Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.-A.” MCHJ mas’ul shaxslari va fuqaro A.N. MCHJ binosida hamda fuqarolar A.G. va R.S. “Islomobod” MFY hududidagi turar joy binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 371,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.Z.” fermer xo‘jaligi rahbari M.Sh. suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 208,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!