$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Dunyodagi birinchi kompyuter

13:25 / 11.12.2015

Mana yuz yildan ortiq vaqt o‘tibdiki, Nyu-Yorkdagm Markaziy vokzalning yerto‘lasida mahalliy ishchilar tarixdagi dastlabki kompyuter deb ataydigan “Westinghouse Electric” kompaniyasiga tegishli qurilma saqlanadi. 2013 yilda munitsipalitet u yerga ekskursiya uyushtira boshladi va ommaviy axborot vositalarida sirli kompyuter haqida bir qatr hikoyalar paydo bo‘ldi. Biroq bu qurilmaning qanday ishlashi haligacha noma'lum.

Westinghouse Electric” kompyuteri

Westinghouse Electric” kompaniyasi 1886 yilda injyener va tadbirkor, o‘zgaruvchan tokning kashfiyotchilaridan biri Jorj Vestingauz tomonidan tashkil etilgan. 1888 yilda Vestingauz Nikola Teslani maslahatchi sifatida ishga olgan va olimning o‘zgaruvchan tokka olgan patentini litsenziyalab, uni tijorat yo‘lida ishlatishga huquq olgan.

Nyu-Yorkdagi “Grand Central” nomi bilan ham tanilgan Markaziy vokzal 1913 yilda ochilgan. Stansiya ochilganidan yuz yil o‘tgach Nyu-York munitsipal injyenerlari birlashmasi maxfiy yerto‘laga ekskursiya uyushtira boshladi.

Grand Central” bo‘ylab sayohatlarni tarixchi, “Metropolitan Transportation Authority” transport kompaniyasi xodimi Deniel Bruker olib boradi. Uning “Westinghouse Electric” kompyuteri haqidagi videohikoyasi 2013 yilda paydo bo‘lgan, 2015 yilning avgustida “Business Insider” u haqda to‘laroq hikoya qildi, oktyabrning o‘rtalarida esa “The Gothamist” nashri batafsil ma'lumotni chop etdi.

Deniel Bruker.  

Tarixchining hikoyasiga ko‘ra, 1913 yilda Nyu-York Markaziy vokzali uchun maxsus tayyorlangan “Westinghouse Electric” kompaniyasi qurilmasi «dunyodagi eng-eng birinchi elektron kompyuter» bo‘lgan. Brukerning aytishicha, «Apple dohiylari» har yili yerosti muzeyiga kelishadi va bu kompyuterga hurmat bajo keltirishadi.

1913 yilda qurilmadan tunnellardagi to‘xtab qolgan poyezdlarni topish uchun foydalanilgan, deydi tarixchi. Avariya holati yuz berganida mexanik oynadan qo‘lini chiqarib tunnel devori bo‘ylab tortilgan simni qimirlatgan. Bu qurilmaga qaysi yo‘lda nosozlik yuz bergani haqida signal bergan, shundan so‘ng kompyuter poyezdning aniq joylashgan joyini aniqlab bergan va uni qog‘ozga chop etgan, deydi Bruker.

Kompyuter qanday tarzda ishlashini Bruker batafsil aytib berolmaydi va manbalarda ham bu haqda hech qanday ma'lumot yo‘q. Masalan, u hatto dastlabki lampali kompyuterlar ro‘yxatiga ham kiritilmagan: eng birinchi bunday qurilma sifatida 1942 yilda yaratilgan Atanasov-Berri kompyuteri e'tirof etilgan.

Tarixchining aytishicha, Markaziy vokzaldagi yerto‘lada joylashgan bu qurilma haqida 1980-yillargacha sir tutilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida nemis josuslari qurilmani yo‘q qilish uchun suvosti kemasida Nyu-Yorkka kelishgan, biroq qo‘lga tushib qolishgan.

1922 yilga kelib radialoqaning ommalashishi bois tizim eskirgan va metropoliten bu qurilmadan foydalanishni to‘xtatgan. Ammo xodimlar kompyuterni qanday holatda bo‘lsa o‘shandayligicha saqlab qo‘yishgan.

 

Vestingauz 1914 yilning boshida vafot etgan, lekin uning kompaniyasi faoliyat ko‘rsatishda va rivojlanishda davom etgan. Yadro energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq biznesining bir qismi 1996 yilda Britaniyaning “BNFL” kompaniyasiga sotilgan, kompaniya esa 2006 yilda uni Yaponiyaning “Toshiba” kompaniyasiga sotgan. 2014 yilga kelib, “Westinghouse Electric” jahondagi tijorat energobloklari bozorining yarmini egalladi va yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi.


Bu ham qiziq

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!