$
12422.90 UZS
-37.8
154.30 UZS
-0.76
14457.77 UZS
-87.61
32° Kechasi 18°

Kelgusi yildan magistraturaga kiruvchilardan chet tilini bilish xalqaro sertifikati so‘raladi

17:21 / 06.05.2021

Ayni vaqtda Prezident raisligida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda chet tillarini o‘qitish bo‘yicha joylardagi haqiqiy ahvol qoniqarli emasligi qayd etildi.
– Chet tillarini o‘qitishga urg‘uni boshqacha qo‘yish kerak. Katta korxonalar qurilyapti, texnologiyalar o‘rnatilyapti. Xorijiy tilni mukammal bilish zarurati yuzaga kelyapti. Barcha hududlar rahbarlari, ta’limga aloqador tashkilotlar o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborimizni chetda qoldirmay, chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha jiddiy shug‘ullanishi kerak. Maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart, – dedi Prezident.

Shuningdek, keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari yuqori ball olgan o‘qituvchilarga o‘qish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi hamda chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun Prezident sovrini ta’sis etiladi.  

Bunda tuman (shahar) g‘olibiga 100 mln. viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan maktabga 200 mln. respublikada birinchilikni qo‘lga kiritgan maktabga esa 500 million so‘mgacha mukofot beriladi. 

Qolaversa, yig‘ilishda kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talabi ham kiritilayotgani ta’kidlandi.


Bu ham qiziq

2-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 01.09.2025
Navoiyda Paralimpiyada chempionining sherigi restoran xodimini kaltakladi

Navoiyda Paralimpiyada chempionining sherigi restoran xodimini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Navoiy shahrida Olimpiada chempioni bir fuqaroni urib tan jarohati yetkazganligi tasvirla…
11:39 / 02.09.2025
“CAFA Nations Cup-2025”. O‘zbekiston Turkmaniston ustidan katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

“CAFA Nations Cup-2025”. O‘zbekiston Turkmaniston ustidan katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

59-daqiqada vakillarimiz 1 kishi kam bo‘lib qolishdi
22:24 / 02.09.2025
BMT Afg‘onistondagi zilzila qurbonlariga 5 million dollar ajratdi

BMT Afg‘onistondagi zilzila qurbonlariga 5 million dollar ajratdi

“BMT Bosh kotibi Afg‘oniston xalqi bilan birdamligini, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiradi va …
11:05 / 02.09.2025
O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Davlat rahbari Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi
19:04 / 02.09.2025
YXXB ertaga aholidan jamoat transportidan foydalanishni tavsiya etdi

YXXB ertaga aholidan jamoat transportidan foydalanishni tavsiya etdi

Ertaga yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan YXXB aholini jamoat transportiga ustuvorlik berishga chaqirdi
22:27 / 01.09.2025
Talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ammo bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ham bor

Talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ammo bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ham bor

Ayniqsa talabalardan ayrim jihatlarda qattiq hushyorlik so‘raladi
20:23 / 02.09.2025
O‘zbekistonda suv xo‘jaligi balanslarini tuzish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda suv xo‘jaligi balanslarini tuzish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida suv xo‘jaligi balanslarini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
15:19 / 02.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
21:08 / 02.09.2025
Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!