$
12581.97 UZS
84.22
157.75 UZS
0.96
14698.26 UZS
39.65
30° Kechasi 19°

O‘zbekistonning tashqi qarzida xalqaro moliya institutlarining ulushi qancha?

10:13 / 26.04.2020

Moliya vazirligi 2020-yil yanvar holatiga ko‘ra, Davlat tashqi qarzining xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari kesimida taqsimlanishi bo‘yicha ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Davlat tashqi qarzlari quyidagi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablag‘lar evaziga shakllangan:

Osiyo Taraqqiyot Banki – 3,9 mlrd. AQSh dollari;
Xitoy Eksimbanki, Xitoy taraqqiyot banki – 3,3 mlrd. AQSh dollari;
Jahon banki – 2,7 mlrd. AQSh dollari;
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi - 1,9 mlrd. AQSh dollari; 
Islom taraqqiyot banki - 0,8 mlrd. AQSh dollari;
Janubiy Koreya eksim banki, Iqtisodiy taraqqiyot hamkorlik jamg‘armasi - 0,8 mlrd. AQSh dollari;
Fransiya taraqqiyot agentligi - 0,4 mlrd. AQSh dollari;
Germaniya taraqqiyot banki (KFW) - 0,3 mlrd. AQSh dollari;
Rossiya Federatsiyasi tashqi iqtisodiy faoliyat banki - 0,2 mlrd AQSh dollari: 
Boshqa xalqaro moliya tashkilotlar - 0,1 mlrd. AQSh dollari.

Qayd etilishicha, mazkur qarz mablag‘lari asosiy qismi O‘zbekistondagi davlat korxonalari tomonidan yuqori rentabelli va eksportga yo‘naltirilgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etilgan bo‘lib, kreditlarning katta qismi uzoq muddat (30 yilgacha) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag‘larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarzi departamentining 2019-yil uchun ma’lumotnomasi – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi” nashrdan chiqqani va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 17,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilayotgani haqida ma’lum qilgan edik.


Bu ham qiziq

Sirdaryoda qalbaki 150 ming AQSh dollarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Sirdaryoda qalbaki 150 ming AQSh dollarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarga nisbatan qam…
10:36 / 16.08.2025
Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbir…
15:10 / 17.08.2025
Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Eron TIVning o‘rinbosari bilan uchrashdi

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Eron TIVning o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mazkur uchrashuvda asosan Afg‘oniston bo‘yicha masalalar muhokama qilindi
21:23 / 15.08.2025
Hindiston va Pokistonda suv toshqinidan 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Hindiston va Pokistonda suv toshqinidan 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni qidirishda davom etmoqda.
16:11 / 16.08.2025
O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin

2035-yilga qadar elektron chiqindilar hajmi yana 10 ming tonnaga ortishi kutilmoqda.
12:59 / 17.08.2025
Starlink O‘zbekistonda ham ishga tushishi kutilmoqda

Starlink O‘zbekistonda ham ishga tushishi kutilmoqda

Starlink’ning O‘zbekiston bozoriga chiqishi dastlab 2023-yilga mo‘ljallangan edi. Keyinchalik servis saytida muddat 2025-yil…
11:37 / 17.08.2025
17-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 19-21 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:08 / 16.08.2025
Andijon va Samarqandda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Andijon va Samarqandda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi(o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari …
22:45 / 15.08.2025
Yozib yoki belgilab qo‘yilmagan, ammo deyarli har kuni har birimiz duch keladigan antiqa qonunlar

Yozib yoki belgilab qo‘yilmagan, ammo deyarli har kuni har birimiz duch keladigan antiqa qonunlar

Bu qonunlardagi holatlarga har birimiz bir marta bo‘lsa ham duch kelganmiz
19:11 / 16.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!