$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
36° Kechasi 21°

Qrimda g‘ayrioddiy rangli mutant daraxt aniqlandi  

14:35 / 26.10.2019

Необычная мутация айланта высочайшего

Dunyoda yagona g‘ayrioddiy rangli mutant daraxtning namunasi  Qrim federal universitetining Tibbiyot akademiyasi parkida mavjud, deya yozadi Ria Novosti.

QFU biokimyo kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Konstantin Efetov botanik Andrey Ena bilan birgalikda ilgari hech qachon uchramagan o‘simlikning yangi genetik navini aniqlashdi. Unga “Albina” deb nom qo‘yishdi va AQShdagi butunjahon navlari ma’lumotlar bazasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuborishdi.

1751-yilda Xitoydan Rossiyaga daraxtning Ailant turi keltirilgandi. Bu dekorativ daraxt juda tez o‘sadi, balandligi 10-15 metrga yetadi va chiroyli bo‘lib savlat to‘kib turadi. Yaqin vaqtgacha uning faqat uchta navi ma’lum edi.

Simferopolda topilgan daraxt hali yosh, balandligi bir metrdan oshmaydi. Barglari oq naqshlar bilan ajralib turadi. Aynan mana shu o‘simlik Ailantning mutantidir. Bunday mutatsiya ilgari ma’lum emas edi, shuning uchun olimlar uning o‘ziga xos xususiyatlarini bir yil davomida o‘rganishdi.

“Bu nasldan naslga o‘tuvchi irsiy kasallikmi yoki yo‘qmi, buni aniqlash kerak edi. Buning uchun o‘simlik bir yil davomida o‘rganildi. Oq rangda turgan barglari bahorda yana o‘sha rangda paydo bo‘ldi. Shunday qilib, uning genetik mutatsiya ekanligi tasdiqlandi”, – deya Konstantin Efetov Ria Novosti agentligiga ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, mutatsiyaning sababi ekologiya va u yangi, chiroyli dekorativ shaklning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
“Yangi navning ranglari juda g‘ayrioddiy. To‘q yashildan tortib to oqqacha barcha mumkin bo‘lgan o‘tishlar mavjud, deydi professor Andrey Ena.

Olimlar du daraxt yangi navning ajdodiga aylanishiga umid qilishmoqda. Daraxtga “Albina” nomi qo‘yilishiga kelsak, u  lotincha “albus” so‘zidan olingan bo‘lib, “oq” degan ma’noni anglatadi.


Bu ham qiziq

Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Rossiyaga bormang, aziz vatandoshlar!”

Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Rossiyaga bormang, aziz vatandoshlar!”

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Osiyodan borgan mehnat muhojirlari Rossiyada tahqirlangani aks etgan lavhalar keng tar…
15:55 / 10.06.2025
Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risi…
15:42 / 12.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
11:19 / 12.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Nizom Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbat…
13:13 / 11.06.2025
Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
14:43 / 12.06.2025
AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

“Demokratik partiyaga yaqin bo‘lgan 100 dan ortiq tashkilotlar 14-iyun kuni, ya’ni Trampning tug‘ilgan kunida, butun AQSh bo…
17:22 / 11.06.2025
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025
AQSh Xitoy bilan noyob metallar bo‘yicha bitim tuzdi

AQSh Xitoy bilan noyob metallar bo‘yicha bitim tuzdi

AFP agentligining qayd etishicha, mazkur kelishuv ikki iqtisodiy kuchli davlatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlaridagi tarang…
12:38 / 12.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!