Ma’lum qilinishicha, BMT Afg‘onistonda yuz bergan zilzila qurbonlariga yordam berish uchun Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziy jamg‘armasidan (CERF) 5 million dollar ajratgan.
“BMT Bosh kotibi Afg‘oniston xalqi bilan birdamligini, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiradi va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi”, — deyiladi hujjatda.
BMT Afg‘onistondagi hamkorlarimiz ehtiyojlarni tezkorlik bilan baholash, shoshilinch yordam ko‘rsatish va qo‘shimcha yordamni jalb qilishga tayyor bo‘lish uchun de-fakto rasmiylar bilan muvofiqlashmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’kidlashicha, insonparvarlik ehtiyojlari uchun joriy moliyalash yetarli emas va Bosh kotib “bu fojiaga tezda javob berish uchun qo‘shimcha resurslarni talab qiladi”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!