$
12915.07 UZS
15.07
156.43 UZS
-0.89
14659.90 UZS
64.84
35° Kechasi 18°

Dengiz yulduzlari sudralib yuruvchi yirtqich dengiz mavjudotlari ekanligini isbotlovchi 7 fakt

11:52 / 16.08.2019

Yorqin, g‘ayrioddiy, mukammal simmetrik shakl va sirli go‘zalligi ko‘pchilikni o‘ziga maxliyo qiluvchi dengiz yulduzi dunyo bo‘ylab okeanlarning sayoz joylarida kun kechiradi

Ignaterililar turiga mansub bu hayvonlarning ko‘rinishi juda ajabtovur, uning nurli oyoqlari haqida ko‘pchilik bilmasa kerak. Ularning haqiqiy yirtqich dengiz mavjudotlari ekanligini isbotlovchi bir qator ajoyib xislatlari bor.

1.Fantastik qayta tiklanish qobiliyati

Ularning yangilanish qobiliyatiga faqat hasad qilish mumkin. Agar sudralib yuruvchi umurtqali hayvonlar orasida kaltakesaklarning dumini o‘stirish qobiliyati ulkan yutuq deb hisoblansa, yulduz baliqlarining ikkinchi yarimini hosil qila olish qobliyatidan hayratlanmaslikning iloji yo‘q. Bundan tashqari, yulduz butun tanani nur va qorin bo‘shlig‘ining bir qismi bilan qayta tiklaydi. Gap shundaki, har bir nur ovqat hazm qilish tizimidan tortib to reproduktiv organlargacha ta’sir ko‘rsata oladi. Aniqlanishicha, yulduz nurlari kichik bir mustaqil organizm bo‘lib, u boshqa sheriklari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.

7 фактов, доказывающих, что морские звезды — это поистине жуткие морские чудовища

7 фактов, доказывающих, что морские звезды — это поистине жуткие морские чудовища

2.Ikki ko‘z o‘rnidagi – bir qancha ko‘z dog‘lari 

Dengiz yulduzlarining ko‘zlari animatsion film rassomlari tasvirlaydigandek emas. Umuman olganda dengiz yulduzlari ko‘zlarini ko‘z deb bo‘lmaydi.Dengiz yulduzlarining atrofni ko‘rish vositalari ko‘z dog‘lari deb ataladi. Ular har bir nurning oxirida joylashgan. Juda ham ko‘p bo‘lgan ko‘z dog‘larining har biri tana tuzilishining umumiy tamoyiliga mos keladi: Har bir nur katta mavjudot ichidagi mustaqil boshqa bir organizmdir.

7 фактов, доказывающих, что морские звезды — это поистине жуткие морские чудовища

3.Jinsini osongina o‘zgartirishi mumkin

Bir kuni tanasi nar bo‘lsa, ertasiga modaga aylanib qoladi. Bu hayoti davomida jinsini qayta-qayta o‘zgartirishga qodir bo‘lgan ba’zi turdagi dengiz yulduzlarida juda keng tarqalgan holat. Hozirda mazkur mavjudotlarning yoqolib ketish xavfi mavjud, chunki rivojlanish davrida erkaklar yoki faqat urg‘ochilar hukmronlik qila boshlashi mumkin. Bunday ajoyib qobiliyatga ega bo‘lgan har qanday ikkita dengiz yulduzi, tug‘ilishidan oldin kim bo‘lganidan qat’iy nazar to‘laqonli ota-ona bo‘la oladi. Olimlarning ta’kidlashicha, dengiz yulduzlarida jinsiy metamorfozlar nasl berish davrida ham, mustaqil ravishda ham paydo bo‘lishi mumkin. 

7 фактов, доказывающих, что морские звезды — это поистине жуткие морские чудовища

4.Qon o‘rniga suv va miya yetishmasligi

Tana bo‘ylab aylanib yuradigan ozuqaviy modda sifatida, yulduz dengiz suvidan foydalanadi, shuning uchun u qon aylanish tizimiga ega emas. Ushbu o‘ziga xos suv-qon tomir tizimi yulduz organizmini kislorod va boshqa mikroelementlar bilan ta’minlaydi. Ularda miya ham, asab tizimi ham yo‘q. Chunki ular juda oddiy jonzotlardir. Asab tizimining organlari sifatida har bir nur asab hujayralariga xizmat qiladi.

7 фактов, доказывающих, что морские звезды — это поистине жуткие морские чудовища

5.Qo‘rqinchili ovqatlanish tizimi

Dengiz yulduzining tana tuzilishi o‘zgacha bo‘lsada, uning qay tarzda ovqatlanishidan hayratdan yoqa ushlaysiz. Ushbu dengiz jonzotlarining og‘zi qorin bo‘shlig‘ida (markazda) joylashgan, ammo dengiz yulduzi o‘ljalarni og‘izlari bilan yemaydilar. Ovqatlanish uchun ular oshqozonini tashqariga chiqaradi. Dengiz yulduzlarda ikkita oshqozon bo‘ladi. Ulardan biri juda harakatchan bo‘lib, dengiz umurtqasizlari, mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar kabi ozuqalarni hazm qiladi. Ularning oshqozoni, hatto chig‘anoqlarni ham hazm qilishga qodir. Umuman olganda, ovqatlanayotgan yulduz baliq tasviri dahshatli filmga o‘xshaydi.

7 фактов, доказывающих, что морские звезды — это поистине жуткие морские чудовища

6. Katta dengiz yulduzi o‘z bolasini ham yeydi

Albatta, ikkita katta dengiz yulduzlari bir-biriga nonushta sifatida qarashmaydi. Lekin, kichik dengiz yulduzlari kattalari uchun yaxshigina gazakka aylanadi. Katta yoshli ayrim yulduzlar ko‘pincha o‘ziga o‘xshagan kichik yoshdagi yulduzlarni tanavvul qilishni rad etishmaydi. Bu qurbonlar ba’zida ularning o‘z farzandlari bo‘lishi ham mumkin. Beshavqat katta yulduzlar buni bilishsa ham hech qachon afsuslanmaydi. 

7 фактов, доказывающих, что морские звезды — это поистине жуткие морские чудовища

7. Ular quruqlikda ham yurishi mumkin

Ko‘pgina dengiz jonzotlari, tasodifan qirg‘oqqa tushib qolib tezda nobud bo‘ladi. Ammo qahramonlarimiz bunday kichik qiyinchiliklardan bemalol o‘tib ketishadi. Dengiz yulduzi istalgan yo‘nalishda osongina harakat qiladi. Ular quruqlikda deyarli noqulaylikni his qilmaydi. Dengiz yulduzini ko‘rmoqchi bo‘lgan sayyohlar avval quyidagi videoni ko‘rishsa, asl dengiz yulduzlarini ko‘rganda qo‘rqib ketishmaydi. 


Bu ham qiziq

Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin “yana Yevropaga urush olib kelgani” yanada achinarli. “Biz bunday holatni qabul qilma…
21:29 / 04.05.2025
Isroilning G‘azoga bo‘lgan so‘nggi hujumlarida 39 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga bo‘lgan so‘nggi hujumlarida 39 kishi halok bo‘ldi

“SAXALning Xon-Yunisdagi ko‘chirilganlar lageriga uyushtirgan zarbalarida 11 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida 3 …
16:41 / 04.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

2025-yilning I choragida 168 146 nafar iste’molchiga 19,7 milliard so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berilgan.
11:59 / 04.05.2025
Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Unian nashrining ma’lum qilishicha, josuslik dasturi allaqachon 100 dan ortiq mamlakatda aniqlangan.
11:03 / 03.05.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik charm qo‘lqop ustasi Naoya Inoue o‘rtasida super jang bo‘lib o‘ta…
19:20 / 04.05.2025
AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

“Vatanga qaytarilgan aksariyat fuqarolar AQSh chegarasini noqonuniy yo‘l bilan kesib o‘tishga uringani sababli uzoq vaqt dav…
10:22 / 04.05.2025
Toshkent — Xo‘jakent kabi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar biletini onlayn olish mumkin

Toshkent — Xo‘jakent kabi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar biletini onlayn olish mumkin

O‘zbekistonda shaharlar atrofida harakatlanadigan poyezdlarga chiptalarni onlayn olish imkoni yaratildi, deya xabar berdi “O…
15:26 / 04.05.2025
Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Shuningdek, yana 4 nafar rossiyalik mansabdorlar ham “qora ro‘yxat”dan joy olgan.
11:50 / 03.05.2025
Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi 2025-yilgi haj mavsumi 13-maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar…
14:15 / 03.05.2025
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshiris…
15:28 / 03.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!