$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Hayotda kerak bo‘ladigan odob-axloq qoidalari

09:49 / 27.10.2015

Etiket qoidalarini bilish o‘zingiz haqingizda yaxshi taassurot uyg‘otishga yordam beradi. O‘zingiz yolg‘iz bo‘lganingizda yoki yaqin do‘stingiz bilan birga bo‘lsangiz, albatta, qat'iy qoidalarga rioya qilishingiz shart emas, lekin shunday vaziyatlar bo‘ladiki, bunda etiketni bilish talab qilinadi.

 

Restoranda

Erkak kishi eshikni ochadi va ayol kishini oldinga o‘tkazib yuboradi, so‘ngra unga paltosini yechishga yordamlashadi. Agar restoranda stolga buyurtma berilgan bo‘lsa, aynan erkak kishi stolning qayerdaligini aniqlashi va hamrohini u yerga olib borishi lozim.

O‘ta qattiq kulish, baland ovozda gaplashish, atrofdagilarga surbetlarcha tikilish aslo mumkin emas.

Oltin qoida: restoranga kim taklif qilsa, pulni ham u to‘laydi. Lekin stolga oldindan buyurtma berilmagan bo‘lsa va “Balki ovqatlanarmiz?” degan taklif tushsa, u holda har kim o‘zi uchun to‘laydi. Shunday ekan, hamyonga qarab ish tutish va ofitsiantga  alohida hisob-kitob qilish lozimligini oldindan aytib qo‘yish kerak. 

Agar mehmoningiz hisobni o‘zi to‘lamoqchi bo‘lsa, u bilan hadeb bahslashish va unga pul suqish shart emas. Qoidaga ko‘ra uning fikrini hurmat qilish lozim.

 

Stol atrofida

Stol ustiga telefoningizni qo‘ymang! Birinchidan, bu madaniyatsizlik sanaladi. Ikkinchidan, boshqalar xotirjam ovqatlanish uchun kelishadi, sizning telefondagi suhbatingizni eshitish uchun emas.

Har qanday uchrashuvga vaqtida kelishingiz shart. Kech qolganingiz haqida turli bahonalarni ko‘rsatishingiz odobdan bo‘lmaydi. Ko‘pi bilan 15 daqiqa kech qolish mumkin, agar bundan ham kech qolsangiz, qo‘ng‘iroq qilib kech qolayotganingiz sababini tushuntirishingiz kerak. Agar uchrashuvdan oldinroq kech qolishingiz aniq bo‘lsa, so‘nggi daqiqalargacha cho‘zmasdan oldinroq bu haqda aytib qo‘ying.

 

Suhbat

Tarbiyali kishi boshqalarga shaxsiy ishlari, ishdagi munosabatlari, farzandlari, sog‘ligi, odatlari va didi haqida gapirmaydi. 

Madaniyatli kishi tanish-bilishlari haqida ham gapirmaydi. Boshqacha aytganda, g‘iybat qilmaydi.

Tinglashni ham bilish lozim. Bu jim o‘tirish kerak degani emas. Suhbatdoshingizga uning so‘zlarini diqqat bilan tinglayotganingizni ko‘rsating va vaqti-vaqti bilan uning fikriga munosabatingizni bildirib turing.

 

Mehmonda

Kech qolish haqida gapirdik, lekin mehmonga aytilgan vaqtdan erta kelish ham noto‘g‘ri. Biz uy egalarining stollarni siljitishayotgani yoki ovqat tayyorlashayotgani ustiga kelib qolishimiz mumkin.

Bolalarni faqat o‘zingiz bilan olib kelishni taklif qilishganidagina olib borgan ma'qul. Mehmonlar davrasida ularning e'tiborini farzandlaringizga qaratishdan qoching. Qoidaga ko‘ra, mehmonga qarindoshingiz yoki tanishingiz bilan kelishingiz mumkin, faqat bu haqda mezbonni oldindan ogohlantirib qo‘yishingiz darkor.

Taklif qilingan taomni rad etish yaxshi emas. Qat'iy parhezda bo‘lganlar imkoni bo‘lsa mehmonga bormaganlari ma'qul. Mabodo mehmondorchilikka borsa ham taklif qilingan taomdan oz miqdorda o‘ziga olishi lozim. 

 

Qo‘l berib ko‘rishish

Qoidaga ko‘ra, kelishuvga erishilganidan so‘ng tomonlar qo‘l berib ko‘rishishadi.

Notanish kishilar davrasida bo‘lsangiz, sizni atrofdagilarga tanishtirishayotganida qo‘l berib ko‘rishishingiz mumkin.

Ishga joylashayotganda bo‘lajak rahbar bilan qo‘l berib ko‘rishish tavsiya etiladi.

 

Eshik oldida

Eshikdan doimo mehmon birinchi kiradi. Agar mehmon erkak kishi bo‘lsa, ayol kishi birinchi kiradi. Hurmatli mehmonni bir nechta eshikdan iborat joyga olib borish lozim bo‘lsa, quyidagicha yo‘l tutiladi: eshikni ochib, mehmonni o‘tkazib yuboriladi, so‘ng undan ilgarilab keyingi eshik ochib turiladi.

Magazin yoki idora eshigi oldida chiqayotganlarni o‘tkazib yuboring, so‘ngra o‘zingiz kiring.

Agar ikki tavaqali eshik bo‘lsa, oldindagi ayol kishi eshikni ochadi, ortda turgan erkak kishi esa tutqichini ushlab turadi, ayol kishi ichkariga kirgach, uning ortidan erkak kishi kiradi.

 

Zina, eskalator, lift

Agarda zina qorong‘i yoki chiqish qiyin bo‘lsa, erkak kishi ayol kishidan oldinda yuradi. Boshqa vaziyatlarda zinada ayol kishi oldinda yuradi.

Liftda ayol kishi hamrohi bilan bo‘lmasa, kerakli tugmani o‘zi bosadi. Lift ichidagi erkak tugmalar paneliga yaqin turgan bo‘lsa, boshqalardan qaysi qavatga chiqishlarini so‘raydi va tugmani bosadi. Liftdan birinchi bo‘lib ayollar chiqishadi.

 

Jamoat transporti

Jamoat transportida keksalar yoki bolali ayollar tik turgan vaziyatda yoshlar o‘tirib ketishlari mutlaqo odobga to‘g‘ri kelmaydi.

Tarbiyali kishi yon-atrofida tik turgan ayol kishi yo‘q bo‘lsagina o‘rindiqqa o‘tirishi mumkin. Agarda transportga ayol kishi chiqib qolsa, darhol joy bo‘shatadi. 

Ayol kishi erkak kishiga hattoki uning yoshi katta bo‘lsa ham joy bo‘shatmaydi. Yoshroq ayol keksa qarindoshiga joy bo‘shatishi mumkin.

Agar ayol kishi erkak hamrohi bilan bo‘lsa, erkak kishi birinchi bo‘lib transportdan tushadi.

 

Magazinda

Magazinda savdo qilayotganingizda sotuvchini mayda-chuyda injiqliklar bilan yoki nimani sotib olishni bilmasdan uzoq o‘ylanib bezdirib yubormang.

Kassaga yaqinlashganingizda xaridingizga taxminan yaqin miqdordagi pulni tayyorlab oling.

Qaytimni sanashda sustkashlik qilmang. Bugungi hayot bizdan tezkorlik va aniqlikni talab qilmoqda.


Bu ham qiziq

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Yillik gaz yetkazib berish hajmi 1,2 milliard kub metr gazni tashkil qilishi bildirildi.
16:32 / 02.08.2025
Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Ma’lumotlarga ko‘ra “Mangal fest”da bir guruh fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
12:20 / 03.08.2025
O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

Birgina gilam savdosi bo‘yicha 2025-yilda qariyb 4 mln² gilam qo‘shni davlatga eksport qilingan
19:50 / 02.08.2025
Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotgan…
09:32 / 03.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

U sud qaroridan norozi ekanligini va apellyatsiya berishini ma’lum qildi
18:02 / 02.08.2025
“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

Kelajakda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi
20:42 / 02.08.2025
Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Shuningdek, xabarda avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkinligi bildirilgan.
12:43 / 03.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!