$
12890.43 UZS
11.47
156.04 UZS
-2.35
14720.87 UZS
-80.92
26° Kechasi 14°

7 ta noodatiy va go‘zal xona gullari   

14:57 / 30.11.2019

O‘simliklar dunyosi, hatto xonaki gullar turi ham shu darajada boyki, bir umr uning hayratlantiruvchi yangi turlarini uchratish mumkin. Biz ana shunday xona gullaridan 7 tasini tanishtirmoqchimiz
 
Traxiandra 

Traxiandra – barglarning o‘ziga hos shakli va yorqin ko‘rinishi bilan xona gullarini yoqtiruvchilar orasida tobora ommalashib bormoqda. U Afrika iqlimiga moslashgan. Yaproqlari namlikni saqlash uchun xuddi spiralga o‘xshab buralib olgan. Unga xlorsiz, toza suv quyish lozim. Suvni ko‘pam yoqtiravermaydi. Gulidan xushbo‘y hid taraladi.     

Krassula umbella

Ilmiy nomi Krassula umbella deb yuritiluvchi bu xonaki gul juda noyob nav sanaladi. JAR Qizil kitobiga kiritilgan. Balandligi 25 santimetrga yetadi. Yaproqlari tekis, sariq-yashildan qizil ranggacha bo‘ladi.  Umbella quyosh nurini va toza havoni sevadi, uzoq vaqt suvsiz o‘sishi mumkin.  Qurg‘oqchilik vaqtida yaproqlarini to‘kib, tinch holatga o‘tib oladi. Oq-pushti gullarini uzunligi 10 santimetrgacha yetadi.  

Euforbiya obesa 

Olimlar euforbiya obesa deb ataydigan bu gul sharni, yanayam aniqrog‘i kaktus - qovoqni eslatadi. Kaktusni mamlakatimizning ayrim viloyatlarida “Qaynona tili” deb atalishini bilsangiz kerak. Bu gul 30 santimetrgacha o‘sishi mumkin, eni 5 santimetrdan oshmaydi. Ko‘proq to‘q yashil, gohida salat ranglilari ham uchraydi. Binafsharang yoki qirmizi chiziqlari euforbiyaga o‘ziga hos dekorativ tus beradi.  Kam gullaydi, gullari mayda (3 mm) bo‘lsada, juda yoqimli va o‘tkir. 10 daraja sovuqqacha chidaydi. Qurg‘oqchilikni ham yengil qabul qiladi. Unchalik e’tibor talab qilmaydi, biroq o‘zining ajoyib ko‘rinishi bilan uzoq vaqt yaxshi kayfiyat baxsh eta oladi.       

Meduza boshi 

Bu o‘simlik har tomonga yoyilib ketgan shoxchalari bilan afsonalardagi Gargona meduzasining boshini eslatadi. Yorug‘likka unchalik ham muhtoj emas. Yelvizak va ko‘p suvni yoqtirmaydi. Qishda tuvakdagi tuproq qotib qolmasligi uchun har vaqtda bir martagina suv quyish mumkin. Tabiatda bo‘yi 120 santimetrgacha o‘sadi. Xona sharoitiga moslashgan turining shoxchalari 20 santimetrdan oshmaydi. O‘simlikning hamma qismlari zaharli. Mabodo organizmga tushib qolsa, zaharlaydi. Sharbati terini kuydiradi. Shu sababli meduza boshini uyda saqlamagan ma’qul. 
  
Platisyerium  

Platisyeriumning  bug‘u shoxiga o‘xshash shakli e’tiborni tortadi. Gullamaydi. Vatani Janubi-sharqiy Osiyo. Tabiatda daraxtlar, toshlar, butalarga yondoshib o‘sadi. Xona sharoitida uzoq yillar o‘sishi mumkin. Bir yilda 3 tadan ortiq barg chiqarmaydi. Uning hujayralaridan chiqadigan fitonsid xonani zararli moddalardan tozalaydi va foydali ionlar bilan boyitadi.  Quruq havoni yoqtirmaydi, ko‘p suv ichmaydi. Uning 17 turi mavjud.  

Xavortiya kupera  

Bu gul fanga ma’lum bo‘lganiga 200 yildan oshgan va botanik olim Kuper sharafiga shunday nomlangan. Gohida uni tirik tosh ham deyishadi. Suvli yaproqlari uchida shaffof derazachalari bor. Shu derazachalar orqali yorug‘likni qabul qiladi va suv bilan to‘ldirilgan sharga o‘xshab turadi. Yorug‘likni yoqtiradi. Suv sepish shart emas. Kuper yordamida xonada o‘ziga hos go‘zal landshaft dizaynini yaratish mumkin.
 
Parma – maysa  

Bu dekorativ o‘simlikning yaproqlari parmaga o‘xshaydi. Suvsizlikka o‘ta chidamli. 15 santimetrdan oshmaydigan yaproqlari yaltillab, ochiq yashil rangda tovlanib turadi.  Bahordan yoz oxirigacha gullaydi.  Toshloqni yoqtiradi.  Xona havosini tozalaydi. Kislorod bilan boyitadi.  


Bu ham qiziq

Gurbanguli Berdimuhamedov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Gurbanguli Berdimuhamedov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Gurbanguli Berdimuhamedov va Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xaba…
20:13 / 23.04.2025
AQSh Ukraina va Yevropaga Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi

AQSh Ukraina va Yevropaga Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi

Bugun Londonda Rossiya va Ukraina urushini tugatish bo‘yicha AQSh va bir qator Yevropa davlatlari ishtirokida muzokaralar bo…
11:15 / 23.04.2025
Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

“Vajnie istorii” nashri bu haqda Yagona tibbiy axborot-tahliliy tizimdan (EMIAS) olingan ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqd…
08:35 / 24.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga keladi

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmanisto…
20:20 / 22.04.2025
Xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga subsidiya va kompensatsiyalar beriladi

Xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga subsidiya va kompensatsiyalar beriladi

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari mamlakat yalpi ichki mahsulotining …
09:46 / 23.04.2025
“O‘zgidromet” 23-24-aprel kunlari 6 ta viloyatda sel-suv toshqin xavfini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 23-24-aprel kunlari 6 ta viloyatda sel-suv toshqin xavfini e’lon qildi

Respublikaning janubiy viloyatlari bundan mustasno.
14:44 / 22.04.2025
Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li yangi lavozim egalladi

Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li yangi lavozim egalladi

Adam Qodirov Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Bu Adamning uchinchi bor lavozimga tayinlanishidir.
09:37 / 24.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli bola boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi

Qashqadaryoda 14 yoshli bola boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi

Bu haqda “Hudud” dasturida ma’lum qilindi.
09:59 / 24.04.2025
O‘zbekistonning oltita hududida sel va suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning oltita hududida sel va suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet O‘zbekistonning 6 ta hududida sel va suv toshqinlari xavfi borligini ma’lum qildi.
19:29 / 22.04.2025
Ozarbayjonda qo‘lga olingan fuqaro O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Ozarbayjonda qo‘lga olingan fuqaro O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Joriy yilning yanvar oyida Ozarbayjonda qo‘lga olingan o‘zbekistonlik shaxs hukumat so‘rovi bilan O‘zbekistonga topshirildi.
18:40 / 22.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!