$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
33° Kechasi 18°

“Qancha oylik olishni istayapsiz?”: nega suhbatda aynan shu savol beriladi?

13:21 / 26.03.2020

Ishga kirish uchun suhbatda doim bir savol ustunlik qiladi: qancha oylik olishni istaysiz? Bu so‘roq “Bundan oldin qayerlarda ishlagansiz?” yoki “Ish tajribangiz qanday?” kabi oddiy savol bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo bu savol turi har ikki tomonni birdek o‘ylantirib qo‘yadi. Ko‘pincha, bu savolning asosiy inisiatori ish beruvchi hisoblanadi.

Unga qanday javob berilsa, nomzod yangi ishga qabul qilinadi? Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, deb katta oylik olish haqida gapirib yuborilsa, ish beruvchining bunga fikri qanday kechadi? Moliyaviy konsultant Melissa Fipps bu boradagi savolga qanday to‘g‘ri javob berishga aloqador tavsiyalarini beradi. Umuman ish beruvchi bilan masalaning moliyaviy tomonlarini qanday muhokama qilish borasida gapiradi...

Aslida, ish beruvchi nimalar haqida bilishni istaydi?
Suhbatda oylik maosh haqida so‘rashga asosiy ikki omil sababchi bo‘ladi: ish beruvchi bunday “qimmat” xodimni ishlatish sharoitiga egami va ikkinchisi, nomzodning o‘zi o‘ziga qanday baho bera oladi? “Masalaning ushbu ikki tomonini yaxshilab o‘rganib chiqib, berishingiz kerak bo‘lgan javobga oldindan tayyorlaning. Bu orqali siz tajribali va kerakli mutaxassis ekanligingizga ishora qilgan ham bo‘lasiz”, deydi Fipps.
 
Nima uchun bu savolga javob berish qiyin?

Image result for suhbat ishga

Bu savolning eng qiyin tomoni shundaki, unga to‘g‘ri keluvchi to‘g‘ri javobning o‘zi yo‘q. Siz ish beruvchi ko‘ziga yomon ko‘rinmay, deb kam oylik ish haqiga rozi bo‘lishingizni bildirishingiz mumkin. Ammo bu bilan siz o‘z tajribasiga va mahoratiga ishonmaydigan xodimga aylanib qolasiz. Yoki aksincha, katta oylik so‘rab yuborish orqali siz ish beruvchini qochirib yuborasiz.

“Bundan tashqari, o‘zingiz istayotgan oylik miqdori sizga nimalar keltirishini bilmasligingiz sabab uning miqdorini aniq ayta olmaysiz”, deb izohlaydi mutaxassisning o‘zi. Nomzod o‘z mahoratiga va ish tajribasiga ishonsa, u istagan miqdorni xotirjam ko‘rinishda oshkor eta oladi. Buning uchun esa o‘zingizga ishonishingiz kerak bo‘ladi, deydi Fipps.
 
Nimani gapirish kerak?
Rezyumening qancha oylik olishni istaysiz, degan bo‘limini istasangiz, bo‘sh qoldiring. To‘g‘ri, bu sizni e’tiborsiz yoki itoatsiz qilib ko‘rsatadi. Biroq bu bir tomondan sizni suhbatga chaqirishga sababchi bo‘ladi. Ayrim ish beruvchilar nomzodning ko‘rsatgan raqamlariga qarab uni inkor qilib yuborishadi. Suhbatga chaqirsangiz, o‘z istaklaringiz haqida ish beruvchi bilan yuzma-yuz gaplasha olishingiz mumkin...

Image result for suhbat

Bir raqamga yopishib olish
Ayrimlar aynan ma’lum bir oylik miqdoriga mixlanib qolishadi va ish beruvchi bilan bu borada hech ham kelishishni istamaydi. Bu odat Fippsning fikricha, noto‘g‘ri! Oylik maosh haqida gapirilganda doim taxminiy raqamlarga yaqin miqdor aytilishi kerak. “Agar bu ish haqiqatdan ham menga to‘g‘ri kelsa, o‘ylaymanki, oylik maosh borasida foydali bir to‘xtamga kela olamiz”, kabi jumlalar ish beruvchida faqatgina ijobiy fikr qoldiradi.
 
O‘z tajribangizni ko‘rsata oling
Yaxshi ishga ega bo‘lish uchun, yaxshi tajribaga ega bo‘lish zarur. “O‘z tajribamdan kelib chiqib men ... so‘mdan ... so‘m orasida oylik olishni istar edim...”ga tayanish juda yaxshi! Asossiz katta oylik talab qilish, albatta, xunuk ko‘rinadi.

Image result for suhbat ishga

Kelishishga doim tayyor bo‘ling
“Ayrim nomzodlar ishga qabul qilinmaslikdan cho‘chib katta oylik so‘rashdan cho‘chishadi”, deydi Fipps. Suhbat vaqtida oylik ish haqini tayinlash borasida sizning fikringiz so‘ralsa, undan doim unumli foydalanib qolish kerak. Bu masala yechimi sizning foydangizga bo‘lishining ehtimolini oshiradi...


Bu ham qiziq

Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Unian nashrining ma’lum qilishicha, josuslik dasturi allaqachon 100 dan ortiq mamlakatda aniqlangan.
11:03 / 03.05.2025
Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu yer silkinishi magnitudasi 6 ga teng edi. Bu haqda Yevropa o‘rta yer dengizi…
20:18 / 03.05.2025
Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
15:11 / 03.05.2025
O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

“Chegara bilmas muxbirlar” matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi. Tarixda ilk bor dunyodagi matbuot erkinligi holati “og‘i…
16:02 / 02.05.2025
Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Ekologiya vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan o‘rmonlar barpo etish, qayta tiklash va o‘rmon yong‘inlariga …
12:24 / 02.05.2025
Toshkentda Orlando yonib ketdi

Toshkentda Orlando yonib ketdi

Bugun, 3-may kuni soat 11:52 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida Orlando rusumli avtomobilda yong‘in …
12:52 / 03.05.2025
O‘zbekistonliklarning Rossiya safida urushda qatnashgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

O‘zbekistonliklarning Rossiya safida urushda qatnashgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burxonovning ma’lum qilishicha, Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolab, Ukrai…
10:31 / 03.05.2025
4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
22:10 / 03.05.2025
Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Nyu-Yorkdagi “Times Square” arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
12:28 / 03.05.2025
Yashnobod tumanida BYD piyodani urib yubordi

Yashnobod tumanida BYD piyodani urib yubordi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
18:33 / 02.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!