$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Yangi O‘zbekistondagi yangicha saylovdan nimalar kutilyapti?

15:24 / 20.10.2024

2024-yil 27-oktyabr kuni O‘zbekistonda muhim parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu jarayonda saylovchilar Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga va mahalliy kengashlarga deputatlarni saylaydi.

Ushbu saylovlar O‘zbekistonning siyosiy islohotlari doirasida o‘tkazilmoqda va ularda 30 mingdan ortiq nomzodlar ishtirok etishi kutilmoqda. Saylov jarayonini kuzatish uchun 70 mingdan ziyod mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar jalb qilinadi.

Bu yilgi saylovlarning muhim yangiligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkaziladi. Deputatlarning 75 nafari saylovchilar tomonidan ovoz berish yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanadi.

Shuningdek, bu yilgi saylovlarning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar orasida ayollar soni 391 nafarni yoki 44,7 foizni tashkil etdi. Bu O‘zbekiston saylov tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Bundan tashqari, avvalgi saylovlarga qaraganda nomzodlar ham ancha yoshargan.

Saylovlarga ajratilgan mablag‘lar va ularning qanday ishlatilishi bo‘yicha keng jamoatchilikda ko‘plab savollar tug‘ilmoqda. Lekin, bu pullarning qanchalik shaffof tarzda sarflanayotgani bo‘yicha ma’lumotlar kam.

Shu bois bu yilgi saylovlarni prezidentlik saylovlari bilan taqqoslab ko‘ramiz:

– 2023-yilgi prezidentlik saylovida  174,13 mlrd so‘m;

– 2021-yilgi saylovda esa 300 mlrd so‘m sarflangan.

Albatta, bu yilgi saylovlarga ham shunga yaqin mablag‘ sarflanadi. Biroq, ko‘pchilikda buncha pullar nimalarga ishlatiladi degan savol tug‘ilishi tabiiy?

Saylovga ajratiladigan mablag‘lar saylov uchastkalarini tashkil etish, saylov komissiyalarini shakllantirish, saylov byulletenlarini chop etish, texnik jihozlarni xarid qilish, reklama va axborot kampaniyalarini o‘tkazish kabi keng ko‘lamli tadbirlarni moliyalashtirishga ishlatiladi va bu xarajatlarning barchasi davlat byudjetidan sarflanadi.

Misol uchun, bu yilgi deputatlik saylovini o‘tkazish uchun 11 mingga yaqin saylov uchastkasi ochiladi. Shuningdek, 39 ta xorijiy davlatlarga ham xuddi shunday uchastkalar tashkil etiladi. Bu esa tabiiyki katta xarajatlarni talab etadi.

Xo‘sh, shuncha pullar sarflanayotgani bilan ham saylovlar shaffof va haqiqiy raqobatni namoyish qilyaptimi?

O‘zbekistonda 2019-yili o‘tkazilgan saylovda YeXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti)  300 kishidan iborat missiyasini yuborgan edi. Ular esa O‘zbekistonda o‘tkazilgan parlament saylovlari hali haqiqiy raqobat va jarayonlarga to‘liq rioya etilishini namoyon qilmadi deya fikr bildirishgan.

Umid qilamizki, 27-oktyabrda o‘tkaziladigan saylov shaffof va haqiqiy raqobat ostida o‘tadi. Bu uchun partiyalar qanday ishlar qilmoqda? Xalqqa nimalarni va’da bermoqda? Quyida shularni ko‘rib chiqamiz.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi

O‘zLiDeP saylov oldi dasturlarida “Erkin va farovon, Yangi O‘zbekistonni birga quramiz!” shiori ostida 5 ta maqsadni ilgarida surmoqda:

1. Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali har bir inson, oila va jamiyat farovonligiga erishamiz;

2. Sifatli ta’lim, tibbiyot va kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlaymiz;

3. Aholiga qulay atrof-muhit sharoitlarini yaratamiz;

4. Xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etamiz;

5. Mamlakatimiz suvereniteti va xavfsizligini kafolatlaymiz.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi saylovoldi dasturlarida “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari!” shiori ostida sud-huquq sohasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va fan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tashqi va ichki siyosatga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “Aqlli tibbiyot” tizimini shakllantirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlarini “tijorat tashkilotlari” maqomidan notijorat tashkilotlarga o‘tkazish, farmatsevtika va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi yashirin til biriktirganligi uchun jinoiy javobgarlikni belgilash, joylarda aholiga malakali tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, samarali qonunchilik mexanizmlarini ishlab chiqish kabi qator muhim tashabbuslar partiya dasturida aks ettirilgan.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

“Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori ostida faoliyat yurituvchi partiyaning bosh maqsadi qudratli davlatga tayangan, qonunlari milliy va umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘un, inson qadri baland jamiyat qurish.

Partiya iqtisodiy sohani milliy qadriyatlar orqali rivojlantirish, shuningdek, tarixiy-madaniy merosimizni asrab-avaylash, an’analarni saqlashni maqsad qilgan.

Shu bilan birga, partiya uchun eng muhim masalalardan biri yosh avlodni tarbiyalashdir. Saylovoldi dasturida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga alohida e’tibor qaratilgan. Muhimi, dasturda o‘zbek tilini rivojlantirish va ilmiy adabiyotlarni chet tillardan davlat tiliga tarjima qilish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Xalq demokratik partiyasi

Partiya o‘z dasturiy maqsadlarini ijtimoiy himoya, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini yuzaga chiqarish orqali “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyilini va davlatning tegishli ijtimoiy majburiyatlarini samarali amalga oshirish kabi umummilliy manfaatlar ustuvorligiga asoslanib belgilashini qayd etgan.

XDP har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish g‘oyalarini targ‘ib qiladi.

Shuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi faol ishtiroki, ijtimoiy ne’matlarning teng taqsimoti, ishlab chiqarishda umumiy mulk ustuvorligini ta’minlashdan iborat g‘oyalarini ilgari suradi.

Ekologik partiya

Partiya “Tabiat uchun birlashaylik” shiorini ilgari surmoqda. Partiyaning bosh maqsadi — mamlakatning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof-muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash.

Shu bilan birga, ekologik partiyaning saylovoldi dasturidan avtomobil yo‘li qatnov qismida skuter va velosipedlar uchun alohida yo‘lak tashkil etish, tamaki mahsulotlariga qo‘shimcha soliq solish, Qizil kitobdagi o‘simliklardan foydalanish va yovvoyi hayvonlarni ovlashga muddatsiz moratoriy e’lon qilish va boshqalar o‘rin olgan.

Xo‘sh, barcha partiyalarning saylov dasturlari bilan tanishib chiqdik. Sizningcha, qaysi siyosiy partiyaning g‘oyalari yaxshiroq. Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Muallif: Behruzbek Shoimqulov


O‘zbekiston


														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

														
														Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026

														
														GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

Bu ham qiziq

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!