$
12676.11 UZS
-18.86
161.56 UZS
-0.04
14975.56 UZS
97.06
37° Kechasi 24°

Folga yoki pergament? Pishiriq tayyorlayotganda qay biri ishlatiladi?

23:17 / 06.01.2020

Фольга или пергамент? Что и когда использовать для запекания

Gaz pechida shirinlik, go‘sht, sabzavot pishirish uchun folga yoki pergamentdan qay birini ishlatishni bilmay, boshimiz qotadi. Keyin esa qo‘limizga tushganini olamiz. Bugun esa bu kabi ikkilanishlarni yo‘qotamiz.
Ularning ikkovi ham taom idishga yopishib qolmasligi, kuymasligi, pishiriq tayyor bo‘lgandan keyin idishni yuvish oson bo‘lishi uchun ishlatiladi. Shuningdek, ovqatdagi yog‘ miqdorini kamaytirishda ham yordam beradi.

Gaz pechida sabzavot pishirish uchun: pergament va folga

Pergament qog‘ozni 210 darajagacha bo‘lgan issiqlikda ishlatsa bo‘ladi. Agar undan ham balandroq haroratda sabzavot pishirayotgan bo‘lsangiz, folga ishlatganingiz ma’qul. Har ikki holatda ham sabzavotlar mazali chiqishi uchun yog‘ surting. Yumshoq pishirilgan sabzavotni yaxshi ko‘radiganlar, uni folga bilan o‘rab yeydi. Qolganlar esa sabzavotni alohida idishga solib tanovul qiladi.

Gaz pechida tovuq yoki kurka go‘shtini pishirish uchun: qalin folga

Tovuq yoki kurka go‘shtini gaz pechida pishirishning 2 ta usuli bor:
Agar pishirish jarayonini tezlashtirmoqchi bo‘lsangiz, parranda qurib qolmasligi uchun uni folga bilan o‘rashingiz kerak. Folgani pechning patnisiga yozing, ustiga parranda go‘shtini qo‘ying, moylab, ziravor qo‘shing. Keyin har ikki tarafidan havo kirib turishi uchun teshikcha qoldirib, kurkani qo‘shimcha folgaga o‘rang. Pishishiga yarim soat qolganda go‘sht qizarishi uchun folgani yeching.
Agar siz parranda go‘shtini uzoq pishirmoqchi bo‘lsangiz, past haroratga, taxminan, 170 darajaga qo‘ying. Bunda ham patnisning ustiga folgani yoyasiz, ziravorlar sepasiz, keyin esa ustini xuddi chodirga o‘xshab, folga bilan yopasiz va 1 soat mobaynida pishirasiz. Keyin folgani yechib, go‘shtni to qizarmagunicha pishirishda davom eting. 

Gaz pechida baliq pishirish uchun: ham folga, ham pergament

Bug‘langan baliq, syomga yoki lasos pishirish uchun unga sabzavot, ziravorlar va limon sharbati qo‘shib, pergamentdan yasalgan maxsus qog‘oz xaltaga solgan ma’qul. Pergament uning namligi va iforini saqlab qoladi, shuning uchun baliq sersuv va hil-hil bo‘lib pishadi. 
Agar baliq qizarib pishishini xohlasangiz, issiq haroratga dosh bera oladigan folga tanlang.

Pechenye: pergament

Agar pechenyeni pergamentda pishirsangiz, u tekis pishadi, bo‘linib yoki yorilib ketmaydi. Folga ham ishlatsa bo‘ladi, ammo pechenye joyidan siljiydi, quruqroq va qoraroq chiqadi. 

Brauni: folga

Folga istalgan shaklni yaxshiroq oladi. Brauni tayyor bo‘lganida pergamentni uchidan tortib, qolipdan sekin chiqarib, shirinlikni bemalol bo‘laklarga bo‘lish mumkin.

Pirog: pishiriqlar uchun maxsus qog‘oz

Katta dumaloq shaklning pastki qismini folga bilan yotqizish juda qiyin, chunki har qanday notekislik pirogning shakliga ta’sir qiladi. Pastki qismni pergament bilan ham qoplash oson emas. Shuning uchun tajribali pazandalar oldindan kerakli shaklni qog‘ozdan kesib, qirralarini alohida-alohida yog‘laydi.


Bu ham qiziq

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Gazeta bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avia…
14:26 / 30.06.2025
Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

“Joriy yildagi “Haj-2025” mavsumi davomida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hojilarning Haj amallarini tartibli va namunali a…
12:17 / 01.07.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish…
14:43 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025
Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan tabrikladi.
12:44 / 30.06.2025
Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!