Milliy gvardiya matbuot xizmati joriy yilda fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarning birida o‘zini “mayor” unvonidagi “Milliy gvardiya xodimi” deb tanishtirib, ishga kiritib qo‘yish uchun 15 800 000 so‘m va 300 AQSh dollari miqdoridagi pul va shu kabi boshqa masalalarda fuqarolarning ishonchiga kirib ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini undirib kelgan firibgar ayol haqida ma’lum qildi.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida “Gulbahor” ismli ayol qo‘lga olinib, Toshkent shahar IIBga topshirilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1966-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanida ro‘yxatsiz yashab kelayotgan fuqaro G.Sultonova ekanligi ma’lum bo‘lgan.
“Bugungi kunda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro Gulbahorga nisbatan JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) va 211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hurmatli fuqarolar pul evaziga qaysi sohaga bo‘lishdan qat’iy nazar ishga yoki o‘qishga kiritib qo‘yaman deb yolg‘on va’da beruvchilarga ishonib qolmang”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!