$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Mangu jasorat timsoli — Sobir Rahimovning shafqatsiz hayot yo‘li haqida

18:12 / 06.10.2024

Toshkent metropoliteni “Olmazor” bekatining sobiq nomi Sobir Rahimov edi. Keyingi bekat Sobir Rahimov deganda hech bo‘lmasa bir marta bu shaxs o‘zi kim ekan degan savol xayolingizdan o‘tgan bo‘lsa kerak.

O‘zbek va polyak xalqlarining qahramoni, “Temir general” deya tanilgan Sobir Rahimov 1902-yili 25-yanvarda (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 1-yanvarda) Toshkentda dunyoga kelgan. Afsuski u to‘liq oilada boshqa bolalar kabi mehrga to‘yinib katta bo‘lmagan. Sobirning otasi Umar Rahim o‘g‘li tegirmonchi bo‘lgan va 1909-yili vafot etgan. Keyin u tikuvchiga shogirdlikka tushib, onasiga qarashgan.

Oradan yillar o‘tadi. 20 yoshdagi Sobirni harbiy xizmatga chaqirishadi. Bokudagi harbiy maktabni 1925-yili muvaffaqiyatli tugatadi. So‘ng Samarqanddagi O‘zbek otliq askarlar diviziyasida harbiy xizmatni o‘tashga kirishib ketadi. Ushbu diviziya sobiq ittifoqdagi eng ilg‘or va namunali harbiy qismlardan bo‘lib, unga mashhur sarkarda Mirkomil Mirsharipov qo‘mondonlik qilgan.

Uning hayoti bir tekisda davom etmagan. Sobir Rahimovni ham qamoqqa olishgan. Bu haqida Oyina.uz saytida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Irzayev maqolasida shunday yozilgan: “1935-yil yanvardan diviziya qo‘mondonligiga I.V.Selivanov (1886–1942) tayinlanadi. Biroq, 19-O‘zbek tog‘-otliq diviziyasida I.V.Selivanov o‘zining tajangligi, axloqsiz tili bilan tez orada hurmatsizlanadi. U ahvolni tuzatish maqsadida ayrim mahalliy zobitlarni sotib olishga kirishadi. Jumladan, 1936-yil 30-aprelda Sobir Rahimovni ham bosmachilar bilan kurashda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun deb “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlaydi. Shunga qaramay u Selivanovning ordeniga uchib do‘stlariga xiyonat qilmadi va totalitar tuzumning qatag‘on ro‘yxatidan o‘rin oldi”.

1938-yil 17-mart kuni bitilgan order asosida Sobir Rahimov qamoqqa olinadi. Shaxsiy anketasiga ko‘ra bu vaqtda uning oila a’zolari sifatida turmush o‘rtog‘i Rahima Hasanova va uning onasi Shosiro‘y xonimlarning nomlari keltirilgan. U ilk so‘roqdayoq o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni mutloq rad etadi. Shunga qaramay, 1938-yil 28-mart kuni unga O‘zSSR JKning 57-(chet el josusi) va 67-(aksilinqilobiy tashkilot a’zosi) moddalarini qo‘llab hukm chiqarishadi. 1938-yil 1-apreldan tergovchilar undan aksilinqilobiy tashkilot a’zosi ekanligini tan olishini talab qiladi. U tahqir va qiynoqlarga sabot bilan bardosh beradi. 1938-yil 7-8-aprel kunlari tergovchi Vasilyev avval musht, so‘ng 1,20 metrlik metal kaltak bilan tinimsiz savalaydi. Shundan so‘ng 7 kun davomida tik oyoqda turg‘izib qo‘yib, muttasil jismoniy qiynoqlar qo‘llaydi. 15-aprel kuni aqldan ozish darajasiga kelgan Sobir Rahimov qo‘liga tutilgan qog‘ozlarga imzo chekadi va shu kuni uni kameraga sudrab olib kelishadi.

Sobir Rahimovni 1938-yil 19-may kuni yana tergovga chaqiradilar. Bu gal undan diviziyada mavjud aksilinqilobiy tashkilot a’zosisan va qolgan a’zolarning nomlarini ham keltirasan, deb talab qilishadi. U 19-O‘zbek tog‘-otliq diviziyasida hech qanday aksilinqilobiy tashkilot yo‘q deb javob beradi. Shundan so‘ng Vasilyev uni tahqirli so‘zlar bilan haqoratlab, “Mirsharopov marshi”ni kuylagansan, “Ruslar ustimizdan to‘la hukmronlik qilmoqchi, bu dayuslar bizni komandir sifatida tan olmayapti”, degansan, endi hammasiga javob berasan, deydi. Sobir birorta ayblovni tan olmasligini va biror joyga imzo chekmasligini ma’lum qiladi. 22-may kunidan boshlab yana 4 kun mobaynida tik oyoqda saqlab, qiynoqqa soladilar. Zulm va ochlikdan holsizlangan Sobir Rahimov 1938-yil 25-may kuni hushidan ketib yiqiladi.

1938-yil 12-sentyabr kuni yana so‘roqqa chaqiriladi. Bu gal uning oldiga guvoh Muhammad Ziyoyev degan kimsani keltirishadi. Yuzlashtirishda Muhammad Ziyoyev 1932-yil may oyida Samarqandda, aksilinqilobiy tashkilot yig‘inida uni ko‘rganligini aytadi. Sobir Rahimov indamay tinglaydi va o‘zining aynan o‘sha vaqtda Samarqandda emas, Toshkentda bo‘lganini isbotlab beradi. Bu gal ham ishi o‘xshamagan tergovchilar S.Rahimovni 14–19-sentyabr kunlari yana tik holatda, mislsiz qiynoqlarga soladi. Sobir Rahimov o‘ziga qo‘yilgan barcha bo‘htonlarni qat’iy rad etib, birorta ayblovni tan olmasligini ma’lum qiladi.

Sobir Rahimovning 1939-yil 30-aprel kuni Beriyaga yozgan arizasi, baxtli tasodifmi, uning qo‘liga yetib boradi. Mazkur ariza asosida 1939-yil 17-may kuni S.Rahimov ishi yuzasidan qayta tekshirishlar boshlanadi. 1939-yil 25-iyun kungi so‘roqda Sobir Rahimov o‘ziga nisbatan qilingan bo‘hton, noqonuniy qiynoq va tahqirlarni so‘zlaydi. 1939-yil 29-iyun kuni qayta tergov yakunlanib, unga qo‘yilgan O‘zSSR JKning 57-2, 63-, 65-, 67-moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlar dalillar bilan isbotini topmagani uchun oqlashga qaror chiqariladi. 1939-yil 2-iyul kuni Sobir Rahimovdan qamoqda qo‘llanilgan qiynoqlar va so‘roqlarni mutloq sir tutishga so‘z beruvchi tilxat olinadi va turmadan chiqishi uchun talon beriladi.

1939-yil 9-oktyabr kuni Sobir Rahimov bilan birga Yo‘ldosh Shokirov, Solijon Meliyev, Ivan Anvarov, Qo‘shoq To‘xtaboyev, Abduqodir Abdurahimov, Mahmud Eshmatov, Hamid Ismoilov kabi qatag‘onga uchragan o‘zbek zobitlarining ozodlikka chiqqani qonuniylashtiriladi.

Sobir Rahimov uzoq davom etgan sarson-sargardonliklardan so‘ng, 1940-yil oxiriga kelib qurolli kuchlar safiga qayta tiklanishga muvaffaq bo‘ladi va G‘arbiy maxsus harbiy okrugga jo‘natiladi. 

Rahimovning Ikkinchi jahon urushiga kirib kelishi

1941-yilning iyun oyida mayor unvonida, motoo‘qchilar polkining komandiri o‘rinbosari lavozimida Ikkinchi jahon urushiga kirib kelgan. G‘arbiy frontda Belarus va Smolensk viloyatidagi mudofaa janglarida qatnashgan. Shu yilning iyul oyida yaralanib, gospitalga jo‘natilgan.

Davolanadi va yana urushga qaytariladi, 1942-yil yanvarda yana yaralanadi, tuzaladi hamda qayta urushga kirishadi. Uning diviziyasi Shimoliy Kavkazdagi hujum operatsiyalarida jonbozlik ko‘rsatgan.

1943-yilning 19-mart sanasida Sobir Rahimov general-mayor harbiy unvoni bilan taqdirlangan.

Taqdirlov varaqasida u haqda shunday deyiladi:

“Irodali, savodli, o‘suvchi o‘rtoq. Urush boshidan buyon gitlerchi bosqinchilarga qarshi frontda bo‘lgan, yaralangan va sog‘ayganidan so‘ng 353-o‘qchi diviziyaga polk komandiri etib jo‘natilgan. Polkka qo‘mondonligi davomida ishini a’lo darajada bajargan… O‘rtoq Rahimov barcha turdagi qo‘shinlarni birlashtirishni uddalay oladi va jangovar vazifani bajarish uchun ularning barchasini safarbar qiladi”.

1943-yil 8-aprelda general-mayor Rahimov divizion boshqaruvidan ozod qilinib, Moskvaga, Voroshilov nomidagi bosh shtab harbiy akademiyasiga o‘qishga yuboriladi.

Akademiyani tugatgach, Rahimov frontga qaytadi hamda 1944-yili noyabrda o‘qchilar diviziyasiga komandir etib tayinlanadi.

Polshadagi jonbozlik

General Sobir Rahimov 1-Belorussiya fronti qo‘shinlari tarkibida Belorussiya va Polshaning Baranovichi, Slonim, Belostok, Graudents va boshqa shaharlarini ozod qilishda qatnashgan. Ayniqsa uning diviziyasi jonbozligi bilan ajralib turgan. Gdansk ko‘chalariga ham birinchi bo‘lib kirib keldi. 1945-yil 26-mart kuni Gdansk shahrini ozod etish uchun bo‘lgan jangda hujumga o‘tgan dushman kemalari artilleriyasidan otilgan katta kalibrli to‘plardan diviziyaning kuzatuv punkti yo‘q qilinadi. Kuzatuv postida bo‘lgan general-mayor Sobir Rahimovning boshi snaryad parchasidan og‘ir yaralandi va sakkiz soatdan keyin hushiga kelmasdan kasalxonada vafot etadi. Uning jasadi 1945-yilning may oyida krematsiya qilinib, temir qutida Toshkentga olib kelingan va Hukumat uyida vidolashuv marosimi o‘tkazilgan.

“Temir general” ning xotirasi abadiydir

Sobir Rahimovni nafaqat o‘zbek xalqi, balki polyaklar ham ardoqlashadi. Uning nomi Gdansk shahridagi maktab va ko‘chalarga berilgan. Unga o‘limidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan. 1947-yili general-polkovnik P.Batov tomonidan yozilgan “O‘zbek xalqining munosib o‘g‘loni” nomli kitobi nashr etilgan. Rahimov haqida 1967-1968-yillarda “General Rahimov” nomli film ham olingan. Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i”da general Sobir Rahimov va barcha o‘zbekistonlik harbiylar hamda qo‘mondonlarning xotirasiga atab “Mangu jasorat” monumenti barpo etilgan.

Uning jasorati barcha uchun o‘rnak bo‘lishga arziydi.

Maqola muallifi Munisaxonim Irisova

 


O‘zbekiston


														
														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

														
														Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!