$
12593.77 UZS
90.78
158.49 UZS
2.55
14698.19 UZS
213.48
38° Kechasi 25°

IIV: Endi “zona”dagi xodimlar faoliyati ham mobil kameradan kuzatuvga olinadi

12:20 / 28.12.2019

Jinoiy va ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilish holatlari hamda ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul xizmati, patrul-post xizmati, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jazoni ijro etish bo‘linmalari xodimlarining harakatlarini qayd etuvchi texnik vositalardan foydalanish tartibi belgilandi.

2019-yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 444-son “Jinoiy va ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilish holatlari hamda o‘z zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlarini qayd etuvchi texnik vositalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur buyruq bilan IIO xodimlari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, profilaktik tadbirlarni o‘tkazishda, shuningdek patrul avtomobillari, “Mobil markazlar”, maxsus avtotransport vositalari va maxsus vagonlar mobil videoregistratorlar bilan ta’minlanadi.

IIOning navbatchilik qismlari qoshida Monitoring guruhi tashkil qilinadi va tezkor xizmat faoliyatida bevosita IIO navbatchilik qismi boshlig‘i va smena boshlig‘i (katta inspektor-navbatchi)ga bo‘ysunadi.

Monitoring guruhi mobil videokameralarni real vaqt rejimida kuzatib borish orqali IIO yo‘l-patrul va patrul-post xizmati, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jazoni ijro etish bo‘linmalari xodimlarining xizmat vaqti va joyidagi harakatlari (harakatsizligi)ni, shuningdek jamoat joylarida fuqaro va shaxslarni yurish-turishlarida jinoiy yoki ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud holatlarni yoxud tezkor vaziyatni salbiy o‘zgarishiga olib keluvchi nostandart va shoshilinch vaziyatlarni aniqlash yoki videotahlil bergan ma’lumotlarni o‘rganib, ularga nisbatan zudlikda tegishli chora ko‘rish, og‘ir oqibatlarning oldini olish va tizimdagi nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda mazkur Yo‘riqnoma bilan belgilangan boshqa axborot-tahlil va hisobot yuritish kabi vazifalarni bajarish maqsadida faoliyat yuritadi.


Bu ham qiziq

Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda …
15:28 / 09.08.2025
AQSh Nikolas Maduro uchun 50 million dollar mukofot puli e’lon qildi

AQSh Nikolas Maduro uchun 50 million dollar mukofot puli e’lon qildi

Qo‘shma Shtatlar Venesuela prezidentini mamlakat uchun katta tahdid deya baholagan
22:09 / 08.08.2025
Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Shu haqidagi xabarlarga bank matbuot xizmati izoh berdi.
12:39 / 10.08.2025
G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

Uning ustiga insonparvarlik yordami yuklangan konteyner tushib ketgan.
11:58 / 10.08.2025
“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

Fransiya Prezidenti bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
22:05 / 09.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

O‘tgan hafta Putin bunday uchrashuvni izohlar ekan, hozircha Ukraina prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvi uchun “sharoitlar” …
10:59 / 10.08.2025
Rossiyada soda zavodi portladi

Rossiyada soda zavodi portladi

Hozirda voqea joyida tezkor xizmatlar va prokuratura ish olib borayotgani bildirilgan.
16:28 / 09.08.2025
Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Umuman olganda, 9-avgust kuni “Palestine Action” harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun shu kungacha bo‘lgan eng yirik mitingda…
10:12 / 10.08.2025
Oxirgi ikki yilda Toshkentda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 trillion 800 milliard so‘m yo‘naltirilgan

Oxirgi ikki yilda Toshkentda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 trillion 800 milliard so‘m yo‘naltirilgan

Energiya ta’minotini yaxshilash rejalari bo‘yicha axborot berildi
22:45 / 08.08.2025
Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Erkak pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
23:06 / 09.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!