$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

“Daraxtlar kesilishini aholining o‘zi so‘ragan” – Zangiotada kesilayotgan daraxtlar yuzasidan izoh olindi

17:27 / 03.06.2020

Tahririyatimizga Toshkent viloyati Zangiota tumanidan murojaat kelib tushdi. Unda bayon etilishicha, tumandagi “Fayz” MFYda ikki kundan beri daraxt kesish avjiga chiqqan. 

“Kechaning o‘zida 7-8 ta daraxtni kesib tashlashdi.  Mahalla raisidan so‘rasam, chirigan daraxtlar kesilyapti. Ularning ham 6-7 metr qoldirib faqat tepasidan kesishadi deydi. Lekin bular bir boshidan, chirigan chirimaganiga qaramasdan kesishyapti. Bugun ertalab ham bitta daraxt kesishdi. U ham mutlaqo chirimagan edi. Mana hozir ham kesishmoqchi bo‘lib turibdi. Bunisini tagidan kesishmoqchi” deydi ismi ochiqlanishini istamagan fuqaro.

Xabardor.uz holatni o‘rganish va vaziyatga izoh so‘rash maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zangiota tumani kengashi raisi Komiljon Abdumannopov bilan bog‘landi. Uning aytishiga qaraganda, bu daraxtlarni kesishga viloyat Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasidan ruxsat olingan. Faqat 2 ta daraxt kesilgan qolgani esa butalmoqda. Daraxtlar kesilishini esa aholining o‘zlari so‘rashgan. Sababi shamolda daraxt shoxlari derazalarga urilib, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan ekan.

“Mahalla raisi o‘zi bizga murojaat qilgandi. Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdik. Yagona darchadan o‘tkazdik. Keyin viloyat Ekologiya boshqarmasiga kelishdi. Daraxt kesilishiga viloyat ruxsat berdi. Bu bo‘yicha protokol mavjud. Bu daraxtlarning faqat ikkitasi tagi bilan kesilyapti. Chunki bu daraxtlarni zararkunandalar zararlagani, chiriganligi aniqlangan. Tumanda 2 nafar ekologiya bo‘limi xodimi tepasida turibdi. Faqat ruxsat berilgan daraxtlar kesilyapti. Mahalla raisi o‘zi ham o‘sha yerda” deydi K. Abdumannopov. 

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tegishli xulosasiga ko‘ra, ekspertlar tomonidan joyga chiqib o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida 2 tup zararkunandalar ta’sirida zararlanib qurigan hamda 60 tup sog‘lom o‘sish holatidagi, shoxlari tarvaqaylab o‘sgan chinor daraxtlari mavjudligi ma’lum bo‘lgan. 

Erali NORBEKOV


Bu ham qiziq

Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bu haqda tegishli kelishuv imzolandi
21:22 / 02.08.2025
“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Qulaylik maqsadida esa mazkur vokzalgacha jamoat transporti qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.
09:24 / 03.08.2025
Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Hukumatning 2-avgustdan kuchga kirgan “Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarg…
14:30 / 03.08.2025
AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025
4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025
Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Shuningdek, xabarda avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkinligi bildirilgan.
12:43 / 03.08.2025
Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Yillik gaz yetkazib berish hajmi 1,2 milliard kub metr gazni tashkil qilishi bildirildi.
16:32 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!