Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish jarayoni haqida ma’lumot berdi.
“Bugun 25 saylov okrugidagi 1730 saylov uchastkasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun takroriy ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu okruglardagi saylovchilarning umumiy soni 3 mln 148 ming 921 kishini tashkil etadi”, dedi brifingda M. Abdusalomov.
Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi:
• 95 saylov okrugidagi 1104;
• xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrugida 587;
• saylov okrugidagi 1117 saylov uchastkasida ham takroriy ovoz berish o‘tkazilmoqda.
Ushbu saylov uchastkalari bilan qo‘shib hisoblaganda, takroriy ovoz berish jarayonlarida jami 5 mln.ga yaqin saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘atmiz, 2019-yil 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovning birinchi tur yakunlariga ko‘ra, 125 deputatlik o‘rnidan:
• 42 nafari Liberal-demokratik partiyasi;
• 34 nafari “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi;
• 20 nafari “Adolat” sotsial-demoratik partiyasi;
• 18 nafari Xalq demokratik partiyasi;
• 11 nafari Ekologik partiyasi vakillari saylangan.
Bugungi takroriy ovoz berishda deputatlik o‘rni uchun:
• Liberal-demokratik partiyasidan 15;
• “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 11;
• “Adolat” sotsial-demoratik partiyasidan 10;
• Xalq demokratik partiyasidan 9;
• Ekologik partiyasidan 5 nafar nomzod kurashmoqda.
Ularning 18 nafarini ayollar tashkil etadi.
Xabardor.uz
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!