Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi va Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan, joriy yil 6-dekabr kuni Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan, jami 12 ming 50 kuti yoki 732 ming dona noqonuniy pirotexnika vositalari va turli hajmdagi 556 dona salyutlar aniqlanib, ushlandi.
Bu haqida ma'lum qilgan Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati mutaxassisi Oxunjon Mustafoyevga ko‘ra, uning taxminiy bahosi 100 million so‘mga teng.
Xususan, “O‘sh-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, “Hyundai” rusumli yuk avtomashinasining yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz jami 5 ming quti yoki 300 ming dona “Mikki-Maus” nomli taxminiy bahosi 40 million so‘mlik, pirotexnika vositasi hamda 21 dona televizor, 5 litrli 20 dona polietilen idishlarda suyuqlik moddasi, 3 dona polietilen qoplarda noma’lum kukunlar borligi aniqlangan.
Shu kuni, maskan orqali o‘tayotgan Toshkent shahar, Olmazor tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan M.Shukirov boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli d/r 60 Q 770 KA bo‘lgan avtomashinasining yukxonasida ham Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan, D.Xasanovga tegishli bo‘lgan jami 144 blok turli hajmdagi salyutlar hamda jami 48 blok “Britanik” nomli taxminiy bahosi 13 million 948 ming so‘m bo‘lgan pirotexnik vositalari borligi aniqlangan.
Shuningdek, maskandan soat 20.45 larda “Qo‘qon-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani “Qum” qishlog‘ida yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan A. Xasanov boshqaruvidagi d/r 40 T 696 QA bo‘lgan “Kia Bongo” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning yukxonasidan 7 ming 200 kuti yoki 432 ming dona “Treniya” nomli taxminiy bahosi 57 million 600 ming so‘m bo‘lgan noqonuniy pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, yuqorida keltirib o‘tilgan holatlar yuzasidan IIBB tomonidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!