$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

To’g’ri ovqatlanish sizningcha, qanday bo’lishi kerak?

10:57 / 22.03.2020

To‘g‘ri ovqatlanish haqida hamma turlicha fikr yuritadi: birovlar oqsilga boy mahsulotlarni ko‘proq yeyish kerakligini to‘g‘ri ovqatlanish, deb hisoblasa, yana kimdir kuniga 4-5 mahal ovqatlanishni to‘g‘ri, deb qaraydi. Xo‘sh, aslida to‘g‘ri ovqatlanishning o‘zi nima?

To‘g‘ri ovqatlanish — organizmning kundalik yeyilayotgan mahsulotlardan o‘ziga kerakli moddalarni me’yordan ko‘p ham emas, oz ham emas, ya’ni kerakli miqdorda qabul qilishidir. Kerakli moddalar deganda, oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, vitamin va hokozalar nazarda tutiladi.

50+25+25 formulasi

Amerikalik dietolog Robert Xaasning ta’kidlashicha, har bir inson 50+25+25 formulasiga amal qilib ovqatlanishi kerak. Bunda 50 foiz — uglevodlarni, 25 foiz oqsillarni, yana 25 foizi esa yog‘larni tashkil etishi kerakligi ko‘zda tutiladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, nima uchun uglevodlar 50 foizni tashkil etishi kerak?

Inson ichki a’zolari faoliyati, tana harorati ko‘tarilishi va mushaklar harakatlanishi uchun quvvat kerak bo‘ladi. Har bir inson sutkasiga 2500 kkal quvvat qabul qiladi. Masalan, bo‘y uzunligi 170 sm, tana vazni esa 90 kg bo‘lgan inson kuniga 3500 kkal quvvat sarflaydi. Sport bilan shug‘ullanmaydigan uchun esa 2000 kkalning o‘zi yetarli.

Uglevodlar esa tanamizni mazkur quvvat bilan ta’minlaydi. Ko‘p uglevod yesak, semirib ketamiz-ku, deydiganlar ham bordir? Ortiqcha vazn yig‘ilishini istamasangiz, har kuni bir xil vaqtda ovqatlanish tavsiya etiladi. Shifokor-dietolog Ketlin M. Zelman aytganidek, nonushtani hech qachon o‘tkazib yubormang. Chunki aynan nonushta inson kun boshida qabul qilishi shart bo‘lgan muhim mahsulotlarni o‘zida jamlaydi, agar to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa, albatta.

Har xillikni unutmang

Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish turli-tuman mahsulotlardan tashkil topishi kerak. Chunki organizmda har bir elementning o‘z vazifasi bor: oqsillar organizmning qurilish xomashyosi bo‘lmish aminokislotalarga aylanadi, yog‘ kislotalari yurak, kletchatkalar esa ichaklar faoliyati uchun talab etiladi. Och qolmay turib to‘g‘ri ovqatlanish mumkinmi? Albatta, mumkin! Axir to‘g‘ri ovqatlanish och qolish yoki parhez emas. Ochlik hissi odatda, yetarli kaloriyaga ega mahsulotlarni iste’mol qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Agar kaloriyali ovqatlar iste’mol qilinsa, insonda ochlik hissi paydo bo‘lmaydi.  

To‘g‘ri ovqatlanish bilan perhezni chalkashtirmang. Parhez bu vaqtinchalik rioya qilinishi kerak bo‘lgan tartib hisoblanadi. Qolaversa, noto‘g‘ri tutilgan parhez inson salomatligiga jiddiy zarba berishi ham mumkin. To‘g‘ri ovqatlanish esa parhezdan farqli o‘laroq vaqtinchalik holat emas, balki har bir inson rioya qilishi shart bo‘lgan umumiy tartiblardir.

Demak, to‘g‘ri ovqatlanish qimmat turadi...

Image result for правильное питание стоит дорого ...

Bunga ha deb ham, yo‘q deb ham javob berish mumkin. Chunki fast-fud, yarima tayyor mahsulotlar arzon, lekin turgan bitgani zarar. Baliq, go‘sht, meva-sabzavotlar foydali, lekin sal qimmat. Biroq inson to‘g‘ri ovqatlanishga ko‘proq mablag‘ sarflasa, to‘g‘ri yashay boshlaydi, tamakiga yoki spirtli ichimliklarga ortiqcha pul sarflagisi kelmaydi. Zararli odatlar o‘z-o‘zidan yo‘qola boshlaydi.  

Bir umr to‘g‘ri ovqatlanib yurish kerak

Sog‘lom hayot tarzini va ovqatlanish tartibiga amal qilishni ertadan emas, aynan bugundan, shu maqolani o‘qib tugatgan daqiqangizdan boshlang. Bu katta mashaqqat talab qilmaydi, oddiy qoidalardan boshlasangiz ham bo‘laveradi: masalan, choyga solinadigan shakar miqdorini kamaytirishdan. Me’yoriy shakar miqdori kuniga 30 grammdan oshmasligi kerak. Pechenye, shokolad kabi tamaddilarni quruq mevalar, gazli ichimliklar o‘rnini esa oddiy suv bilan almashtirishingiz mumkin. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, inson haftasiga hech bo‘lmasa 150 daqiqani yurish kabi jismoniy harakatlarga ajrata olsa, bu ham to‘g‘ri kun tartibini boshlashga yordam berar ekan. Agar to‘g‘ri ovqatlansangiz, bugungi 1-2 bo‘lak pirogdan qo‘rqmasangiz ham bo‘laveradi.     

Nargiza Utepova tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

Unda 823 ta mahallaga tanaffus berildi.
09:19 / 15.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!