O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Anjumanda kompaniyani 2019-yilda qilingan ishlar va 2020-yil rejalari haqida jurnalistlarga ma’lumot berildi. 2019-yil davomida kompaniyaning Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan provayder va operatorlar uchun tashqi kanalga ulanish tariflari narxi 1 Mbit/s. uchun 85 ming so‘mdan 75 ming so‘mgacha (17 foizga) arzonlashtirilgandi. 2020-yilning 1-yanvaridan esa mazkur tarif 56 ming so‘mgacha (20 foiz) pasayishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yilda internet xizmatlariga tariflar o‘rtacha 4 baravarga arzonlashdi va simli internet tezligi butun O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun deyarli 2 baravarga oshdi. Internet narxi esa 3,5 baravardan ziyodga kamaygan. Solishtirish uchun: 2018-yilda kompaniyaning eng yuqori tezlikdagi tarif rejasi 20 Mbit/s.dan oshmagan
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!