Har kuni qandaydir mayda ko‘ngilsizlik yuz berishi mumkin. Zarur joyga bormoqchi bo‘lganingizda mashina yurmay qolishi, shoshib turganingizda barcha svetoforlarning qizil chirog‘iga duch kelishingiz mumkin. Bu nima, taqdir hazilimi yoki qandaydir qonuniyat?
Olimlar maishiy hayotimizda duch kelishimiz mumkin bo‘lgan antiqa qonuniyatlarni topishgan. Marhamat, ularning ayrimlari bilan tanishing.
1. Kan va Orben aksiomasi: “Agar hech narsa yordam bermayotgan bo‘lsa, foydalanish yo‘riqnomasini o‘qing!”
2. Ettorening kuzatishi: “Qo‘shni navbat hamisha tezroq oldinga siljiydi”.
3. Xleyd qonuniyati: “Murakkab vazifani bajarishni dangasa xodimga topshiring — u buning osonroq yo‘lini topadi”.
4. Fingeylning sakkizinchi qoidasi: “Jamoa bo‘lib ishlash judayam muhim. Bu aybni boshqa odamga ag‘darish imkonini beradi”.
5. J. B. Shou qonuniyati: “Qo‘lidan ish keladigan odam — ishlaydi. Qo‘lidan ish kelmaydigan odam — o‘rgatadi”.
6. Flag qonuniyati: “Yog‘ochni taqillatish zaruriyati tug‘ilgan paytda qarasangiz, atrofingiz faqat temir va plastikdan iborat bo‘ladi”.
7. Izlash qonuniyati: “Izlashni eng keraksiz deb hisoblangan joydan boshlash kerak”.
8. Meskimen qonuniyati: “Ishni ko‘ngildagidek bajarishga doim vaqt yetmaydi, uni qaytadan bajarishga esa vaqt topiladi”.
9. Van Roy qonuniyati: “Sinmaydigan o‘yinchoqdan sinadigan o‘yinchoqlarni sindirishda foydalaniladi”.
10. Loyihani bajarish muddati qoidasi: “Ishning dastlabki 90 foizi 10 foiz vaqtni oladi, qolgan 10 foiz ish esa 90 foiz vaqtni oladi”.
11. Uotergeygeyt prinsipi: “Hukumatdagi korrupsiya haqida doimo o‘tgan zamonda gapiriladi”.
12. Neysdr qonuniyati: “Ahmoqdan himoyalanish mumkin, agarda u ixtirochi bo‘lmasa”.
13. Yang qonuniyati: “Barcha buyuk kashfiyotlar adashish tufayli paydo bo‘ladi”.
14. Armiya aksiomasi: “Noto‘g‘ri tushunilishi mumkin bo‘lgan har qanday buyruq noto‘g‘ri tushuniladi”.
15. Dryu qonuniyati: “Hammadan oz to‘lagan odam hammadan ko‘proq norozi bo‘ladi”
16. Jouns qonuniyati: “Eng qiziqarli eksponatning nomi yozilgan lavhasi bo‘lmaydi”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!