Saudiya Arabistonida "bir ko‘rishda sevish" - odat. Bu u yerda islom arkonlari hukmron ekani bilan bog‘liq. Ya'ni, turmush o‘rtog‘ingizni nikohdan keyin ko‘rasiz.
Madinalik otboqar bu odatni unchalik xushlamaydi chog‘i, qallig‘ini bir ko‘rishda rad etdi. Bu haqda "Okaz" nashri xabar bermoqda. Ma'lum bo‘lishicha, otboqar nikoh o‘qilishidan oldin qallig‘iga ko‘zi tushadi va unga uylanishdan bosh tortadi. "U mening orzuimdagi ayol emas", deb qahramonimizning so‘zlaridan iqtibos keltiradi manba.
Shunday qilib, barcha mehmonlar ko‘z o‘ngida to‘y bekor bo‘ladi va marosim kelin uchun ko‘z yoshlarga to‘la azaga aylanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!