$
12653.48 UZS
-109.05
159.75 UZS
-2.91
14871.64 UZS
-106.47
40° Kechasi 26°

Markaziy isitish tizimi mavjud bo‘lmagan mamlakatlar

16:17 / 21.11.2019

Ma’lum bo‘lishicha, Yevropa va Osiyoning ba’zi mamlakatlarida markaziy isitish tizimi yo‘q va mahalliy aholi unga umuman ehtiyoj sezmaydi.

Buyuk Britaniya

Bu mamlakatda markaziy isitish tizimi mavjud emas. Uy va xonadonlarga o‘rnatilgan individual gaz ustunlari suv va batareyalarni isitadi. Egasining xohishiga qarab, batareyalarni yoqish va o‘chirish yoki quvvatni tejash mumkin.

Buyuk Britaniyada isitish jarayonlari kuniga bir necha soat davom etadi. Britaniyalik fiziologlar tomonidan ko‘rsatmalar jadvali tuzilgan. Unga ko‘ra, 21 darajadan yuqori – noqulaylik harorati, 24 darajadan yuqori – yurak xuruji xavfini oshiradigan harorat hisoblanadi. Qulaylikning pastki chegarasi 18 daraja bo‘lib, bu harorat qishda besh million britaniyaliklarning xonadonlarida saqlanadi. 

Aholiga issiqlik quvvatini tejash bo‘yicha maslahatlar beriladi. Masalan, kir yuvish mashinasini bekorga ishlatish mumkin emas. Kompyuterdan foydalanilmayotganda uni o‘chirib qo‘yish, telefon quvvatlagichlarni suqilgan holda qoldirmaslik, energiyani tejaydigan lampalardan foydalanish kerak.


Yaponiya

Markaziy isitish tizimi mamlakatning eng sovuq qismi bo‘lgan Xokkaydo prefekturasidagina mavjud. Yaponiya aholisining qolgan qismi isitish tizimlariga o‘zlari sharoit yaratadilar.

Yaponiyadagi zamonaviy uylarning aksariyati elektr konditsionerlari va moy, kerosin yoki gaz kabi har xil turdagi isitgichlar bilan jihozlangan. Sovuq mavsumda yaponiyaliklar issiq kiyimlardan yoki odatdagidan tashqari elektr choyshablardan foydalanishadi.

Yaponiyada elektr gilamlari juda mashhur. Bunday gilam elektr choyshabga o‘xshaydi. Foydalanuvchi o‘z talabiga ko‘ra isitish haroratini sozlashi mumkin.

An’anaviy isitish uchun ishlatiladigan yapon madaniyatining yana bir atributi – bu kotatsu hisoblanadi. U har bir yaponning uyida mavjud. Zamonaviy kotatsu – ost qismida isitish elementi o‘rnatilgan stoldir. U qadimgi Yaponiyada ham mavjud bo‘lgan, lekin biroz boshqacharoq ko‘rinishga ega edi.

An’anaga ko‘ra, yapon oilalari kotatsu atrofida nafaqat kechki ovqat uchun, balki suhbatlar, stol o‘yinlari va televizor tomosha qilish uchun yig‘iladilar. Kotatsu – oilaning katta-yu kichik a’zolarini birlashtiradi, o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi. Shuning uchun ham yaponlar uni juda qadrlashadi.

Aytgancha, Yaponiya maktablarida ham markaziy isitish tizimlari yo‘q. Dam olish maskanlarida mahalliy isitish punktlari mavjud bo‘lib, tanaffus paytida bolalar qo‘llarini isitib olishlari mumkin.


Germaniya

Germaniyada ham markaziy isitish tizimlari yo‘q. Bu yerda hamma isitish tizimlari uchun o‘zi sharoit yaratadi. Xususiy uylarda isitish qozonxonalari, ko‘p qavatli uylarda esa batareyalar uchun suv isitadigan alohida gaz uskunalari mavjud.

Barcha batareyalarda maxsus hisoblagichlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular xonadagi haroratni boshqaradi va qancha gaz yoqilganini aniqlab beradi. Hatto, binolarning harorat rejimi bo‘yicha maxsus tavsiyalar mavjud. Zal uchun 20 daraja issiqlik, hammom uchun 22 daraja, yotoqxonalar uchun 16-18 daraja issiqlik yetarli bo‘ladi.

“Agar vaziyatlar imkon bersa, ya’ni yosh bola yo‘q bo‘lsa, haroratni pasaytiring. Xona ichidagi haroratni 1 darajaga tushirish orqali siz 6 foiz issiqlik energiyasini tejashingiz mumkin. Haroratni 24 dan 20 darajaga tushirish 24 foizgacha issiqlik tejashga imkon beradi”, – deyiladi tavsiyalarda.

Nemislar shaxsiy uylarni tobora ko‘proq isitish uchun biomassa, o‘tin, ishlov berilgan yog‘och moslamalari, issiqlik nasoslari va quyosh panellaridan foydalanishmoqda. Davlat ushbu tendensiyani qonuniy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Yaqinda Germaniyada yangi qonun kuchga kirdi, unga ko‘ra, iste’mol qilinadigan energiyaning bir qismini qayta tiklanadigan manbalardan olish talab etiladi. Turli xil davlat dasturlari tufayli atrof-muhit yoqilg‘isiga o‘tgan uy egalari yangi uskunalarni sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining 15 foizini qoplaydilar.

Fransiya

Fransiyada ham markaziy isitish tizimlari yo‘q.
Buning o‘rniga ikkita variant mavjud:

1.  Uyni umumiy isitish – bu markazlashtirilgan isitish usuli hisoblanadi. Bunda ko‘p qavatli uylar birdaniga isitiladi.

2. Shaxsiy isitish. Ya’ni uyni isitishda elektr yoki gazdan foydalaniladi.

Gaz isitgichlariga qaraganda elektr isitgichlar ko‘proq uchraydi. Ularning asosiy ustunligi: muntazam ravishda tekshirish va qo‘llab-quvvatlashni talab qilmaydi. Ulardan foydalanish elektr-energiyasining umumiy talablari asosida amalga oshiriladi.

Eski yoki endigina qurilgan uylarning issiqlik izolyatsiyasi bo‘yicha ishlarni olib boradigan barcha fransuzlar qonunga binoan, soliq deklaratsiyasiga mablag‘ kiritishlari mumkin.

Xuddi shu narsa turli xil energiya tejaydigan ekologik qulay uskunalarni – quyosh panellari, energiya samaradorligini oshiradigan isitgichlarni, ham gazni, ham elektr-energiyasini o‘rnatishda qo‘llaniladi. Fuqarolar ularni sotib olish uchun imtiyozli kredit olishadi.

Finlandiya

Yangi qurilayotgan Fin uylari Antey mifologiyasi kabi yerdan energiya oladi. Darhaqiqat, Finlandiyada 200 metr chuqurlikdagi harorat +10 darajaga yetishi mumkin. Fin jarliklari ulkan radiatorlarga o‘xshaydi: yozda ular issiqlik yig‘adi va qishda sarflaydi.

Fin uylarida maxsus issiqlik qurilmalari o‘rnatilgan. Bu, albatta, arzon emas, lekin 30 foiz va undan ortiq elektr energiyasini tejashga imkon beradi.

Kichik maydonli uylar uchun yerni burg‘ulash, yerdan issiqlik quvvatini olish shart emas, balki konditsionerdan foydalansa ham bo‘ladi. Bu hech qancha xarajat talab qilmaydi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston o‘tgan 6 oy ichida qancha shaftoli eksport qilgan?

O‘zbekiston o‘tgan 6 oy ichida qancha shaftoli eksport qilgan?

Asosiy xaridorlar MDH mamlakatlari bo‘lib qolmoqda
19:55 / 23.07.2025
24-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 23.07.2025
Foydali qazilmalarga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Foydali qazilmalarga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Hukumat qarori bilan “Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoni…
10:13 / 24.07.2025
Buxoroda ikki erkak tok urishidan vafot etdi

Buxoroda ikki erkak tok urishidan vafot etdi

Kun.uzning ma’lum qilishicha, Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Shayxoncha” mahallasida ikki nafar erkak elektr toki ur…
12:50 / 24.07.2025
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi

Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi

Payshanbaga o‘tar kechasi Tailand Kambodja bilan chegarani yopganini e’lon qildi.
11:57 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik shifokorlar Buyuk Britaniyaning tibbiyot sohasida ishga jalb etilishi mumkin

O‘zbekistonlik shifokorlar Buyuk Britaniyaning tibbiyot sohasida ishga jalb etilishi mumkin

Uels elchixonasi bilan bo‘lgan uchrashuvda ana shunday kelishuvga erishilganligi aytilmoqda
21:31 / 24.07.2025
Qabul-2025. Imtihonlar tugadi, navbat yo‘nalishlar tanlashga

Qabul-2025. Imtihonlar tugadi, navbat yo‘nalishlar tanlashga

Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda e’tibor berishi lozim bo‘lgan qanday jihatlar bor?
20:50 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni yanada oshiriladi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni yanada oshiriladi

Bu borada ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasida memorandumlar imzolandi
18:18 / 24.07.2025
“Zo‘ravonlik kattalarning ongli tanlovidir” – Shahnoza Mirziyoyeva

“Zo‘ravonlik kattalarning ongli tanlovidir” – Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ziyon yetkazgan shaxslar …
10:02 / 24.07.2025
25-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
21:58 / 24.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!