AQSh harbiylari Atlantika okeanida kemalarga ta’sirini sinab ko‘rish uchun og‘irligi 18 tonnadan ortiq bo‘lgan bombani portlatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sinovlar Florida qirg‘oqlaridan 160 kilometr uzoqlikda bo‘lib o‘tdi. Bomba okeanga tashlangan va suv ostida portlatilgan. Portlash yuz bergan joyda samolyot tashuvchi kema suv yuzasida bo‘lgan. Sinovlar bunday kuchli portlash yaqin atrofdagi kemalarga ta’sirini o‘rganish uchun amalga oshirilgan.
Portlash vaqtida AQSh geologiya xizmati 3,9 balli zilzilani qayd etdi. Ushbu turdagi sinovlar paytida bu odatiy hodisa ekanligi va qirg‘oq uchun hech qanday oqibatlarga olib kelmagani aytilmoqda.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining xabar berishicha, aviatashuvchi kema sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va bunday bombalarga qarshilik ko‘rsata olishi tasdiqlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!