Buxoro viloyatining turistik salohiyatini keng namoyish etish va targ‘ib qilish maqsadida 27-28-sentyabr kunlari “Info-Tour” tashkil etilishi rejalashtirilgan.
“Info-Tour” ishtirokchilarini bugun, 26-sentyabr kuni, kechki soat 22:00 da Karvon avto shoh bekatidan kutib olinadi.
27-sentyabr tadbirning ilk kunida mehmonlar:
– “Poykent” arxeolik yodgorligi;
– “Bukhara Tower” suv minorasi;
– “Aziya” mehmonxonasida turistik korxonalar bilan V2V uchrashuv;
– “Toqi Zargaron”dan “Ark” qo‘rg‘onigacha bo‘lgan hududda “Xalqaro turizm kuni”ga bag‘ishlangan bayramona faxriy karvon yurishi;
– “Ark” qo‘rg‘oni oldida tantanali bayram dasturi;
– “Shoxrud” AJ digustasiya markazi
– “VVS” korxonasining faoliyati va ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishib, kun yakunida esa “Ipak yo‘li” restoranida turizm kuniga bag‘ishlangan madaniy bayram dasturi bilan tadbirning birinchi kuniga yakun yasaladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!