$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 24°

Uzbekistan Airways chiptalari narxi o‘rtacha 36 foizdan 148 foizgacha qimmatligi ma’lum qilindi

11:35 / 12.06.2021

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuborilgan Senator so‘roviga javob berildi.
 
Unga ko‘ra,  aviakassalarda “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda mavjud barcha tariflar haqidagi ma’lumotlar iste’molchilarga to‘liq yetkazilmagan.

Shuningdek, “Uzbekistan airways” AJ tomonidan Toshkent-Moskva bir tomonlama yo‘nalishda chiptalar “bagajsiz ekonom” sinfida 131 yevrodan 211 yevrogacha, “ekonom” sinfida 145 yevrodan 335 yevrogacha, “biznes” sinfida 642 yevrodan 862 yevrogacha etib belgilangan bo‘lsada, aviakompaniya tomonidan  arzon narxlardagi aviachiptalar sotuvga chiqarilmagan.

Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan mahalliy yo‘nalishlar uchun belgilangan narxlar boshqa davlatlardagi narxlardan qimmatligi, xususan, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan belgilangan narxlar xorijiy aviakompaniyalarning narxlaridan o‘rtacha 36 foizdan 148 foizgacha yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Misol uchun, Toshkent-Urganch (uchish vaqti 1 soat 15 minut) yo‘nalish bo‘yicha “bagajsiz ekonom” sinfidagi chipta narxi o‘rtacha 41 yevro etib belgilangan. Huddi shu xizmat Rossiya Federatsiyasida (Sankt-Peterburg-Moskva – yo‘nalishi 1 soat 30 minut) o‘rtacha 27 yevroni tashkil etadi (“Uzbekistan Airways”ning parvoz uchun belgilagan narxi 56 foizga qimmat). 

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning ushbu yo‘nalish bo‘yicha “Ekonom” sinfidagi aviachipta narxi Qozog‘istondagi aviakompaniyadagi narxlardan 40 foizga, Turkiyadagi aviakompaniya narxlaridan esa 146 foiz qimmat ekanligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Turkiya davlatidagi ichki yo‘nalishlari bo‘yicha “ekonom” sinfidagi tariflar O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan ichki “bagajsiz ekonom” tariflaridan o‘rtacha 42 foizga arzon ekanligi aniqlandi.

Aksilmonopoliya bu kabi aviatashish xizmatlari bozorida qimmat narxlarni ushlab turish sabablaridan biri sifatida raqobat muhiti rivojlanmaganligini ko‘rsatmoqda.

Qo‘mita misol sifatida, Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 7 marta muntazam reyslar mavjudligiga qaramay faqat 2 ta aviatashuvchi (“Uzbekistan Airways” va “Air Astana”), Toshkent – Moskva yo‘nalishida ham 2 ta aviakompaniya (“Uzbekistan Airways” va “Aeroflot”) to‘g‘ridan – to‘g‘ir parvozlarni amalga oshirib kelayotganini bildirgan.

“Mazkur yo‘nalishlarda raqobatning rivojlanmaganligi esa aviatashuvchi kompaniyalarning o‘zaro kelishib harakat qilishlariga zamin yaratadi”, – deyiladi Qo‘mita jajvobida.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan Transport vazirligiga bir qator takliflar yuborganini ma’lum qildi. Bildirilgan takliflarning ijro etilishi Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan.


Bu ham qiziq

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
17:45 / 17.07.2025
Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025
Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
10:51 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda yong‘in qurbonlari uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.
12:46 / 17.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025
Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025
O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

Bu haqda “Forbes” jurnalining maqolasida so‘z borgan
20:00 / 17.07.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!