$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

Pulni nimalardan tejamaslik kerak?

00:24 / 23.10.2019

Tejamkorlik yaxshi. Bu ertangi kun uchun himoya yostiqchasiday gap. Aksariyat taniqli millionerlar ham tejamkor ekanligi haqida ko‘p eshitamiz. Ammo shunday narsalar borki, ular uchun pul tejab, foyda ko‘rmaysiz, aksincha zarar ko‘rasiz. Ular nimalar?

1. Salomatlik

Salomatlikka sarmoya kiritish – hayotingizning hamma sohalariga sarmoya kiritishdir. Sog‘ligingiz yomon bo‘lsa, ishda muvaffaqiyatga erisholmaysiz, karyera pillapoyalaridan tez ko‘tarila olmaysiz, munosabatlarda o‘zingizni baxtli his qilmaysiz va farzandlaringizga vaqt ajratolmaysiz. Bu bandga tanangizga g‘amxo‘rlik qilish va uni yaxshi jismoniy holatda ushlab turish ham kiradi. Qimmatbaho kosmetik vositalar shart emas. Mahsulot narxi qimmat bo‘lsa – bu sifatli degani emas. Ammo yaxshi tibbiy muolaja arzon bo‘lmasligini hisobga oling. 

2. Oziqlanish

Oziqlanishni salomatlik tarkibiga kiritsa bo‘ladi. Ammo kundalik hayotimizda ovqat muhim o‘rin tutgani bois, uni alohida band qilishni lozim topdik. 

Shuni yodda tutish kerakki, oziqlanish ta’m ehtiyojlarimizni qondirishgina emas, balki organizmga kerakli moddalar va energiyani berishdir. Aslida, sog‘lom ovqatlanish – qimmat, degan gap noto‘g‘ri fikr. Biroq, shunday foydali mahsulotlar borki, ular anchagina qimmat bo‘ladi. Ular uchun pul tejasangiz arziydi. 

3. Dam olish

Yaxshi va to‘laqonli hordiq chiqarish, albatta, kerak. Organizm dam olar ekan, u kuchini tiklab oladi. Ba’zida yangi ish haftasidan oldin quvvat to‘plab olish maqsadida sayohatga pul sarflash ham foydalidir. 

4. Sayohatlar

Sayohat – dam olishning bir turi. Ular bizga yangi bilimlar beradi. Sayohat qilar ekansiz, qiziqarli va ko‘p qirrali shaxsga aylanasiz. Bu esa nafaqat do‘stlaringiz bilan taassurot almashish, balki ishingiz uchun ham foydalidir. Qaytganingizda, o‘zingizni butunlay boshqa odam kabi his qilasiz. Avvalgi vaziyatlarga munosabatingiz o‘zgaradi, jamiyatda o‘zingizni boshqacha pozitsiyada tuta boshlaysiz. Bu esa, sizga raqobatbardoshlik xususiyatini taqdim etadi. 

5. Uzoq vaqt kiyiladigan kiyim va poyabzal

Bitta sifatli buyum o‘rniga beshta sifatsizini olishingiz ham mumkin. Natijada, baribir o‘sha miqdordagi pulni sarflaysiz. Toza va sifatli kiyim – har qanday jamiyatda mavqega ega bo‘lish uchun zarur vosita. Yomon oyoq kiyim, hatto sog‘ligingizga ham zarar yetkazishi mumkin. Chunki, qanday yurishimiz va qadam bosishimiz umurtqamiz hamda qomatimizda aks etadi. 

6. Hayot sifatingizni yaxshilovchi hamma narsa

Kitoblar, ta’lim, treninglar, malaka oshirish, elektron gadjetlar, fitness bilan shug‘ullanish va boshqa ko‘plab narsalar yaxshi hayot kechirishingizga yordam beradi. Shunday ekan, bularga tejamang. Kim biladi, balki bir kunlik tadbir yoki trening sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochar, ehtimol ma’lum bir maqsadingizga yaqinlashtirar. 

7. Qulaylik va xavfsizlik

Yarim kechasi uyga qaytayotganingizda taksi chaqirish kerakmi yoki pulni tejash kerakmi?, deb ikkilansangiz, xavfsizligingizni ustun deb biling. Qulaylik bu sizga sifatli uyqu beruvchi yostiq, hayotdan lazzatlanishingizga sabab bo‘ladigan istalgan narsa, nimadandir voz kechganingiz uchun his qiladigan asabiylik emas. 

8. O‘zingiz uchun sovg‘alar

Afsuski, ko‘pchilik odamlar o‘zi uchun pul sarflolmaydi. Agar o‘zingizga pul sarflashni xarajat deb hisoblasangiz, bu holatni o‘zgartirish vaqti keldi. Nimanidir o‘zingiz uchun sotib olar ekansiz, u rostdan ham kerakmi?, hayotingizni yaxshilaydimi?, aniqlang. Ehtimol, kayfiyatingizni ko‘taruvchi sharf sotib olarsiz. Ehtimol, fotokamera olib, orzuyingizni amalga oshirarsiz. 


Bu ham qiziq

Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar natijalarni bir necha usulda bilishlari mumkin
21:52 / 20.07.2025
Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Avtobuslarning oraliq interval vaqti ham ancha qulay qilib belgilangan
20:02 / 19.07.2025
Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Qurbonlar soni kamida 36 ta ekanligi aytilmoqda.
17:22 / 20.07.2025
Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Epitsentr Tinch okeani akvatoriyasida joylashgan.
15:22 / 20.07.2025
Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:25 / 21.07.2025
Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Ta’kidlanishicha, gidroenergetika loyihasini amalga oshirish bilan China Yajiang Group kompaniyasi shug‘ullanmoqda, u qurili…
10:06 / 20.07.2025
Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Prezidentlikka nomzodlikdan chetlatilgan Kalin Georgesku tarafdorlari bir nechta shaharlarda tartibsizliklar uyushtirishda d…
22:56 / 20.07.2025
Hollouey va Porye o‘rtasidagi BMF kamari uchun jang to‘liq davom etdi

Hollouey va Porye o‘rtasidagi BMF kamari uchun jang to‘liq davom etdi

Ushbu jang Dastin Pore uchun faoliyatidagi so‘ngisi edi.
10:45 / 20.07.2025
Netanyaxu zaharlandi

Netanyaxu zaharlandi

Ma’lum qilinishicha, 20-iyulga o‘tar kechasi Netanyaxu o‘zini yomon his qila boshlagan.
10:18 / 21.07.2025
O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

Xushnud Xudoyberdiyev bu boradagi fikrlarini bildirdi
23:12 / 19.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!