$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
32° Kechasi 18°

Kun tarixi: 11-aprel – Xalqaro Parkinson kasalligi bilan kurashish kuni. Muhammad Ali, Bill Geyts va Salvador Dalida kuzatilgan ushbu xastalik nimasi bilan xavfli?

12:02 / 11.04.2020

11-aprel – Xalqaro Parkinson kasalligi bilan kurashish kuni. Aynan ushbu sananing tanlanishi ham tasodif emas. 1755-yilning 11-aprelida mashhur shifokor va olim, Parkinson kasalligini tavsiflab bergan shaxs – Jeyms Parkinson tug‘ilgan kun. Parkinson o‘zi qanday kasallik? Uning davosi bormi? Quyida shu haqda.

Kasallik va uning kelib chiqish sabablari
• Parkinson kasalligi – markaziy nerv sistemasining surunkali kasalligi bo‘lib, ateroskleroz, ensefalit va jismoniy shikastlanish natijasida paydo bo‘ladigan klinik sindrom hisoblanadi. Ushbu kasallik 1817-yilda J.Parkinson tomonidan tavsiflangan. 

• Parkinson sindromida muskullar taranglashadi, yuz harakatsiz bo‘lib, qotib qoladi, bemorning harakatlari cheklanadi, hatto kiyinishda, tugmalarni qadashda qiynaladi. Titroq, falaj ko‘proq qo‘l panjalaridan boshlanadi (bemor go‘yo barmoqlari bilan sharchalar yasayotgandek harakat qiladi), bemorning boshi, oyoqlari titraydi. Qimirlamay turganda yoki hayajonlanganida titroq odatdagidan kuchayadi, harakatlanganida kamayadi, uxlaganida esa bosiladi. Bemor buyruqlar bilan osonroq harakat qiladi.

• Ushbu kasallik is gazi, marganets moddasi bilan zaharlanish, rezerpin yoki boshqa kimyoviy vositalarni iste’mol qilishda ham paydo bo‘ladi. Shu bilan birga ushbu xastalikka moyillik nasldan-naslga o‘tishi bilan ham xavflidir.

• Statistik ma’lumotlarga qaraganda, parkinsonizm 60 yoshdan oshgan har yuz kishidan birida kuzatiladi. Biroq kasallik yoshlarda uchramaydi, degan fikr noto‘g‘ri. Tushkunlik va qo‘rquv parkinsonizm sindromini yoshlarda ham keltirib chiqarishi hech gap emas. Shuningdek, bemorlar orasida ayollarga qaraganda erkaklar ko‘proqni tashkil etadi.

Ushbu xastalikning davosi bormi?
• Uy sharoitida shifokor tavsiyasiga ko‘ra, muskullar taranglashuvini turli xil mashqlar yordamida bartaraf  etish mumkin. Mashqlarni iliq suvda bajargan ma’qul, chunki iliq suv mushaklar bo‘shashuvini osonlashtiradi.

• Bemorlar tinch sharoitda qo‘l, oyoq va tanani mashq qildirishi uchun yengil gimnastika bilan shug‘ullanishi lozim. Shu bilan birga mozaikalar yig‘ishi, bolalar kubiklarini terish ham foydalidir.

• Ushbu xastalikni ellikka yaqin dori-darmon bilan ham davolash mumkin. Bu dorilar tarkibida mushaklar tonusini oshirib, harakatlanishni osonlashtiradigan va organizmda dofamin ishlab chiqarilishini me’yorlashtiradigan kimyoviy moddalar mavjud. Dorilar esa, shifokor tavsiyasiga ko‘ra tanlanadi va qabul qilinadi. Shuningdek, so‘nggi paytlarda Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga dofamin ishlab chiqaruvchi hujayralarni jarrohlik usuli bilan o‘tkazish amaliyoti ham bajarilmoqda.

Parkinsonizmga chalingan mashhurlar
• Salvador Dali ushbu kasallikka chalinganligini 1981-yilda bilib qoladi. Bemorning so‘nggi ijodiy ishi “Xo‘rozlar jangi” bo‘ldi.

• Microsoft asoschisi Bill Geyts bu kasallikka chalinganini 2012-yilda ma’lum qilgan. Bu paytga kelib Parkinson kasalligiga chalinganiga allaqachon 10 yil bo‘lgandi. Milliarder tadbirkor farzandlari undan yuz o‘girishi mumkinligini o‘ylab, kasalligini ulardan yashirgan.

• “Kelajakka qaytib” filmi qahramoni Maykl Jey Foksda ushbu kasallik 1991-yilda aniqlangan bo‘lsa-da, o‘z muxlislariga bu haqda rasman 1998-yilda ma’lum qilgan. U uzoq vaqt davomida ushbu kasallik bilan kurashgan. Shuningdek, Jey Foks xayriya fondi tashkil qilib, ushbu kasallik bo‘yicha izlanishlar uchun 350 million dollar yig‘gan.
Shu bilan birga ushbu kasallikdan Muhammad Ali, Nina Urgant, Robin Uilyams, Falastin sobiq rahbari Yosir Arofat, Ozzi Osborn va Rim Papasi Ioann Pavel II’lar ham aziyat chekishgan.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 29-31 daraja bo‘ladi.
22:15 / 01.05.2025
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik qotil umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik qotil umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ukrainada bir qator shafqatsiz qotilliklarda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
20:57 / 02.05.2025
Istanbuldagi zilzilada 4 mingdan ziyod bino zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Istanbuldagi zilzilada 4 mingdan ziyod bino zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Vazir, shuningdek, zararni baholash ishlari hali o‘z yakuniga yetmaganini qo‘shimcha qildi.
19:56 / 02.05.2025
Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomill…
09:45 / 01.05.2025
Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida Fransiya fuqarolari ham qatnashmoqda

Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida Fransiya fuqarolari ham qatnashmoqda

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
12:09 / 01.05.2025
2025-yilning birinchi choragida 9 mingdan ortiq oila ajrashdi

2025-yilning birinchi choragida 9 mingdan ortiq oila ajrashdi

Joriy yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi 9 mingdan ortiq da’von…
20:32 / 01.05.2025
Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Ekologiya vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan o‘rmonlar barpo etish, qayta tiklash va o‘rmon yong‘inlariga …
12:24 / 02.05.2025
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
21:48 / 30.04.2025
Joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyiha ishga tushiriladi

Joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyiha ishga tushiriladi

Qoraqalpog‘istondan Xorazmga keladigan yo‘l sifati yomonligi bois yiliga qo‘shimcha 300-400 ming turist jalb qilish imkoniya…
13:56 / 02.05.2025
Prezident yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi

Prezident yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga qilgan safari davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan vagonlar va Urganch-Xiva elektrlasht…
21:04 / 01.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!