g‘rang. Alohida kichikroq idishda to‘g‘ralgan baliq, o‘simlik moyi va ko‘k piyozni aralashtiring. So‘ngra unga kartoshka qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Shundan keyingina tuz qo‘shing (baliq qo‘shmasdan avval tuz qo‘shsangiz, sho‘r bo‘lib ketishi mumkin). 

Limon sedrasi va kartoshka

Kerakli mahsulotlar: 

1/3 kg kartoshka, ¼ piyola zaytun yoki boshqa o‘simlik moyi, 2 choy qoshiq limon sedrasi, ta'bga ko‘ra tuz va murch. 

Tayyorlash usuli:

Kartoshkani qaynatib yoki toblab pishiring. So‘ngra uni to‘g‘rab, tuz va murch qo‘shing. O‘simlik moyini ham qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Oxirida limon sedrasi sepib, issiqligicha dasturxonga torting.  

Dudlangan to‘sh go‘shti, ko‘kat va kartoshka

Kerakli mahsulotlar: 

1/3 kg kartoshka, 200 g dudlangan to‘sh go‘shti, 2-3 osh qoshiq olma sirkasi, 1 choy qoshiq shakar, 2 osh qoshiq yangi ukrop. 

Tayyorlash usuli: 

Kartoshkani qaynating. U qaynaguncha dudlangan to‘sh go‘shtini to‘g‘rab, tovaga soling. Yog‘ yetarlicha eriganda, uni qog‘oz sochiqqa olib, ortiqcha yog‘i singishiga qo‘yib bering. Tovaga esa shakar va sirka qo‘shing. Hammasini yaxshilab aralashtirib, shakar erishini kuting. Tayyor kartoshkani tovaga solib, yaxshilab aralashtiring. Mazasini ko‘rib, tuz va murch qo‘shing. Keyin to‘sh go‘shti va mayda qilib to‘g‘ralgan ukropni qo‘shib, hammasini aralashtiring.

Ko‘k no‘xat va ko‘katli kartoshka

Kerakli mahsulotlar:

Yarim kilo kartoshka, 1 osh qoshiq yangi petrushka, 2 osh qoshiq to‘g‘ralgan yangi ko‘k piyoz, yarim choy qoshiq tuz, 2 osh qoshiq o‘simlik moyi, yarim stakan ko‘k no‘xat.  

Tayyorlash usuli:

Kartoshkani qaynatib, ta'bga ko‘ra tuz va murch seping. Piyoz, petrushkani alohida to‘g‘rab, bitta idishda aralashtiring. Muzlatilgan ko‘k no‘xatni tuzli suvda bir necha daqiqa qaynating. Tayyor no‘xatni ko‘k piyoz va petrushkaga qo‘shing. So‘ng o‘simlik moyi quyib, yana aralashtiring. Bu aralashmaga tayyor kartoshkani qo‘shib, mazasini ko‘ring. Agar tuz va murch kam bo‘lsa, yana qo‘shing. 

Agar sizga kartoshka pyure yoqsa, avval qaynatilgan kartoshkani ezib, ko‘kat, piyoz va o‘simlik moyi qo‘shing, shundan so‘ngina ko‘k no‘xat qo‘shing. 

Qaynatilgan sutdagi kartoshkali pyure

Bu taomda mahsulotlarning aniq miqdorini belgilash qiyinroq, chunki hammasi kartoshka navi va uning soniga bog‘liq, shuning uchun umumiy ma'lumotlarni keltiramiz. Pyure juda-juda mazali chiqadi. 

Kerakli mahsulotlar:

Yarim kilo kartoshka, 1/3-1/2 piyola qaynatilgan sut, 50 g sariyog‘, 2-3ta dafna bargi, 2ta sarimsoq bo‘lagi, 3-4 dona murch, ta'bga ko‘ra tuz. 

Tayyorlash usuli:

Dafna bargi, sarimsoq bo‘lagi va murchni dokadan yasalgan xaltaga solib, kartoshka bilan birga qaynating. Kartoshka pishgach, ta'bga ko‘ra tuz qo‘shib, ziravorlar solingan xaltani oling. Tayyor kartoshkaga sariyog‘ qo‘shib, bir xil massa hosil bo‘lguncha ezing. Keyin qaynatilgan sut (hammasini birdaniga emas) qo‘shing, so‘ng yana yaxshilab aralashtiring. Quyuqligiga ahamiyat bering. Agar sut yetmasa, yana ozroq qo‘shing. 

Keyin tayyor pyure solingan kastryulkani past olovga qo‘yib, hech bo‘lmasa bir daqiqa davomida yana aralashtiring. Ana endi pyure tayyor. Yoqimli ishtaha! 


Bu ham qiziq

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlari tashkil etiladi

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlari tashkil etiladi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.
20:15 / 06.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
08:39 / 06.05.2025
Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlikda ayblandi

Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlikda ayblandi

Sud jarayonida Botir Qodirov Abdusamiyning she’rlarini o‘zining to‘rtta kompozitsiyasiga kiritganligi aniqlandi.
19:21 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi

Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi

FVB tomonidan yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
13:00 / 06.05.2025
“Yuzaga kelgan hodisa aholi uchun xavf tug‘dirmaydi” – Energetika vazirligi

“Yuzaga kelgan hodisa aholi uchun xavf tug‘dirmaydi” – Energetika vazirligi

Boysundagi “Mustaqillik-25” konida yana gaz otilishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
14:39 / 05.05.2025
O‘zbekiston yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi

O‘zbekiston yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi

2025-yil mart oyida O‘zbekiston Markaziy banki yana oltin sotish bo‘yicha mamlakatlar orasida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Butu…
19:43 / 06.05.2025
Isroilda Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Isroilda Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Knesset (Isroil parlamenti) qarshisida yig‘ilgan namoyishchilar hukumatdan XAMAS bilan garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha b…
16:40 / 06.05.2025
6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
21:53 / 05.05.2025
Fridrix Mers Germaniya kansleri etib saylandi

Fridrix Mers Germaniya kansleri etib saylandi

Xristian-demokratik ittifoq yetakchisi Fridrix Mers ikkinchi urinishida Germaniya kansleri etib saylandi. U saylanishi uchun…
20:01 / 06.05.2025
Endi quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Endi quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

O‘zbekistonda yerosti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
15:21 / 06.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!